Dnk transkripsiyaSI


-rasm. Eukariot genlarining strukturasi (Singer, Berg 1998)


Download 1.6 Mb.
bet8/9
Sana06.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1335225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 мавзу бўйича маъруза матни

42-rasm. Eukariot genlarining strukturasi (Singer, Berg 1998)
1- transkripsiya initsiatsiyasining boshlang’ich nuqtasi;
5'- notp va 3'-notp – 5'-3' notranskripsiyali qatorlar

Eukariot genlaridagi transkripsiya birliklaridan tashqari, ularda yana regulyatorlik qismlari bo’lib, ular transkripsiyaning initsiatsiyasida (promotor) va uning yakunlanishida (terminator) bevosita ishtirok etadilar. Eukariotlardagi promotorli elementlarning o’lchami 100-200 nukleotid qoldiqlaridan iborat.
Transkripsiya faolligini kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi (enxanserlar va splaysenlar) DNK segmentlarining ichki qismlarida yoki ulardan ancha uzoq masofada joylashadi.
Ribosom RNK, transport RNK va gistonlarning genlari o’zlariga xos struktura va funksiyaga egalar.
Tirik hujayralarda ko’p sondagi oqsillarni sintezlash uchun miqdori ko’p bo’lgan ribosomalar kerak. Ularning sintezida esa har xil fraksiyali RNK ishtirok etadi. Ular haqida yuqorida ma’lumot berilgan. To’rt xil rRNK bir-birlari bilan sedimentatsiya konstantalari bilan farqlanadilar: 5S-rRNK, 5,8S-rRNK, 18S-rRNK, 28S-rRNK.
Mazkur rRNKlarning genlari xromosomalarda bo’lib, ularning qismlari yadrochalar bilan assotsiirlangan holda bo’ladilar. Uch xil rRNKlarning genlari klaster bir tekislikda ketma-ket umumlashgan holda bo’lib, faqat 5S-rRNKning joylanishi alohida ekanligi aniqlangan. Ribosom RNK genlarining joylanish tartibi, tuzilishi giston-oqsillarnikiga juda o’xshaydi.
Ko’rsatilgan genlarning nusxalari genomda ko’p sonda bo’lib jumladan, baqalarda 100, odamda esa 300 atrofida ekanligi amaliyotda ko’rsatilgan. Baqalarning yetilgan ootsitlarida rRNK genlarining amplifikatsiyasi natijasida, yadroda ularning soni 2mln nusxada bo’lishi mumkin.
Ribosom genlarida intronlar deyarlik bo’lmaydi, DNKga nisbatan ularda G-S juftliklar soni ancha yuqori ekanligi aniqlangan. Uch xil rRNK genlarining klaster o’lchami sakkiz ming nukleotid qoldig’idan iborat bo’lib, ular bir-birlari bilan spayserlar orqali ajraladilar. Qo’shni klasterlar ham o’zaro bir-birlaridan yuqorida ko’rsatilgan usullar orqali ajralgan holda joylashadilar.
Klasterlarning har biri transkripsiyada alohida bir butun pre-r-RNK sifatida sintezlanib, keyinchalik endonukleaza ta’sirida uch hil r-RNK (5,8S, 18S va 28S) shakllanadi.
Eukariot genomlarida ko’p miqdorda t-RNKning genlari bo’ladi. Masalan, drozofillada – 850 ta, odamda esa 1300 ta bo’lishi aniqlangan. Ular ham xromosomalarning har xil qismlarida klasterlar sifatida guruhlashgan holda joylashadilar. Eukariot hujayralarda 40-60 turdagi t-RNK bo’lib, ularning har biri 10-20 xil nusxada bo’ladi. Promotorlar eukariotlarda ajralgan holda bo’lib, genlarning ichki qismida joylashadi. Ularning bitta bloki initsirlovchi kodonlarning chap tomonida 8-30 nukleotidli qatorda, ikkinchisi esa o’ng tomonda +51 nukleotid masofada joylashadi. Transport RNK genining promotorda A-va V-bokslari borligi ko’rsatilgan. Eukariotning mitoxondriyalaridagi t-RNK genlari strukturali genlar bilan ketma-ket holda joylashgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, gistonlarning genlarini tuzilishi RNK genlariga o’xshashdir (43-rasm). Gistonlar ishqoriy, globulyar oqsillari bo’lib, DNK bilan birgalikda xromatinda nukleosomali strukturalarni tashkil qiladi. Xromosomani 60-80% ni aminokislotalardan arginin va lizinlarga boy bo’lgan oqsillardan iborat. Gistonlar besh xil oqsillarning (HI, H2A, H3 va N4) majmuasidan tashkil topgan (40-rasm). Besh xil oqsillarning genlari klasterlarga birlashib, ularning hajmi 6900 azotli asosga teng. Ular bir-birlari bilan spayserlar orqali ajraladilar. Gistonlarning genlarida intronlar bo’lmaydi va ularning tarkibida G-S juftlari ko’p uchraydi.
Ko’pchilik eukariotlarda, jumladan odamlarda ham besh turdagi gistonlarni DNKdagi bir xil zanjiri kodlaydi. Transkripsiya jarayonida gistonli genlarning klasterlari bir butun molekula pre-i-RNKni shakllantiradi. Pre-i-RNKning yetilishida ulardan besh xil gistonli i-RNKlar sintezlanadi.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling