Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
DNK replikatsiyasi hujayra boʻlinishi bilan bir xil emas. Replikatsiya hujayra boʻlinishidan oldin, yaʼni hujayra siklining S fazasida sodir boʻladi. Bundan tashqari, replikatsiya yangi hujayralarni hosil qilmaydi, balki yangi DNK zanjirlarini sintezlaydi.
Baʼzi odamlar boshlovchi zanjirda DNK 5' → 3' yoʻnalishida sintezlanadi, ortda qoluvchi zanjirda esa DNKning sintezlanishi 3' → 5' yoʻnalishi boʻyicha boradi deb oʻylaydi.Lekin bunday emas. DNK polimeraza faqat 5' → 3' yoʻnalishi boʻyicha DNKni sintezlaydi. Boshlovchi va ortda qoluvchi zanjirlar oʻrtasidagi farq shuki, boshlovchi zanjir replikativ ayri yoʻnalishi boʻyicha sintezlanadi, ortda qoluvchi zanjir esa replikativ ayri yoʻnalishiga qarshi yoʻnalish boʻyicha sintezlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Yo.X.To’raqulov. Bioximiya. Toshkent “O’zbekiston”, 1998 y.
2. M.N. Valixonov Biokimyo. Toshkent. “Universitet” 2011 y.
3. A.Zikiryaev., P.Mirxamidova. Biologik kimyo va molekulyar biologiya. 1-qism. Toshkent. 2012 y
4. J.Koolman., K.H.Roehm. Color Atlas ofBiochemistry. Thieme Stuttgart · NewYork. 2007.
5. Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams and Wilkins. China. 2011.
6. 10. Mirxamidova P. , Zikiryayev A. Biologik kimyo va molеkulyar biologiya (1-qism) Darslik. Toshkеnt. Navro’z. 2018 y
Do'stlaringiz bilan baham: |