Don ekinlari


Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma lumot


Download 42.92 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi42.92 Kb.
#221119
1   2   3   4   5
Bog'liq
Don ekinlari

Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma lumot.

Xamir mahsulotlari tayyorlash uchun asosan oliy, birinchi va ikkinchi nav bug’doy unidan foydalaniladi. Lekin navi bir xil un tarkibidagi oqsilning miqdori va sifati har xil bo’lishi mumkin. Un tarkibidagi oqsil xamirni qorish jarayonida suvda bo’kib shira hosil qilib, xamirning cho’ziluvchan va ilashimli chiqishini ta’minlaydi. Agar un tarkibidagi oqsil kam bo’lsa, xamir mo’rt chiqadi va mahsulotga ishlov berish qiyinlashadi. Shuning uchun har xil xamir mahsulotlarini tayyorlashda unning tarkibidagi shiraning miqdoriga ahamiyat beriladi. Masalan, qat-qat xamiri uchun kamida 40%, pechene xamiri uchun 30—32% shirasi bor unni ishlatish tavsiya etiladi. Unni ishlatishdan avval albatta elanadi, bunda u tashqi moddalardan tozalanadi va havo kislorodiga to’yinadi. Xamir uchun ishlatiladigan margarin yoki sariyog’ xona haroratida yumshatiladi, lekin olovda eritilmaydi, chunki bunda ular yog’ va suyuqlik aralashmalariga ajralib, mahsulotning yomon pishishiga olib keladi. Xamirga ishlatiladigan tuxumni iliq suvda yuviladi. Tuxumni ko’pchitish kerak bo’lsa, uni +2° gacha sovitiladi. Xamir qorishda shakarni ishlatishdan avval g’alvirda elanadi, namligi kam bo’lgan xamirlarda esa shakarni yoki qandni tuyib, uning kukunidan foydalaniladi.

Xamirning turlari. Xamirlar tayyorlash usuliga ko’ra xamirturush solingan xamir, xamirturushsiz pechene xamiri, biskvit, qat-qat xamirlari, qaynoq suvga qorilgan, sut, tuxum, yog’ solingan suyuq xamir, turli taomlarning xamirlariga bo’linadi.

Xamirturushli (oshirilgan) xamir. Oshirilgan xamirni qorish uchun asosiy xom ashyolar un, suv, tuz va xamirturush hisoblanadi. Xamirturushni sirli idishga solib iylanadi. Eriganidan keyin tuz, oz-ozdan un va suv qo’shib xamir qoriladi. Tayyor xamirni tog’orada qoldirib, ustini qalinroq narsa bilan o’rab, achitish uchun issiqroq joyga qo’yiladi. Xamirturush zamburug’i qulay sharoitda ko’payish bilan spirt va karbonat angidrid moddalarini hosil qilishga asoslangan. Hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi xamirdan chiqib ketishga intiladi va xamirni ko’tarib, g’ovaklar hosil qiladi. Xamirturush yaxshi ko’pchishi uchun eng qulay harorat +27-32° dir. Haroratning bundan ortiq yoki kam bo’lishi xamirturush «faoliyatini» susaytiradi. Tayyor oshirilgan xamirni kerakli og’irlikdagi bo’laklarga bo’linib, zuvalalar yasaladi. Bu vaqtda xamirdagi gazlar ishlov berish natijasida chiqib ketib, xamir zichlashadi. Shuning uchun zuvalani yana oshishi uchun 5-10 daqiqa iliq joyga qo’yiladi. Zuvalalardan kerakli shakllar yasalib, duxovka patnislariga teriladi va yana ikkinchi marta 25-30 daqiqa harorati 30-40°, havo namligi 80-85% li sharoitda tindiriladi. Shunday qilinsa, tayyorlangan mahsulot yengil, g’ovak- g’ovak bo’lib pishadi, berch bo’lib qolmaydi. Mahsulotning yuzi chiroyli chiqishi uchun yopishdan avval unga tuxum yoki yog’ surtiladi. Oshirilgan mayda xamir mahsulotlari +240-280° haroratda 8-15 daqiqa, yirik xamir mahsulotlari esa +220-240° da 20-50 daqiqa yopiladi. Oshirilgan xamir tayyorlash uchun 1 kg unga 2 choy qoshig’ida tuz, 25-30 gr gacha xamirturush va 2 stakan iliq suv solinadi. Bunday xamirdan non, somsa, pirojki, vatrushka, ponchik, olade, bulochka va hokazolar tayyorlanadi.




Download 42.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling