78-mashq. Abu Rayhon Beruniyning hikmatli so‘zlarini daftaringizga
ko‘chirib yozing. So‘zlarga tushgan urg‘ularni belgilang.
1. Nodonlik bedavo darddir. 2. Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil
bo‘ladi. 3. Yolg‘onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi. 4. Yolg‘on doim
rostdan yengiladi, u xuddi suv yuzasidagi ko‘pikdek yo‘q bo‘lib ketadi. 5.
Yomonlikning shoxobchalari ko‘p bo‘lsa ham, ularning asosi ta’ma, g‘azab va
ilmsizlikdir.
79-mashq. So‘zlarning ma’nolariga diqqat qiling. Shunday fazilatlarga
ega bo‘lishga intiling.
ZIYRAK [forscha chaqqon, epchil; oqil, dono] Tez fahmlaydigan, fahmi tez,
sezgir.
SEZGIR 1 Sezish qobiliyati kuchli, tashqi ta’sirni tez sezadigan. 2 Tez
fahmlab oladigan, hushyor; fahm-farosatli. 3 Eng kichik o‘zgarishlarni ham qayd
etadigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |