Donishmand cho’pon
Download 379.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24. “Qanday boshlasam, shunday tugataman” o’yini
- 25. “Zanjir” o’yini
23. “Menga baribir” o’yini
Bu o’yin faqat bir guruh so’zlargagina xos bo’lib, bunda ikki tomondan o’qiganda ham bir xil ma’no chiqadigan so’zlarni topish vazifasi beriladi. Demak, ikki tomondan o’qiganda ham ma’no o’zgarmaydi, ya’ni qanday holda o’qilsa ham ma’noga baribir. Tez va to’g’ri topgan o’quvchi g’olib hisoblanadi. Non ikki Katak kichik Aka dod alla ana bob lol shosh nodon Bunday so’zlarni topishni ot, son, olmosh, fe’l turkumlari doirasida o’tkazilishi ham o’rinlidir, chunki shunday so’zlarni bola faqat bir turkum doirasida to’playdi. Masalan: ot turkumida: achcha, alla, aka. 24. “Qanday boshlasam, shunday tugataman” o’yini Bu o’yinning boshlanishi va oxiri bir xil tovush bilan bo’ladi. Bu so’zlarning ma’nosi bir xil yoki har xil bo’lishi mumkin. Eng muhimi qanday tovush bilan tugagan bo’lsa, shunday tovush bilan boshlanishi shart. O’yinning samaradorligini oshirish uchun uni turkum doirasida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Buni ayrim turkumlar doirasida ko’rib chiqamiz: ot turkumiga oid so’zlar: aka, bob, katak, achcha, tut (daraxt nomi), yoy, atala, qoshiq ...; fe’l so’z turkumiga oid so’zlar: tort, dod, tut (fe’ldagi tutmoq), shosh ...; sifat turkumiga oid so’zlar: nodon, qochqoq, kichik, qattiq, lol, ko’k, qaynoq ...; Bu o’yin turi o’quvchini tez fikrlashga, xotirasidan kerakli so’zni zarur paytda topishga, xotirani mustahkamlashda yordam beradi. 25. “Zanjir” o’yini Bu o’yin bolalar orasida ko’p tarqalgan bo’lib, topqirlikka, insonni tez fikrlashga undaydi. O’yin tartibiga ko’ra bir bola biror shahar yoki davlat nomini aytadi, ikkinchi bola esa so’z oxiridagi tovush bilan boshlanuvchi shahar, davlat nomini aytishi lozim. Amerika – Angliya – Yaman – Niderlandiya .... Biz bu o’yinni ona tili fanida qo’llash haqida so’z yuritamiz. O’yinni so’z turkumlari doirasida o’tkazish yaxshi samara beradi. Masalan: narsa otlari mavzusida shu o’yinni qo’llash mumkin. Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh narsa otlarida misol aytsa, ikkinchi guruh so’z oxiridagi tovush bilan boshlanuvchi narsa otiga misol aytadi. So’z topa olmay qolgan guruh yutqazadi. Birinchi guruh Ikkinchi guruh kitob bosh sholg’om manti it tola achchiq qon non noma Sifat turkumiga oid so’zlar: 1-guruh 2-guruh achchiq qattiq qaynoq qora aqlli ilmli insonparvar rahmdil lobar raso oq qiziq Bu o’yinni boshqa bir shaklda ham o’tkazish mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga unli bilan boshlanib unli bilan tugaydigan yoki undosh bilan boshlanib undosh bilan tugaydigan so’zlarni topshiriq qilib beradi. Masalan, fe’l turkumida shunday topshiriv berish mumkin: ayla, atala, tut, tort, sog’, qoch, ber, kel, ushla, o’qi. Ot turkumida bajarilishi: Aka, uka, ona, ota, non, pishloq, qo’shiq. Sinf o’quvchilarini ikki guruhga bo’lib, 1-guruhga unli bilan boshlanib unli bilan tugovchi so’zlarni, 2-guruhga undosh bilan boshlanib undosh bilan tugovchi so’zlarni topshiriq qilib berilsa, o’yin yanada qiziqarli o’tadi. Download 379.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling