Don va don maxsulotlarini maydalash jarayoni. Maydalangan mahsulotlarni yirikli bo’yicha ajratish


Download 198.65 Kb.
bet2/9
Sana05.04.2023
Hajmi198.65 Kb.
#1274425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maydalashning usullari.

Maydalash jarayoni sanoatning turli sohalarida keng qo’llaniladi. Aniq yiriklikdagi bo’lakchalardan tashkil topgan qattiq jismlar oquvchan material olish uchun turli usullar bilan maydalanadi. Qattiq jismni maydalashni ikki usuli bor: oddiy va saylab maydalash.
Agar maydalanadigan mahsulot kimyoviy tarkibi bo’yicha bir turli bo’lsa va barcha uning qismlari struktura-mexanikaviy xossalari bo’yicha bir xil bo’lsa, aniq yiriklikkacha maydalangan qattiq jism aniq maqsad uchun qo’llash mumkin bo’lgan oquvchan massaga aylanadi. Bunday ta’sir usuli oddiy maydalash deb qabul qilingan.
Agar maydalanadigan qattiq jism kimyoviy tarkibi va strukturali-mexanik xossalari bo’yicha turlicha bo’lsa, yo’naltirilgan maqsadlar ta’sirini kuchaytirib, qattiq jismning tarkibiy qismini turli xossalarini kuchaytirish mumkin. Turli usullarni qo’llab, qattiq jismni maydalashda bir xil kuch ta’sirida yirikligi va kimyoviy tarkibi bo’yicha farq qiluvchi bo’lakchalar olish mumkin. Bu maqsadga erishishda bir bosqichli maydalash etarli emas, uni ko’p marotaba takrorlash kerak va har gal har bosqichda turli yiriklikka va sifatga ega bo’lgan maydalangan frakstiyalar elab olinadi.
Maydalashning bunday usuli saylab maydalash deyiladi. Un tortishga tayyorlangan buq’doy va javdardan bir necha xil un navlarini olishda saylab maydalash usuli asosiy hisoblanadi.
3. Maydalash jarayonining umumlashgan qonuni.
Qattiq jismlarni maydalash va deformastiyalash jarayoni albatta energiya sarfi bilan kuzatiladi. U egiluvchan plastik deformastiya va molekulyar qisilish kuchini zabt etishga sarf bo’ladi, so’ngra jism bo’laklanadi va yangi jism hosil bo’ladi. Egiluvchan deformastiya natijasida tashqi kuchlar ta’sirida energiya yiq’iladi, bu energiya tashki kuch harakati to’xtagandan keyin qisman qaytadi.
Egiluvchan deformastiya kabi plastik deformastiyada ham, olingan mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi va natijada deformastiyalanayotgan qattiq jismni temperaturasi oshadi. Maydalash jarayonida bir vaqtning o’zida energiyaning bir qismi mahsulotning elektrlanishiga va maydalovchi mashinaning ishchi yuzalariga sarf bo’ladi.
Rebinder P.A tomonidan ma’lum yiriklikdagi bo’laklardan tashkil topgan materialni maydalashga sarf bo’lgan energiya miqdorini boq’liqligini e’tiborga olishni taklif qildi.
A = Au + As
u erda: Au - bulinadigan jismning egiluvchan va plastik deformastiyasini energiya sarfi. As - yangi yuzani hosil qilish energiya sarfi.
Shunday qilib maydalash jarayonining vazifasi ancha yirik qismni bo’laklashda yangi yuzani olish, bunda fakat As energiya sarfini hisoblash foydali. Bu maydalash jarayonining foydali ish koeffistientini shartli baholash imkonini beradi:
As
1 =
As + Ay
Rebender P.A. maydalashning umumlashgan qonunini quyidagicha yozishni taklif kiritdi.
p2 V
A = A0 + my +  A
2E
Bu erda: A0 - deformastiya jarayoniga va maydalovchi mashinalar ishchi organlarini emirilishiga sarf bo’ladigan energiya sarfi; mu - maydalanadigan material bo’lakchalari deformastiyasi stiklini soni;
r-maydalanadigan materialni bo’laklovchi kuchlanish;
V- bo’laklanadigan material hajmi;
E-materialning egiluvchanlik moduli;
S=Sk-Sn-qayta hosil bo’lgan yuza kattaligi;
= (Sk/Sn) =in- ko’paytirgich, mashina konstrukstiyasidan boq’liq holda yangi yuzani hosil qilishni tavsiflaydi.


      1. Download 198.65 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling