Donishmand cho’pon


Download 379.5 Kb.
bet8/28
Sana08.03.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1251876
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Til xazinasiga sayohat

Darsda o`rganilayotgan mavzu xazinada yashiringan boylik deb e’lon qilinadi. Kichik ijodiy guruhlar a’zolari yangi mavzuga doir o`zlari va o`rtoqlarida mavjud bo`lgan tasavvurlar bilan o`rtoqlashadilar. Har bir qatnashchi o`z oldidagi qog`ozga o`rtoqlaridan bilib olgan yangi ma’lumotlarni yozib boradi. Eng muhim ma’lumotlar doskaga yozib boriladi va natijada xazina sirlari oydinlasha boradi.





  1. Bingo

Dars mashg`ulotidan oldin o`qituvchi bingo-jadval tuzadi. 25 ta kvadratga eng muhim ma’lumotlar va topshiriqlar joylashtiriladi. Dars davomida bingo-jadval har bir o`quvchiga tarqatiladi. Uni to`ldirish uchun 20 minut vaqt beriladi. Qaysi o`quvchi gorizontal, perpendikulyar yoki diagonal joylashgan kvadratlardagi topshiriqlarni birinchi bo`lib bajarsa, “bingo” deb xitob qiladi. G`olib o`quvchiga rag`batlantiruvchi sovg`a beriladi (kitob, jurnal kabi).


5-sinfning I choragida gap bo`laklari o`rganiladi. Yakunlovchi mashg`ulotda “Bingo” o`yinini o`tkazish mumkin. Buning uchun quyidagicha bingo-jadval tuziladi va o`quvchilarga yetarli tarzda ko`paytiriladi:




B

I

N

G

O




Kesim

Ega

Hol

To`ldiruvchi

Aniqlovchi

1.

Shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanadi

Egalik qo`shimchalari bilan turlanadi. Misol:

Kesimga tobe bo`ladi. Gapni kengaytiradi. Misol:

Kesimga tobe bo`ladi. Gapni kengaytiradiMisol:

Ega vazifasidagi otni aniqlaydi. Gapni kengaytiradi. Misol:



2.

Kesim – gapning markazi. Misol va sharh.

Kesimga tobe bo`ladi. Misol va sharh.

Harakatning bajarilish o`rnini bildiradi. Misol:

Kimni? Nimani? so`rog`iga javob bo`ladi. Misol:

Ot-kesimni aniqlaydi. Misol:

3.

Yakka o`zi ham mustaqil gap bo`lib kela oladi. Misol:

Yakka o`zi ham mustaqil gap bo`lib kela oladi. Misol:

Harakatning bajarilish paytini bildiradi. Misol:

Kimga? Nimaga? so`rog`iga javob bo`ladi. Misol:

To`ldiruvchi vazifasidagi otni aniqlaydi. Misol:

4.

Sodda yoyiq gap tuzing.

Sodda yoyiq gap tuzing.

Harakatning bajarilish tarzini bildiradi. Misol:

Kim bilan? Nima bilan? so`rog`iga javob bo`ladi. Misol:

Hol vazifasidagi otni aniqlaydi. Misol:

5.

Sodda yoyiq gaplardan iborat bog`li matn tuzing.

Sodda yoyiq gaplardan iborat bog`li matn tuzing.

Sodda yoyiq gaplardan iborat bog`li matn tuzing (hol ishtirok etsin).

Sodda yoyiq gaplardan iborat bog`li matn tuzing (to`ldiruvchi ishtirok etsin).

Sodda yoyiq gaplardan iborat bog`li matn tuzing (aniqlovchi ishtirok etsin).





  1. Download 379.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling