3-Mavzu. Sanoat inqilobi va uni jahonning turli mintaqalariga ta’siri. Reja
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon xo\'jaligi geografiyasi 3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galileo Galileyning osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatishi
1 3-Mavzu. Sanoat inqilobi va uni jahonning turli mintaqalariga ta’siri. Reja: 1. Eng muhim texnik kashfiyotlar, bug’ mashinasining yaratilishi. 2. Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi sanoat inqilobining dunyo mintaqalari iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri. 3. Mustamlaka tuzumi. Tayanch iboralar. Tarixiylik tamoyili, shaharlarni genetik turlari, tabaqalashtirshi, miqdoriy baholash, urbanistik tarkib. IGO’ va shaharlar, makrogeografik o’rin boqichi, mezogeografik o’rin boqichi, mikrogeografik o’rin bosqichi, shaharlarni tarixiy taraqqiyoti. Eng muhim texnik kashfiyotlar, bug’ mashinasining yaratilishi. Insonning atrof-olamga qiziqishi ortib bordi va bu Yangi davrning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib qoldi. Bu davrda olimlar fanda olamshumul kashfiyotlarni amalga oshirdi. Buyuk polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473–1543) 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatib, Yer Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanadi, degan xulosaga keldi. Bu xulosa fanda ulkan yangilik edi. Italiyalik Jordano Bruno (1548–1600) olam abadiy mavjud, u hech qachon yo‘q bo‘lmaydi, degan xulosani dadil ilgari surdi, olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi. Cherkov bu fikrni shakkoklik deb baholadi va olimni gulxanda yoqishga hukm qildi. Boshqa italiyalik buyuk olim Galileo Galiley (1564–1642) Kopernikning ta’limotini davom ettirib, geliosentrik nazariyaga asos soldi. Galileyning atrof-olamni anglashga qo‘shgan hissasi ulkan. U yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi. 3-rasm. Galileo Galileyning osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatishi 2 Yevropa fanining yuksalishida buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton (1643–1727)ning xizmati ulkan bo‘ldi. Nyuton mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi, butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi, ko‘zguli teleskopni kashf qildi. Yana bir ingliz olimi Jon Lokk (1632–1704) esa falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. J. Lokkning asosiy xizmati shundan iboratki, u insonning tabiiy huquqlari: yashash, erkinlik va mulk huquqlari haqidagi ta’limotni yaratdi. U, shuningdek, «hokimiyatni bo‘lish» – ijro hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ham ishlab chiqdi. XVI–XVIII asrlarda Yevropada Yangi davr madaniyati shakllandi. San’at va fan jadal rivojlandi. Angliya burjua inqilobi, Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun kurash, fransuz inqilobi jarayonlarida paydo bo‘lgan kishilarning ozodligi va tengligi haqidagi g‘oyalar yana uzoq vaqt ko‘plab xalqlar kurashining mazmuniga aylandi. Butun XVIII asr davomida Buyuk Britaniya Fransiya bilan bo‘lgan shiddatli kurashlar jarayonida Shimoliy Amerikani, Hindistonni, Afrikadagi ko‘plab hududlarni egallab oldi va shu tariqa Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos soldi. Angliya «dengizlar hukmroni»ga aylandi. Mamlakatda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tarkib topa boshladi. Angliya burjua inqilobi va uning g‘oyalari boshqa Yevropa mamlakatlari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Inqilob e’lon qilgan siyosiy tamoyillar va o‘rnatgan iqtisodiy tartib yangi industrial sivilizatsiyaga asos soldi. Ingliz muhandisi Jorj Stefenson tomonidan 1814-yili ixtiro qilingan parovoz temiryo‘l transportining ommalashuvini boshlab berdi. Mashhur fizik va kimyogar olimlar – italiyalik Alessandro Volta, angliyalik Gemfri Devi va Maykl Faradey hamda fransuz Andre-Mari Amper elektrdan foydalanishning asoslarini yaratdilar. Energiyaning bu yangi turidan foydalanish texnikaning yangi sohalarini rivojlantirdi, ishlab chiqarishda, maishiy turmushda ulkan o‘zgarishlarga olib keldi. Ilmiy va texnik kashfiyotlar ishlab chiqarishning kimyo, elektro-texnika kabi yangi sohalari paydo bo‘lishi uchun asos yaratdi. Hisoblash texnikasi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, sun’iy materiallar ishlab chiqarish shakllana boshladi. Bu yutuqlarning ko‘pchiligi XX asrda ham ishlab chiqarishning asosini tashkil qildi. Yangi davrda o‘zgarishlar sur’ati rivojlanishning o‘tgan bosqichlariga nisbatan juda tez bo‘lib, fan va texnika sohasidagi kashfiyotlar ishlab chiqarishga jadallik bilan joriy qilinib bordi. Shu tariqa, XVIII asr oxiri – XIX asrda fan va texnika sohalaridagi juda ulkan yutuqlar sanoat inqilobiga olib keldi. O‘z navba- Yevropa sanoat inqilobi davrida, sanoat inqilobi agrar sivilizatsiyadan sanoat ishlab chiqarishi va industrial sivilizatsiyaga o‘tish uchun asos yaratdi. Bu davrda sanoatda yuz bergan jarayonlar natijasida mashinalar ishlab chiqarishdan qo‘l mehnatini siqib chiqardi, manufakturalar fabrikalarga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Yangi davr Yevropa xalqlari tarixida ularning turmush tarzini, jamiyatning ma’naviy asoslarini bir necha bor o‘zgartirib yuborgan inqiloblar davri edi. Shuningdek, mustamlakachilik asoratiga tushgan Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixida Yangi davr mustaqillik va ozodlik uchun to‘xtovsiz kurashlar davri ham bo‘ldi. Bu davr Yevropada millatlarning va mutlaq monarxiya ko‘rinishidagi milliy davlatlarning shakllanish davri edi. Yuz berayotgan har bir o‘zgarishda shakllanayotgan yangicha dunyoqarashning ta’siri sezilib turardi. Eng avvalo, butun O‘rta asrlarda hukmronlik qilib kelgan insonni aqliy, ma’naviy kamsitishga va jismoniy cheklashga asoslangan dunyoqarash o‘rniga yangi, gumanistik dunyoqarash shakllana boshladi. Bu dunyoqarash shakllanayotgan yangi, industrial sivilizatsiyaning ma’naviy asosi bo‘ldi. 3 Ammo Yangi davrda industrial sivilizatsiya shakllanishi uchun zarur bo‘lgan sharoit faqat Yevropa mamlakatlarida vujudga keldi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi ko‘pchilik mamlakatlar XIX asr boshlarida ham qoloq, agrar jamiyat darajasida qolayotgan edi. Yangi davrda yuz bergan juda katta o‘zgarishlar butun dunyo miqyosida ilg‘or ishlab chiqarish usullarining tarqalishiga, odamlar hayot tarzining keskin yaxshilanishiga, industrial sivilizatsiya qadriyatlarining qaror topishiga olib keldi. Yangi davr oxiriga kelib, dunyo xaritasi o‘zining asosiy jihatlari bilan zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. Kapitalistik jamiyat – xususiy mulkning asosini sanoat korxonalari tashkil etadigan, shuningdek, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va yuqori sanoat ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyat. Industrial sivilizatsiya – bu iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling