Dnk tuzilishi va uning replikatsiyasi haqida takrorlash Asosiy atamalar


Download 35.62 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi35.62 Kb.
#1574261
1   2   3   4
Bog'liq
DNK tuzilishi va uning replikatsiyasi haqida takrorlash

Chargaff qoidalari
1950-yillarda Ervin Chargaff nomli bioximik olim azot asoslari (A, T, S, G) bir xil miqdorda topilmasligini aniqladi. Lekin A ning miqdori har doim T miqdoriga va C ning miqdori har doim G miqdoriga teng boʻlgan.
Bu kashfiyot DNK qoʻsh spiralining modelini yaratishda juda muhim edi.
Qoʻsh spiral
DNKning “qoʻsh spiral” tuzilishining kashf qilinishi 1950-yillarda bir qator olimlar tomonidan amalga oshirilgan.

Oʻng tomonlama tuzilishga ega boʻlgan DNKni tasavvur qiling. Katta boʻshliq molekula spiralidagi katta tirqishni hosil qiladi, kichik boʻshliq esa unga parallel joylashgan kichikroq tirqishni hosil qiladi. Azot asoslari spiralning ichki qismida, uglevod-fosfat guruhlari esa tashqi tomonda joylashadi.
DNK qoʻsh spirali. Rasm OpenStaxCC BY 3.0 dan oʻzgartirilgan.
DNK molekulasi antiparallel strukturaga ega, yaʼni spiralning ikkita zanjiri bir-biriga qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har bir zanjir 5-' va 3'- uchlarga ega.
DNK molekulasining kashf etilishi asrning eng katta ilmiy yutuqlaridan biri boʻldi.
DNK tuzilishini bilish DNK funksiyalarini, masalan, undan qay tarzda nusxa olinishi va unda saqlanayotgan axborot qanday qilib oqsil sintezi uchun ishlatilishi mumkinligini tushunish imkoniyatini berdi.
DNK replikatsiyasi

Yarim konservativ replikatsiyada ikkita qoʻsh spiral hosil boʻlib, ulardan har biri bitta eski va bitta yangi DNK zanjirlaridan iborat boʻladi.
Yarim konservativ replikatsiya. Rasm OpenStaxCC BY 3.0 dan oʻzgartirilgan.
DNK replikatsiyasi yarim konservativdir. Yaʼni qoʻsh spiralli DNKning har bir zanjiri ikkita zanjir hosil qilish uchun qolip vazifasini bajaradi.
Replikatsiya komplementarlik, yaʼni asoslarning juftlashishi prinsipiga asoslanadi va bu prinsip Chargaff qoidalarida tushuntirib berilgan: adenin (A) har doim timin (T) bilan va sitozin (S) har doim guanin (G) bilan birikadi.


Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling