Dnk transkripsiyaSI


- rasm. Prokariot genlaridagi promotor va terminatorlarning strukturasi


Download 1.6 Mb.
bet7/9
Sana06.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1335225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 мавзу бўйича маъруза матни

40- rasm. Prokariot genlaridagi promotor va terminatorlarning strukturasi.
A- E.coli promotoridagi joylashgan elementlar qatori.
B- prokariot terminatorlardagi RNK shpilkasining strukturasi

41-rasm. Prokariot genlarning strukturasi (Singer, Berg 1998)
A – bir molekula oqsilni kodlovchi gen;
B – ribosom RNK va t-RNK larni kodlovchi genlar

Polisistrondagi kodlovchi birliklar, regulyatorli elementlar bilan birgalikda mutanosib holda faoliyat ko’rsatadilar. Ekspressiyasi (muvofiqlashgan) koordinlashgan genlar guruhini operon deb ataladi. Bir necha polipeptidlarni kodlovchi i-RNK modifikatsiyaga uchramay shakllangan holda translyatsiyada ishtirok etadi. Boshqa xildagi RNKlar spetsifik sharoitda prosessingga uchrab yetilgan, stabil RNKlarga aylanadi. Fransiyalik olimlar F. Jakob va J. Monolar alohida ajratilgan operonlar faol holda bo’lmasligini ko’rsatganlar. Operonlar bir-birlari bilan uzviy bog’langan holda bo’lib, ularning bunday faoliyatini genetik “trigger” deb ataladi.
6.1. Eukariot genlarning strukturasi
Eukariot organizmlar genomidagi genlar soni prokariotlarga nisbatan ko’p bo’ladi. Genlarning joylashish tartibi va tarkibi yuqori organizmlarda murakkabdir. Eukariot genlarda transkripsiyaning birliklari mozaik holda joylashib, kodlovchi ekzonlar bilan kodlanmaydigan intronlar ketma-ket qismli nukleotidli bo’limlardan iborat. Eukariot genlarining o’zlariga xos xususiyatlari bo’lib, ularning genomida joylanishi bir necha marta qaytarilgan holda kuzatiladi. Eukariot genlari quyidagi elementlardan iborat (42-rasm).
Genlardagi transkripsiya birliklari, ya’ni kodlovchi qismlari, chap va o’ng tomonda, kodlanmaydigan nukleotidlar o’rtasida joylashgan. Kodlovchi transkriptlar eukariot genlarida ekzon-intronli strukturaga ega. Istisno tariqasida besh xil gistonlar, α va β interferonlarning genlarida intronli nukleotidlar bo’lmaydi. Ekzonlar genlarda intronlar bilan ketma-ket joylashadi. Ekzon va intronlarning soni, masofasi har bir i-RNK uchun alohida – individual shakllanadi. Kodlovchi nukleotidlar soni oshgan sari gendagi intronlar proporsional holda ko’payib boradi. Genlardagi intronlarning masofasi ekzonlarga nisbatan 2 dan 10 tagacha uzun bo’ladi. Masalan, inson genomidagi oqsil kodlovchi gen tarkibi taxminan to’qqiz ming azot asoslaridan iborat bo’lsa, undagi intronlar tarkibidagi nukleotidlar miqdori 27 ming azot asoslaridan tashkil topgan.
Bir necha yillar ilgari intronlar genlarning kerak bo’lmagan – axlat qismi deb qaralar edi. Keyinchalik alternativ splaysing ya’ni bitta gendan bir nechta xil i-RNK sintezlanishi aniqlangandan so’ng, transkripsiyada intronlar ishtirok etishi aniqlandi. Hozirgi kunda ma’lumki, ekzon va intronlarning o’zaro har xil kombinatsiyalari tufayli i-RNKning turli xillari transkribirlanadi. Ayrim hollarda intronlar ekzon sifatida, ekzonlar esa intron bo’lib faoliyat ko’rsatadilar. Shu narsa aniqlandiki, intronlar tarkibida transkripsiyaning promotorlari, bitta intronda qo’shimcha yana gen bo’lishi mumkin.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling