Dolzarb masalalari
Download 267.44 Kb. Pdf ko'rish
|
3fpbiMFibWURQEHK7lekh6jGEHu1DNCIqFKpE7md
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-masala .
Javob: 604 800 ta Alfavitga doir masalalar quyidagi tasdiq yordamida yechiladi (uning to‘g‘riligini o‘zingiz asoslang): Alfavit n ta harfdan iborat. k ta turli harflardan (k < n) tashkil topgan so‘zlar (ya’ni takrorsiz tanlamalar) soni A n k ga teng. 2-masala. Futbol bo‘yicha jahon chempionatida oltin, kumush, bronza medallari uchun bo‘ladigan o‘yinlarda 10 ta jamoa qatnashmoqda. Medallar jamoalar orasida necha xil usul bilan taqsimlanishi mumkin? Yechish: Avvalo masala shartiga ko‘ra tuzilayotgan tanlama takrorsiz o‘rinlashtirish ekamligini aniqlaymiz. Bizning holda bosh toplam 10 ta (n = 10) jamoadan iborat va tanlamada 3 ta jamoa tanlanishi lozim (k = 3). 1. Tanlanmada bosh to‘plamning barcha elementlari qatnashmaydi (3 < 10); 2. Tanlamaga kiradigan bosh to‘plam elementlari turlicha, ya’ni ular takrorlanmaydi. 3. Tanlamaga kirgan jamoaning qaysi o‘rinda bo‘lishi, ya’ni tartibi muhim. Demak, bu tanlama – takrorsiz o‘rinlashtirish. Unda topilgan takrorsiz o‘rinlashtirishlar sonini aniqlovchi 𝐴 𝑛 𝑘 = 𝑛! (𝑛−𝑘)! formuladan foydalanamiz (bizning holda n = 10, k = 3). 𝐴 10 3 = 10! 7! = 1 ∙ 2 ∙ 3 ∙ 4 ∙ 5 ∙ 6 ∙ 7 ∙ 8 ∙ 9 ∙ 10 1 ∙ 2 ∙ 3 ∙ 4 ∙ 5 ∙ 6 ∙ 7 = 8 ∙ 9 ∙ 10 = 720 Javob: 720 xilda. TAKRORLI O‘RINLASHTIRISHLAR n ta elementli bosh to‘plam berilgan bo‘lib, undan k (k < n) tadan elementlar olinib tanlamalar tuzilayotgan bo‘lsin. Bunda elementlar takrorlanishi ham mumkin bo‘lsin. Bosh to‘plamning ixtiyoriy k ta takrorlanishi ham mumkin bo‘lgan elementlaridan hosil qilingan tanlanmaga n ta elementni k tadan takrorli o‘rinlashtirish deb ataladi. Takrorli o‘rinlashtirishlarning o‘ziga xos xususiyatlari: 1. O‘rinlashtirishda bosh to‘plamning barcha elementlari qatnashmaydi (k < n); 2. O‘rinlashtirishga kirgan bosh to‘plam elementlari turlicha emas, ya’ni ular takrorlanishi mumkin. Download 267.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling