Dnk tuzilishi va uning replikatsiyasi haqida takrorlash Asosiy atamalar


Download 35.62 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi35.62 Kb.
#1574261
1   2   3   4
Bog'liq
DNK tuzilishi va uning replikatsiyasi haqida takrorlash

Replikatsiya jarayoni

Uotson va Krikning DNK replikatsiya modeli sxemasi.

  1. DNK qoʻsh spirali.

  2. Vodorod bogʻlari uzilishi va spiralning ochilishi.

  3. DNKning har bir zanjiri yangi, komplementar zanjir sintezi uchun andoza boʻlib xizmat qiladi.

  4. Replikatsiya natijasida bitta eski va bitta yangi zanjirga ega boʻlgan ikkita bir xil qoʻsh spiral hosil boʻladi.

DNK replikatsiyasi bir necha fermentlar yordamida amalga oshiriladi. Bu fermentlar zanjirlarni bir-biriga biriktirib turgan vodorod bogʻlarni uzib, DNK molekulasini ikkita zanjirga ajratadi.
Keyin har bir zanjir unga komplementar zanjir hosil boʻlishi uchun qolip vazifasini bajaradi. Komplementar asoslar bir-biri bilan bogʻlanadi (A-T va C-G).

DNK qolip zanjiri va unga komplementar zanjirning hosil boʻlishi
Yangi komplementar zanjirlarni hosil qilish uchun nukleotidlarni bir-biriga biriktiruvchi dastlabki ferment bu DNK polimeraza. Shuningdek, DNK polimeraza har bir yangi DNK zanjirida xatolar bor yoki yoʻqligini tekshirib chiqadi.
Boshlovchi va ortda qoluvchi zanjirlar
Replekativ ayridagi ikkita zanjirda DNK turlicha hosil qilinadi.
Yangi zanjirlardan biri boshlovchi zanjir boʻlib, u uzluksiz 5' → 3' yoʻnalishida, replekativ ayri yoʻnalish tomon replikatsiya qilinadi.
Boshqa yana bir zanjir ortda qolvchi zanjir boʻlib, 5' → 3' boʻyicha replikativ ayriga qarshi yoʻnalish boʻyicha sintezlanibOkazaki fragmentlari deb ataluvchi mayda fragmentlardan hosil qilinadi.

Boshlovchi va ortda qoluvchi replikatsiya zanjirlarining sxemasi
Misol: komplementar zanjirni aniqlash
DNK faqat 5' → 3' yoʻnalishida sintezlanadi. Agar qolip zanjirning ketma-ketligi berilgan boʻlsa, komplementar boʻlgan zanjirning ketma-ketligini hosil qilish mumkin.
Masalan, agar bitta zanjirning ketma-ketligi 5ʼ-AATTGGSS-3ʼ ekanini bilsangiz, unga komplementar zanjir 5ʼ-TTAASSGG-5 ketma-ketlikka ega boʻlishi kerak. Bu har bir asosning oʻz juftiga mos kelishiga imkon beradi:

5ʼ-AATTGGSS-5ʼ 5ʼ-TTAASSGG-5
Ushbu ikkita zanjir bir-biriga komplementar boʻlib, oʻzlarining har bitta asoslari bilan bir-biriga ulanadi. A-T juftlari ikkita vodorod bogʻlari bilan bogʻlangan boʻlsa, G-S juftlari uchta vodorod bogʻlari bilan bogʻlanadi.

Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling