Dnk transkripsiyaSI


Download 1.6 Mb.
bet1/9
Sana06.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1335225
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 мавзу бўйича маъруза матни


DNK TRANSKRIPSIYaSI
DNK-replikatsiyasida RNKning sintezlanishiga transkripsiya deb ataladi. RNKning nukleotidi DNKdagi bitta zanjirning dezoksiribonukleotid qatoriga komplementar bo’ladi. Juft zanjirli DNK molekulasining bittasida RNKning transkripsiyasi ketadi. Mazkur zanjirni kodlovchi deb, ikkinchisini esa kodlamaydigan genlar deb ataladi.
Transkripsiya birliklarni operon (prokariotlarda) yoki transkripton (eukariotilarda) qismlari bo’lib, aynan shu bo’limlarda yana regulyator va strukturali vazifasini bajaruvchi nukleotidlar ham joylashadi.
Promotor deyilganda transkripsiyaning initsiatsiyasida RNK-polimeraza fermentining DNKga bog’lanadigan joyi hisoblanadi. Jumladan, e.colining 4x8·106 darajali nukleotidlarga ikki ming promotor to’g’ri keladi.
Gen-operator (eukariotlarda faollanadigan bo’lim) deb ataluvchi qismlarga regulyatorli oqsillar – repressorlar bog’lanadigan DNKning bo’lagidir.
Strukturali genlar o’z ichiga ma’noli qismlar – ekzonlarni va ma’nosiz bo’limlar – intronlarni qamraydi.
Terminator DNKning shunday nukleotid qatoriki, transkripsiyani to’xtatadigan bo’lim hisoblanadi.
Transkripsiyaning boshlanishi uchun RNK-polimeraza DNK molekulasidagi promotorni topib u bilan bog’langandan so’ng, mazkur jarayon boshlanadi. Prokariot va eukariotlardagi promotorlarning funksional nukleotid qatorlari aniqlangan. Bakteriyalardagi promotorda ikkita nukleotid bloki funksional vazifani bajaradi. Birinchisini Pribanov (TATAAT nukleotid qatorli) bloki bo’lib, u 5'-tomonining oxirida joylashgan. Ikkinchi blok (TTGATSA qatoridan iborat) promotorning o’rtalarida bo’ladi.
Eukariotlardagi promotorlarda ham bir juft funksional bloklar bo’lib, birinchisi Xognes (TATAAA) qatori RNK sinteziga yaqinroq joyda, ikkinchi blok (TSAAT) promotorning o’rta qismida joylashgan. Transkripsiya eukariotlarda DNKning enxanserli deb ataluvchi maxsus qismlari orqali boshqarilib turadi. Bu jarayonda o’ziga xos oqsillar sintezlanib, ular transkripsiyani jadallashtiradi. Promotorlarning samaradorligi ularning nukleotid qatoriga va DNK bilan bog’lanuvchi regulyatorli oqsillarga bog’liq.
RNK sintezining terminatsiyasi DNK molekulasidagi uzun AT-qatorli nukleotidlar belgilaydi. Ularni DNKdagi terminator yoki stop–belgisi deyiladi. Prokariotlarda r–omilli oqsillar terminatsiyada RNK molekulasini DNK – matritsasidan ajratadi.
Transkripsiya omillari quyidagicha:

  1. DNK-matritsa (qolip) bo’lishi kerak. DNK-matritsa uchun DNK o’zi qisman denaturatsiyaga uchragan, qo’sh zanjir bo’lmagan holda bo’lishi lozim. Transkripsiya replikatsiyadan farqli o’laroq, DNKning fragmentlarida sodir bo’ladi.

  2. Substratlar zarur. Ular to’rt xil ribonukleozidtrifosfatlar (ATF, GTF, STF, UTF) bo’lib, makroerg bog’larning uzilish hisobiga transkripsiya amalga oshadi.

Transkripsiya jarayoni DNKga bog’liq RNK-polimeraza fermenti ishtirokida sodir bo’ladi. RNKning sintezlanishi uchun ikki zanjirli DNK yechilib, uning bitta makromolekulasida qisqa masofali transkripsiyani boshlovchi “pufakcha” shakllanadi.
Prokariotlarda transkripsiya DNKning taxminan 17 juft nukleotidlar masofasidagi qismida sodir bo’ladi. DNK molekulasi qo’sh zanjirli bo’lganligi uchun transkripsiyani amalga oshiruvchi “pufakcha” harakatining oldingi qismida musbatli supero’ram orqasida esa manfiylik supero’ramlar hosil bo’ladi.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling