Donni valli dastgohlarda maydalashning asoslari.
Valli dastgohlarning ishchi organlari bir-biriga tomon turli aylanma tezlik bilan harakatlanuvchi tishli yoki q’adir-budir yuzali gorizontal joylashgan ikkita stilindrik valdan iborat. Maydalanayotgan material turidan boq’liq holda vallarning turli geometrik, kinematik va yuklama ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Tez va sekin aylanuvchi vallar bir xil geometrik tavsifga (tishlarni zichligi, tishlarning profili va tishlarning qiyalik burchagi) ega.
Un ishlab chiqarishda don va don mahsulotlarini maydalash darajasiga umumiy yanchilish I kattaligi bilan tavsiflanadi va buning qiymatiga nafaqat vallarning geometrik tavsifi (diametri, tishlarning yuzasi va o’zaro joylashuvi, ishchi yuzaning q’adir-budurlik darajasi), balki vallarning kinematik ko’rstakichlari (vallarning aylanma va nisbiy tezligi) ham, solishtirma yuklama kattaligi va boshqa omillar ta’sir ko’rsatadi.
Valli dastgohning ishlash samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar.
Don va uning mahsulotlarini valli dastgohlarda maydalash samaradorligiga juda ko’p omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarning asosiylariga quyidagilar kiradi: vallar orasidagi ishchi masofa; tishlarning qiyaligi; tishlarni o’zaro joylashuvi; tishlarni kesish zichligi; vallarning aylanma va nisbiy tezligi; vallarga tushadigan solishtirma yuklama kattaligi.
Maydalovchi vallar orasidagi ishchi masofani o’zgarishi bilan yanchilish kattaligini ko’rsatkichi o’zgaradi. Shuning uchun vallar orasidagi ishchi masofani doim bir xilda bo’lishi alohida ahamiyatga egadir. Vallar orasidagi ishchi masofani stabil saqlash uchun quyidagi talablar qo’yiladi:
Vallarning stilindrik shakli juda katta aniqlikda bo’lishi kerak;
Vallarni bukilishdagi qattiqligi katta bo’lishi kerak;
Vallarni va vallararo uzatish shkiv va shesternalarini debalans ko’rsatkichi juda katta aniqlikda bo’lishi kerak; 4. Valli dastgohdagi podshipniklarning sifati juda yuqori bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |