44-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan tovush so‘ziga berilgan
izohlarni daftaringizga ko‘chiring va uning ma’no tovlanishlariga e’tibor
bering.
TOVUSH 1 gapirish, kuylash, qichqirish, yig‘lash va sh.k. vaqtida yuzaga
keladigan va eshitish a’zolari qabul qilib oladigan hodisa; ovoz, sado, sas. Shamolli
kun qichqirma, tovushing zoye ketadi. (Maqol)
2 Ma’lum sifatlarga ega bo‘lgan ovoz. Baland tovush.
3 Mexanik tebranishlar natijasida yuzaga keladigan va quloq eshitadigan har
qanday ovoz, sado. Oyoq tovushi.
4 Shovqin, shovqin-suron. Bu qanday tovush?
5 fizikada Havo yoki boshqa bir muhit zarralarining to‘lqinsimon tebranma
harakati. Tovush tezligi. Tovush nazariyasi.
6 tilshunoslikda Nutq a’zolari artikulyastiyasi bilan hosil bo‘ladigan eng
kichik til birligi.
7 musiqada Musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi.
8 ko‘chma ma’noda Saylovlarda yoki biror masalani hal etishda o‘z fikrini
bildirish huquqi va usuli, ovoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |