Donishmand cho’pon
“Sizdan ugina, bizdan bugina” o’yini
Download 379.5 Kb.
|
27. “Sizdan ugina, bizdan bugina” o’yini
Ushbu o’yin guruhlar o’rtasida o’tkazishga mo’ljallangan. O’yinini turli mavzularda, turli maqsadlarda o’tkazish mumkin. Masalan, iboralar haqida tushuncha berilgandan so’ng o’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. 1-guruh ibora aytsa, ikkinchi guruh uning ma’nosini izohlaydi. O’yin aksincha bo’lishi ham mumkin, ya’ni birinchi guruh iboraga mos ma’noni aytadi, 2-guruh shu ma’noga mos keladigan ibora topadi. 1-shart bo’yicha o’tkazilishi: 1-guruh 2-guruh Tepa sochi tikka bo’ldi jahli chiqdi Tilning uchida turibdi eslay olmayapti Yuragi tor injiq Boshi ko’kka yetdi xursand bo’ldi 2-shart bo’yicha bajariladi: 1-guruh 2-guruh Gapirmadi lom – mim demadi Xafa ta’bi tirriq Xafa bo’ldi, bo’shashdi tarvuzi qo’ltig’idan tushdi Bopladi kovushini to’g’irlab qo’ydi Xursand og’zi qulog’ida “Tasviriy ifoda” mavzusini o’rganishda ham bu o’yin shu tartibda bajariladi: 1-guruh 2-guruh Dala malikasi makkajo’xori Oq oltin paxta Kumush tola pilla Charm qo’lqop ustalari boksyorlar Tilga oid hodisalarni o’rganishda turli xil maqsadlarda foydalaniladi. O’quvchining zehnini sinash, topqirlikka undash maqsadida shu o’yinni o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi, masalan 1-guruh maqolnui boshlaydi, 2-guruh esa uni davom ettiradi. Maqol topa olmay qolgan guruh yoki maqolni davom ettirolmagan guruh yutqizadi. 1-guruh 2-guruh Aqlli uzoqni ko’zlar, aqlsiz yaqinni. To’g’ri oshini yeydi, egri boshini. O’qigan o’zar, o’qimagan to’zar. Qo’shma gaplarga oid nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash paytida bu o’yindan foydalanish mumkin. Buning uchun 1-guruh qo’shma gapning birinchi qismini aytsa, ikkinchi guruh uni davom ettirib, gapni yakunlaydi. 1-guruh 2-guruh Bahor keldi va dalalarda ishlar boshlandi. Quyosh chiqdi va borliq nurga to’ldi. Osmon tiniq, havo beg’ubor. Quyosh chiqib turgan bo’lsa ham havo sovuq edi. Men shuni angladimki, siz kelgansiz. Mazkur o’yindan boshqa mavzularni ham o’rganishda foydalanish mumkin. Faqat o’yinni to’g’ri tashkil qilinishini e’tiborga olish lozim. Download 379.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling