Dolzarb masalalari
Hayvonot dunyosi chiqindilari
Download 421.77 Kb. Pdf ko'rish
|
djMKtMbjdhtsQ3DNtS8Z1gssTLuEKo9ZpAAJbXYj
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`ZBEKISTONDA KIMYO FANINING RIVOJLANISHI.
Hayvonot dunyosi chiqindilari: sochlar, qon va siydikdan novshadil ishlab
chiqarish usuli aniqlangan. Yaman achchiqtoshlari, sirka kislota, turli nitratlar, mis va temir sulfatlaridan foydalanib nitrat va sulfat kislotalar olish texnologiyasini yaratdi. Jobir ibn Xayyom birinchi marta toza simobni uzoq muddat sekin qizdirish usuli bilan qizil rangli kukun - simob oksidini hosil qilgan va ajratib olgan. Havo ta'sirida moddalarni kalsinatsilash usuli va murakkab moddalarni parchalab, oddiy moddalar olish usullarining yaratilishi ham izohlagan buyuk allomadir. O`ZBEKISTONDA KIMYO FANINING RIVOJLANISHI. XVIII-asr oxiri va XIX-asr o`rtalarida G`arb mamlakatlarida rivoj topa boshlagan Kimyo Rossiya orqali O`zbekistonga ham kirib keldi. Toshkentda 1869 yil kimyo laboratoriya tashkil etildi. Keyin shu yerda ko`mirni gazlashtiruvchi moslama qurildi. Labaratoriya xodimlari tomonidan mahalliy va olib kelinuvchi portlovchi moddalar tarkibi tekshiriladi. Qo`qon xonligi va Buxoro amirligida zarb qilingan tangalar o`rganildi. 1918- yil Toshkentda Turkiston institutining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo fakultetining ochilishi O`zbekistonda Kimyo fanining rivojida yangi bosqich bo`ldi.Kimyo ta‘limi tarmoqlar rivojlanishi bu ishlarga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiyev, 3 Saidnosirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M.Azizov kabi dastlabki kimyogarlar yetishib chiqdi. Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo`shdilar. 30- yillarda institutning kimyo fakultetida S. Yunusov, O. Sodiqov, K.Axmedov, Sh. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpo`latov,A. Abdurasulova, F. Tojiyev, A. Murtazoyev, H. Rahimov kabi iste`dodli yoshlar yetishib chiqdi. 2-jahon urushi yillarida sharoit og`ir bo`lishiga qaramay fan rivojiga ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq bo`lsada davom ettirildi. 40-yillar boshida Ittifoq FAning O`zbekiston filiali tashkil qilinib, uning tarkibiga A. S.Shamsiyev rahbarlik qilayotgan Kimyo instituti ham kiritildi. S. Muqimov, F.Xo`jayev frontdan qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Sh. Tolipov, A. Sultonov, H. Rustamov, I. S. Kansepolskiy va boshqa olib borilayotgan ilmiy ishlariga o`zlarining munosib hissalarini qo`shdilar Download 421.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling