Xamirturushsiz (oshirilmagan) xamir. Oshirilmagan xamirni qorish uchun asosiy xom ashyolar un, suv va tuz hisoblanadi. Tog’oraga bir oz suv va tuz solib eritiladi, so’ngra elab olingan unni solib qoriladi. Xamir ichida tugunchalar qolmaguncha qorilib, so’ngra yaxshilab mushtlanadi. Tayyor xamirni zuvala qilib, toza sochiq bilan 10-15 daqiqa o’rab qo’yiladi. Bu xamir o’rtacha yumshoqlikda tayyorlanadi, 1 kg unga 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiqda tuz solinadi. Bu xildagi xamirdan patir, somsa, qatlama, chuchvara va lag’mon tayyorlash uchun foydalaniladi. Ayrim xollarda tayyorlanadigan xamir taomlariga qarab xamir tayyorlash jarayonida sut, yog’, tuxumlardan ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |