Dominant atm blok test 1


partiyasi B) O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik


Download 0.5 Mb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1153105
1   2   3
Bog'liq
Majburiy blok 1


partiyasi
B) O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik
partiyasi
C) O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
D) O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi


27. 1018 ta qo‘zg‘almas yulduzning o‘rni va
holatini aniqlab, ularning astronomik jadvalini
tuzgan olim kim?
A) Ali Qushchi B) Qozizoda Rumiy
C) Mirzo Ulug‘bek D) Abu Rayhon Beruniy


28. 1917-yilda tashkil etilgan Turkiston o‘lkasi
musulmonlar kengashi (kraymussovet) raisi kim
bo‘lgan?
A) Usmon Yusupov B) Mustafo Cho‘qayev
C) Ismoil G‘aspirali D) Mahmudxo‘ja Behbudiy


29. 1873-yil Xiva bosib olingach, tashkil etilgan
Amudaryo bo‘limining markazi hozirgi qaysi
shahar bo‘lgan?
A) Nukus B) Farg‘ona
C) Ashxobod D) To‘rtko‘l


30. Quyidagi qaysi mahalliy hokimlik hukmdorlari dastlab “malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u”
nomi bilan atalgan?
A) Toxariston B) Eloq
C) Sug‘d D) Farg‘ona
Biologiya (3.1)


31. Bitta biogeografik viloyatda tarqalgan, jun
qoplamiga ega bo‘lgan hayvonlarni aniqlang.
A) kivi, kapachi, lira, emu
B) pampas mushugi, skuns, kolibri, nandu
C) martishka, gorilla, shimpanze, suv ayg‘iri
D) orangutan, nosorog, yovvoyi bankiv tovug‘i


32. Xromosoma mutatsiyasi yuzaga kelishi
sababi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
A) hujayra gaploid to‘plamining karrali oshishi
B) hujayradagi xromosomalar sonining oshishi yoki kamayishi
C) DNKdagi purin nukleotidlarining pirimidin nukleotidlari bilan almashinishi
D) autosomadagi genlar izchilligining o‘zgarishi, ayrim genlar guruhining yo‘qolishi


33. Quyidagi grafikda turli organizmlarning
autosomalar soni keltirilgan. Unga ko‘ra «f»
organizmga xos xususiyatni aniqlang.

A) primatlar turkumiga kiradi
B) bo‘yin umurtqalari soni yettita
C) ikkinchi juft qanoti rudiment organ
D) suzgich pufagi rezonator vazifasini bajaradi


34. Afsonak va kamxastak uchun umumiy ma’lumotni aniqlang.
1) magnoliyasimonlar sinfiga mansub;
2) gultoji kapalak shaklida;
3) unayotganda urug‘pallabargi yer ostida qoladi;
4) murtak xaltaga ega;
5) mikrosporasi mitoz bo‘linish natijasida hosil bo‘ladi;
6) guli to‘g‘ri.
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 3, 5 D) 4, 6


35. Daltonizm bo‘yicha sog‘lom, gemofiliya
bilan kasallangan, besh barmoqli qizning
genotipi qanday?
A) XHdYCc B) XhDXhDcc
C) XhDXhDCC D) XHDYcc


36. Vabo (a), qutirish (b), vilt (c) kasallik qo‘zg‘atuvchilari uchun xos tushunchalar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
1) purin asoslari; 2) ekzositoz jarayoni;
3) metionin aminokislotasi; 4) mitoxondriya;5) hujayra qobig‘i;
6) gistonlar bilan kompleks hosil qilmaydigan DNK.
A) a – 4; b – 2; c – 3
B) a – 4; b – 5; c – 6
C) a – 5; b – 4; c – 1
D) a – 6; b – 1; c – 4


37. Yuragida aralash qon oquvchi, o‘pkasi ko‘plab katakchalarga bo‘lingan turkum berilgan
javobni toping.
A) ilonlar B) dumlilar
C) tangachalilar D) ko‘l baqasi


38. Qaysi gormon limfositlar hosil bo‘lishini
kuchaytirib, immunitetni oshiradi?
A) paratgormon B) adrenalin
C) tiroksin D) timozin


39. Qaysi javobda gidraning embrional
rivojlanish davr ketma-ketligi to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
A) zigota → maydalanish → blastula → yosh gidra
B) zigota → blastula → maydalanish → gastrula → yosh gidra
C) zigota → maydalanish → blastula → gastrula → yosh gidra
D) zigota → maydalanish → blastula → organogenez


40. Beda gulining rangi va poyasining shakli bitta autosomada birikkan holda irsiylanadi. Gulning yashilligi oqligi ustidan, poyaning qirrali bo‘lishi yumaloq bo‘lishi ustidan dominantlik qiladi. Agar bu genlar orasidagi masofa 12 morganidaga teng bo‘lsa, digeterozigota (dominant genlarning birini changchidan
olgan) o‘simlikda hosil bo‘luvchi gametalar (%) qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) AB – 6%; ab – 6%; Ab – 44%; aB – 44%
B) Ab – 44%; ab – 6%; AB – 44%; aB – 6 %
C) aB – 25%; Ab – 25%; AB – 25%; ab – 25%
D) ab – 44%; aB – 44%; AB – 6%; Ab – 6%


41. Jadvalning qaysi qatorlarida (№) atamalar
ta’riflariga mos tarzda joylashtirilgan?

A) 1, 3, 4 B) 1, 5, 6
C) 2, 3, 5 D) 2, 4, 5
42. Nuqtalar o‘rniga mos javobni aniqlang. Odam yuragida sistolitik bosim yuzaga kelgan vaqtda …
A) uch tavaqali klapan yopiq bo‘lib, bo‘lmachalar diastola fazasida bo‘ladi
B) yarimoysimon klapanlar yopiq holatda bo‘ladi, bo‘lmachalar qonga to‘layotgan bo‘ladi
C) ikki tavaqali klapan ochiq bo‘lib, u orqali chap qorinchaga qon o‘tadi
D) qorinchalar diastola fazasida bo‘lib, yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi


43. Kodominantlikda …
1) bir belgining rivojlanishiga bir nechta noallel gen ta’siri yuzaga keladi;
2) allel genlarning birgalikdagi belgining rivojlanishiga ta’sir qiladi;
3) odamlarda o‘roqsimon anemiya yuzaga chiqadi;
4) genlarning ko‘p tomonlama ta’siri kuzatiladi;
5) odamlarda qon guruhlarining irsiylanishini shu orqali tushuntirish mumkin;
6) allel bo‘lmagan genlarning bir yo‘nalishda ta’siri kuzatiladi.
A) 1, 5 B) 2, 5 C) 3, 4 D) 4, 6


44. Qaysi javobda odamning sekretsiya bezlari
joylashgan o‘rni to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) gipofiz, epifiz – bosh miyada; oshqozon osti bezi, timus, jigar – qorin bo‘shlig‘ida
B) buyrak usti bezi, jigar – qorin bo‘shlig‘ida;
qalqonsimon bez – hiqildoqning oldingi va yon yuzasida
C) so‘lak bezlari – jag‘ ostida, til ostida;
ayrisimon bez – bosh miyada
D) tuxumdonlar, buyrak usti bezi – kichik chanoq bo‘shlig‘ida; epifiz – bosh miyada


45. Translyatsiya (a), translokatsiya (b) uchun mos keluvchi ta’riflarni aniqlang.
1) oqsillar tabiiy holatining yo‘qolishi; 2) nogomologik xromosomalarning o‘zaro ayrim bo‘laklari bilan o‘rin almashinishi; 3) oqsil sintezlanishi; 4) oqsil qismlarining o‘zaro qo‘shilishi;
A) a – 1; b – 4 B) a – 2; b – 1
C) a – 3; b – 2 D) a – 4; b – 2


46. Quyida hujayraning mitoz bo‘linishiga oid
grafik keltirilgan. Unga ko‘ra b va d fazalarni
mos ravishda aniqlang.

A) b – S; d – telofaza
B) b – G2; d – anafaza
C) b – profaza; d – telofaza
D) b – profaza; d – metafaza


47. Ontogenezi bachadonda rivojlanuvchi organizmlarni aniqlang.
A) yexidna, sug‘ur, koala, akula
B) aguti, tipratikan, zubr, martishka
C) jirafa, zaxkash, vapiti, kutora, kolibri
D) arxar, kalmar, maral, kaputsin, ko‘lbuqa


48. Jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi va urug‘-lanish jarayonlarining faqat hayvonlar (a), faqat o‘simliklar (b), o‘simlik va hayvon uchun umumiy (c) bo‘lgan ma’lumotlari mos ravishda keltirilgan javobni aniqlang.
1) gametalarning qo‘shilishidan zigota hosil bo‘ladi;
2) birlamchi jinsiy hujayralar avval mitoz, keyin meyoz usulida bo‘linadi;
3) jinsiy hujayralari murtak xaltada bo‘ladi;
4) birlamchi jinsiy hujayralari avval meyoz, keyin mitoz usulida bo‘linadi;
5) birlamchi jinsiy hujayralari diploid to‘plamga ega;
6) urug‘lanish tashqi va ichki bo‘ladi.
A) a – 2; b – 3; c – 1 B) a – 4; b – 1; c – 6
C) a – 5; b – 2; c – 3 D) a – 6; b – 5; c – 4


49. Buyrak ishining boshqarilishidagi gormonlar
faoliyati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) antidiuretik gormon – siydik ajralishining ikkinchi bosqichini kuchaytirib, ikkilamchi siydik miqdorini kamaytiradi
B) antidiuretik gormon – buyrak kapsulasiga ta’sir qilib siydik ajralishining ikkinchi bosqichini susaytiradi
C) tiroksin – filtratsiyani va reabsorbsiyani kuchaytirib, siydik ajralishini kamaytiradi
D) tiroksin – siydik ajralishining ikkinchi bosqichini susaytirib, ikkilamchi siydik miqdorini kamaytiradi


50. Aneuploid turlar qanday hodisa natijasida kelib chiqadi?
A) xromosoma o‘rta qismining yo‘qolishi
B) xromosoma bir qismining ortishi
C) DNKdagi nukleotidlar sonining kamayishi
D) xromosomalar sonining kamayishi yoki ortishi
51. Biriktiruvchi to‘qima turlari to‘g‘ri keltirilgan javobni mos ravishda aniqlang.
a) qattiq; b) g‘ovak tolali; c) suyuq; d) tig‘iz tolali.
1) yurak xaltasi; 2) tog‘ay; 3) limfa; 4) pay;
5) chin teri qavati; 6) teri osti yog‘ kletchatkasi.
A) a – 1; b – 2, 3; c – 4; d – 5, 6
B) a – 2; b – 1, 6; c – 3; d – 4, 5
C) a – 2; b – 3, 6; c – 5; d – 1, 4
D) a – 3; b – 2, 4; c – 1, 6; d – 5


52. Oq po‘panakka tegishli xususiyatlar qaysi javobda keltirilgan?
A) yadroli, mitselliysi to‘siqlarga bo‘lingan
B) geterotrof organizm, yadrosi rivojlanmagan
C) mitselliysi to‘siqsiz, jinsiy ko‘payishi suvo‘tlarga o‘xshash
D) o‘simlik to‘qimalarida parazitlik qiladi, haqiqiy mitselliysi rivojlanmagan


53. Quyidagi hodisalar qaysi fanlar tomonidan o‘rganiladi?
1) yo‘sinlarning tuzilishi, hayot faoliyati va tarqalishini o‘rganadi;
2) o‘simliklarning o‘zaro va atrof muhit bilan munosabatini o‘rganadi.
A) 1 – botanika; 2 – anatomiya
B) 1 – fiziologiya; 2 – paleobotanika
C) 1 – anatomiya; 2 – briologiya
D) 1 – briologiya; 2 – ekologiya


54. Hayvonlarda gametogenezning qaysi davrida tuxum hujayralarda bittadan ortiq spermatozoidning kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan qo‘shimcha qobiq hosil bo‘ladi (a), hujayralar kattalashadi, oziq zaxiralarini to‘playdi (b)?
A) a – o‘sish; b – o‘sish
B) a – shakllanish; b – o‘sish
C) a – o‘sish; b – shakllanish
D) a – shakllanish; b – shakllanish


55. Dengiz ekosistemasiga mansub suvo‘tlarni aniqlang.
1) xara; 2) ulotriks; 3) porfira; 4) spirogira;
5) ulva; 6) laminariya.
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 3, 5, 6


56. Odamning hazm qilish sistemasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
A) hazm qilish organlari hiqildoq, qizilo‘ngach, oshqozon, o‘n ikki barmoqli ichak, yo‘g‘on ichakdan iborat
B) hazm qilish sistemasi kasalliklariga gastrit, pankreatit, astma kabilar kiradi
C) o‘n ikki barmoqli ichak devoridan ajralib chiqqan xlorid kislota fermentlarni faollashiradi
D) gipofiz bezidan ajraluvchi gormonlar ovqat hazm qilish ishini kuchaytiradi


57. Ekologik (1), geografik (2) alohidalanish uchun tegishli ma’lumotlarni aniqlang.
a) ajdod tur areali doirasida alohidalanish bo‘ladi;
b) turli xil to‘siqlar natijasida alohidalashgan populyatsiyalar paydo bo‘ladi;
c) qirg‘ovul kenja turlarining paydo bo‘lishi misol bo‘ladi;
d) yonsuzar qisqichbaqasimon turkumining bir ajdod turidan 250 ta yangi turi kelib chiqishini misol qilish mumkin.
A) 1 – a, b; 2 – c, d B) 1 – a, c; 2 – b, d
C) 1 – a, d; 2 – c, b D) 1 – c, d; 2 – a, b


58. Qaysi qatorda yashash uchun kurash turi to‘g‘ri belgilangan?
a) tur ichida kurash; b) turlararo kurash; c) anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash.

59. Katta yoshli sog‘lom odamning suyaklari
soni: yelka suyagi – a, son suyagi – b, to‘sh
suyagi – c, boldir suyagi – d deb belgilansa,
quyidagi qaysi ifoda to‘g‘ri bo‘ladi?
A) 𝑐 + 𝑒/𝑏 + 𝑑 =1/2
B) 𝑒 – 𝑑/𝑐 + 𝑏 = 1
C) 𝑐 + 𝑑/𝑒 – 𝑏 =3/2
D) 𝑏 + 𝑒/𝑐 – 𝑑 = 4


60. Shortgorn bilan (a), axaltaka bilan (b) bir turkumga mansub hayvonlar berilgan javobni aniqlang.
A) a – zubr; b – tapir
B) a – zebra; b – arxar
C) a – jirafa; b – to‘ng‘iz
D) a – karkidon; b – begemot



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling