Donishmand cho’pon


Guruhning birligini qo`llab-quvvatlovchi o`yinlar


Download 379.5 Kb.
bet7/28
Sana08.03.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1251876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Guruhning birligini qo`llab-quvvatlovchi o`yinlar:

      • o`zaro munosabat me’yorlarini o`rnatishga yordam beradi;

      • guruhning birligini, jipsligini mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi.

    1. O`zaro bog`lovchi o`yinlar:

      • bir mavzudan ikkinchi mavzuga yengillik bilan, tabiiy o`tishni ta’minlaydi;

      • turli tushunchalarni o`zaro bog`lash uchun xizmat qiladi;

      • yangi mavzuni o`rganishni yakunlash bosqichini faollashtiradi.

    1. Rag`batlantiruvchi o`yinlar:

      • guruh bo`lib ishlashga rag`batlantiradi;

      • murakkab mavzularni muhokama qilishga yordam beradi;

      • dars davomida “nafasni rostlab”, ishni davom ettirishga yordam beradi.

  1. Ijodkorlikni rag`batlantiruvchi o`yinlar:

      • dunyoga boshqacha ko`z bilan qarash, ta’limda innovatsion metodlarni qo`llashga yordam beradi;

      • o
        4 21
        `yin qatnashchilari o`zlarining yangi qirralarini kashf etadilar, yangilikni qabul qilish ko`nikmasini hosil qiladilar.

    1. Yakunlovchi o`yinlar:

      • katta mavzularni o`rganishni yakunlash, egallangan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi;

      • ta’limning innovatsion metodlarini baholash va unga munosabat bildirishga o`rgatadi.

Ta’lim jarayonida qo`llangan har bir o`yin yakunida o`qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o`yin guruh a’zolari tomonidan qanday qabul qilingani, guruhda qanday g`oyalar tug`dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.


Ayrim o`yinlar sharhi



  1. Limerik

Sinf doskasiga limerik osib qo`yiladi. Har bir ijodiy guruhdan bittadan vakil limerikning 2-3 satrini tanlab oladi. Vazifa: tanlab olingan satrlar mazmuniga moslab, she’riy matn tuzishni davom ettirish.


Vazifani bajarish uchun 10 minut vaqt beriladi. So`ngra har bir guruhdan 1 kishi taqdimotga chiqadi. O`yin so`ngida o`qituvchi bajarilgan ishlarni sharhlaydi.
5-sinf ona tili darslarida “Til va jamiyat” mavzusini o`rganish uchun quyidagi topshiriqlarni berish mumkin:
1. Darslikning 6-sahifasidagi 2-mashqda berilgan til haqidagi maqol va hikmatli so`zlarni o`qing. O`zingiz va o`rtoqlaringiz bilgan ana shunday maqol va hikmatli so`zlarni eslab, qog`ozga yozing.
2. Nutq odobi haqidagi maqollar, matallar va hadislarni eslang, qog`ozga yozing.
3. Har bir ijodiy guruh vakillari taqdimotida faol qatnashing.
4. Taqdimot davomida yangi topilgan eng ma’qul maqol, matal, hikmatli so`z va hadislarni doskaga yozib bering va sharhlang.
5. Taqdimot davomida tilning ijtimoiy va ma’rifiy ahamiyati haqidagi o`z fikrlaringiz bilan o`rtoqlashing.
O`yin o`qituvchining sharhi bilan yakunlanadi.


  1. Download 379.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling