Dnk gel elektroforezni ishlash jarayonbini o’rganish nuklein kislotalar


Oqsil molekulasida aminokislotalarni qaysi tartibda joylanshi uchun kerakli informatsiya DNK zanjiridan i-rnk orqali oqsilga o‘tkaziladi


Download 1.25 Mb.
bet6/6
Sana18.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1210215
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NUKLEIN KISLOTALAR(3)

Oqsil molekulasida aminokislotalarni qaysi tartibda joylanshi uchun kerakli informatsiya DNK zanjiridan i-rnk orqali oqsilga o‘tkaziladi.

  • Oqsil molekulasida aminokislotalarni qaysi tartibda joylanshi uchun kerakli informatsiya DNK zanjiridan i-rnk orqali oqsilga o‘tkaziladi.
  • 1-bosqichda transkripsiya, matriks dnk da i-rnk sintezlanishi va uning ribosomaga o‘tishi amalga oshadi. Bu yo‘l bilan sintezlanadigan oqsilning tuzilishi to‘g‘risidagi informatsiya yadrodan ribosomalarga, ya’ni oqsil sintez bo‘ladigan joyga o‘zatiladi.
  • 2-bosqichda oqsil sintezlanishi uchun zarur aminokislotalarning maxsus t-rnk bilan birikishi va ularning shunday ko‘rinishda ribosomaga o‘tishi sodir bo‘ladi.
  • 3-bosqichda translyasiya (tarjima), i-rnk nukleotidlari izchilligining oqsil sintezi jarayonida polipeptid zanjiridagi aminokislotalar izchilligiga o‘tkazilishidan iborat. Aminokislotalarning aktivlanishi va ribosomaga tashilishida ishtirok etuvchi makromolekulalar bo‘lib, ularning turi 100 ga etadi. Bu gruppaga aminoatsil-t-rnk sintetaza va transport RNK lar kiradi.
  • T-rnk vazifasi aktivlashgan aminokilotani ferment yuzasidan ajratishi va tronsportlik vazifasidan tashqari, t-rnk oqsil biosintezining eng muhim qismi-shakllanadigan oqsil molekulasida aminokislotalarning ma’lum bir aniq bo‘lgan aniq ketma ketlikda joylashishini ham ta’minlaydi. Ribosomalar taxminan bir xil nisbatdagi oqsil va yuqori molekulyar ribosoma rnksidan tashkil topgan diametri 25-30 nm bo‘lgan zarrachalardir. O‘simliklarda ribosomalarning muhim komponentlaridan biri magniy bo‘lib, uning miqdori quruq modda massasining 2-2,5% ni tashkil qiladi. Magniy ribosomaning aktiv strukturasini ta’minlovchi omillardan biridir.

Ribosomalar hujayra sitoplazmasi, mitoxondriyasi va xloroplastlarida juda ko‘p uchrashi aniqlangan. O‘simlik yaproqlari xloroplastlarining ribosomalari umumiy yaproq ribosomalarining 50% ni tashkil qiladi. Tirik organizmlarda esa oqsillarning fermentli sintezi aminokislotalarning aktivlashish jarayonidan boshlanadi. Bunda ma’lum fermentlar ta’sirida va energiya manba’i sifatida adenozintrifosfat (ATF) ishtirokida aminokislotalarning karboksil gruppalari aktivlashadi. Natijada, erkin holatda pirofosfat ajraladi va adenozinmonofosfat hamda aktivlashgan aminokislota birikmasi (aminoatsiladenilat) fermentli birikmasi hosil bo‘ladi.

  • Ribosomalar hujayra sitoplazmasi, mitoxondriyasi va xloroplastlarida juda ko‘p uchrashi aniqlangan. O‘simlik yaproqlari xloroplastlarining ribosomalari umumiy yaproq ribosomalarining 50% ni tashkil qiladi. Tirik organizmlarda esa oqsillarning fermentli sintezi aminokislotalarning aktivlashish jarayonidan boshlanadi. Bunda ma’lum fermentlar ta’sirida va energiya manba’i sifatida adenozintrifosfat (ATF) ishtirokida aminokislotalarning karboksil gruppalari aktivlashadi. Natijada, erkin holatda pirofosfat ajraladi va adenozinmonofosfat hamda aktivlashgan aminokislota birikmasi (aminoatsiladenilat) fermentli birikmasi hosil bo‘ladi.
  • Hujayra yadrosidagi dnk ning molekulyar strukturasi uning ribosomalardagi sintezlanadigan oqsil strukturasini belgilaydi. DNK molekulyar strukturasida oqsil molekulasidagi aminokislotalar tarkibi va ketma-ketligini shifrlangan. DNK strukturasidagi shifrlangan informatsiya RNK ning boshqa bir turi - informatsion RNK (i-rnk) yordamida ribosomalarga uzatiladi.
  • Informatsiyani tashuvchi t-rnkning i-rnk fraksiyasi hujayradagi ribonuklein kislota miqdorining juda oz kismini tashkil qiladi (2-5%). DNK molekulasidagi shifrlangan informatsiyaning ribosomaga i-rnk orkali uzatilishi uning tarkibidagi purinli va pirimidinli asoslarning komplementarligi hisobiga amalga oshadi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling