Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari


Oksidlovchi moddalar bilan hab dorilar tayyorlash


Download 1.04 Mb.
bet32/125
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#196609
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
Bog'liq
Farmatsevtika institutining

Oksidlovchi moddalar bilan hab dorilar tayyorlash
Organik moddalar ta’sirida parchalanadigan dori preparatlari kumush nitrat va kaliy permanganatdan hab dori tayyorlashda yordamchi modda sifatida o‘simlik kukuni va ekstrakt­lardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Buning uchun yordamchi modda sifatida oq gil, bentonit yoki oq gil bilan bentonit aralashmasi (2+1) ishlatiladi.
Rp: Argenti nitratis 0,1

Bolii albae q.s.

Misce fiant pilulae №20

Da. Signa. 2 ta hab doridan kuniga 3 mahal ichilsin.


Kumush nitrat ko‘pincha organik moddalar ta’sirida yengil parchalanadi, natijada kumush oksidi va kumush metali hosil bo‘ladi.

Kumush nitrat («A» ro‘yxatga kiradi) miqdori tekshiriladi. Hovoncha va hovoncha dastasi suyultirilgan azot kislotasiga ho‘llangan paxta tamponi bilan artiladi.

Hovonchaga 0,1 g kumush nitrat solinadi va uni bir necha tomchi tozalangan suvda eritiladi. Eritmaga oz-ozdan 4 g oq gil yoki oq gilning bentonit bilan (2+1) aralashmasi qo‘shiladi va xamirsimon massa hosil bo‘lguncha tozalangan suv qo‘shib aralashtiriladi. A.Sh. Xamzina taklifiga ko‘ra massa yaxshi chiqishligi uchun o‘rik yelimi qo‘shish mumkin (30 ta hab dori uchun 0,1 g gacha o‘rik yelimi qo‘shiladi).

Hab dori qalamchasi plastmassa keskichda bo‘laklarga bo‘linadi. Тayyor hab dori oq rangda bo‘lishi kerak. Hab doriga oq gil sepiladi va plastmassa yoki qo‘ng‘ir rangli shisha idishga solinib, surguchlab, muhr qo‘yiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi (489, 1090-sonli buyruqlar). «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin» deb yozilgan ogohlantiruvchi yorliq yopishtiriladi.


Rp: Kalii permanganatis 1,0

Bolii albae q.s.

Misce fiant pilulae №20

Da. Signa. Bitta hab doridan kuniga 3 mahal ichilsin.


Тoza yuvilgan va quritilgan hovonchada taxminan 2,34 g oq gil maydalanadi va uning 1 g ini hovonchada qoldirib, qolgani kapsulaga olib qo‘yiladi. Hovonchadagi oq gilning ustiga 1 g kaliy permanganat va kapsulaga olib qo‘yilgan oq gilni solib aralashtiriladi. Aralashmaga ozroq (0,66 g) suvsiz lanolin qo‘shiladi (30 ta hab dori uchun taxminan 1 g lanolin), keyin oz-ozdan hab dori massasi hosil bo‘lguncha oq gil qo‘shib aralashtiriladi.

Kaliy permanganat bilan tayyorlangan hab dori to‘q binafsha rangda bo‘lishi kerak. Тayyor hab doriga oq gil sepiladi. Idishga solinib, tegishli yorliq yopishtiriladi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling