Dnk transkripsiyaSI


Download 1.6 Mb.
bet5/9
Sana06.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1335225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 мавзу бўйича маъруза матни

5.2 Teskari transkripsiya
Hayvonlarni kasallantiruvchi ayrim viruslar tarkibida RNK tutib, ularni retroviruslar deb ataladi. Mazkur viruslar tarkibida Zn2+ atomini tutuvchi RNKga bog’liq DNK-polmeraza fermentiga egadirlar. Bunday fermentlarni teskari transkriptaza yoki revertazalar deb ataladi. Bunday fermentlar uch turdagi katalitik faollikni o’zlarida tutadilar:
1. RNKga bog’liq DNK-polimerazalik (ya’ni RNK molekulasida DNK zanjirini sintezlaydi) xususiyati;
2. Ribonukleazalik sifatiga ega (RNK-molekulasini nukleotidlarga ajratadi);
3. DNKga bog’liq DNK-polimerazalik funksiyasi bor (DNK-matritsasida komplementar ikkinchi zanjir DNKni sintezlaydi) (38-rasm)
Chizmada ko’rsatilganidek, retrovirus genomidagi RNK teskari transkriptaza ta’sirida uch bosqichidan so’ng DNK molekulasiga aylanadi. Mazkur virus hayvon hujayrasiga kirganida ko’rsatilgan ferment virus RNKsi asosida komlementar DNK (kDNK) sintezlaydi.
DNK sintezi uchun virus RNKsi matritsa vazifasini o’taydi, DNK sintezi uchun praymer bo’lishi zarur. Kasallikning boshlang’ich bosqichida virus tarkibida t-RNK sintezlanib, virusdagi RNKning 3'-tomoniga komplementar vodorod bog’lari orqali bog’lanadi. DNKning sintezi 5'-3-'yo’nalishi bo’yicha polimerazalik reaksiya asosida sodir bo’ladi.


Virus RNKsi

RNK-DNK gibridi

virusli RNK bo’yicha DNK-transkripti

Qo’sh spiralli DNK

38-rasm. Hujayra genomiga retrovirusning ta’siri. Retrovirus genomidagi RNK uch bosqichli faollikka ega bo’lgan teskari transkriptazalar ta’sirida DNK molekulasiga joylanadi.

Teskari transkriptaza fermenti 3'-5'- yo’nalishidagi ekzonukleaza faolligiga ega emas. Shuning uchun DNK sintezidagi nukleotidlar joylanishi qatoridagi xatolik juda kam bo’lib, 20000 nukleotidan birga teng. Viruslardagi RNK asosida DNKning sintezlanish tizimini amalga o’ta aniqlik bilan amalga oshiruvchi fermentlar retrovirus genomiga xos xususiyatdir.
Virus orqali kasallangan hujayrada birinchi navbatda RNK-DNK kompleksli molekula, keyingi bisqichda esa teskari transkriptaza ta’sirida gibridli molekuladan RNK ajratilib nukleotidlargacha parchalanadi. So’nggi bosqichli reaksiyada hosil bo’lgan DNK matritsada komplementar asosida qo’sh zanjirli DNK sintezlanadi. Natijada genomda hosil bo’lgan DNK onkogen sifatida faoliyat ko’rsatadi. Mazkur DNKning bir qismi eukariot hujayraning genomiga bog’lanib, uzoq vaqt, hatto bir necha avlodlarda tinch, ekspressiyaga uchramagan holda bo’lishi mumkin. Lekin, ma’lum sharoitda, ijtomioy, fiziologik, kimyoviy, fizikaviy omillar ta’sirida virusdagi genlar (onkogenlar) faol holatga o’tib replikatsiyaga uchraydilar. Ayrim holatlarda esa ko’rsatilgan viruslar oddiy hujayralarni rakli to’qimalarga aylantirishlari ham mumkin.
Yuqoridagi bayon qilingan fikrlar asosida molekulyar biologiyaning zamonaviy tahliliga suyangan holda quyidagi postulatlarni xulosa sifatida qabul qilish mumkin:
DNK→RNK→Oqsil, irsiy axborot oqimi DNK matritsasida DNK sintezlanadi (replikatsiya), DNK matritsasida RNK sintezlanadi (transkripsiya), RNK molekulasida oqsilning sintezlanishi (translyatsiya), RNK matritsasida ayrim viruslarda RNK replikatsiyasi sodir bo’lib, va nihoyat RNK matritsasida DNKning sintezi teskari transkripsiya (retroviruslar) jarayonlarini tirik hujayrada kuzatish mumkin. Mazkur postulatlarni (isbotsiz qabul qilinadigan qoida, faraz) chizma asosida ham ko’rsatish mumkin (39-rasm).


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling