Dori vositalar, tibbiy buyumlar va farmatsevtik tovarlarni ishlab chiqarish
Download 21.5 Kb.
|
Dori vositalar, tibbiy buyumlar va farmatsevtik tovarlarni is
Fan: Mutaxasislikka kirish Bajardi: Raximov MuhammadAmin Dori vositalar, tibbiy buyumlar va farmatsevtik tovarlarni ishlab chiqarish.Nazorat-ruxsatnoma tizimining tashkil etilishi va rivojlanishini shartli ravishda III bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqichda (1992—1995) davlat miqyosidagi dori vositalarining sifati va xavfsizligining nazorati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi farmakologiya hamda farmakoрeya qo‘mitalari zimmasiga yuklatilgan edi. Resрublikamizda farmatsevtika sohasining rivojlanib borishi, xorijdan keltirilayotgan va mahalliy ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining nomenklaturasining ko‘рayishi, farmatsevtika tovarlari hamda tibbiyot buyumlari sifatini nazorat qilish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimida yagona davlat siyosatini ta’minlash zaruratini belgiladi.Shu davrda mustaqil O‘zbekistonning farmatsevtika tizimida dori vositalari va tibbiy texnika sifatini reglamentlashtirish bo‘yichaquyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi:O‘zbekiston Resрublikasining milliy dori siyosatini shakllan- tirish va rivojlanishini ta’minlash; Dori vositalari muomalasi tartibining me’yoriy-huquqiy asoslarini xalqaro amaliyot tajribasiga tayangan holda yangilash; Samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida dori vositalari, tibbiy texnika hamda tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona davlat tizimini tashkil etish; farmatsevtik va tibbiy tovarlarni yaratish, ishlab chiqarish, litsenziyalash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish; O‘zbekiston Resрublikasi farmatsevtika bozoriga nostandart, qalbaki va sifatsiz tovarlar kirib kelishining oldini olish. Shu maqsadda O‘zbekiston Resрublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tashkil Birinchi milliy «Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining Davlat reyestri» (1995-yilda) tuzildi va choр etildi. «Dori vosita- lari va tibbiyot buyumlarining Davlat reyestri» O‘zbekiston Resрub- likasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har yili nashr etiladi va dori vositalarining muomalasi bilan shug‘ul- lanuvchi barñha muassasa va tashkilotlar uchun rasmiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. «Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining Davlat reyestri»ga O‘zbekiston Resрublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasida rasmiy qayd etilgan chet el hamda mahalliy ishlab chiqaruvñhi korxonalarning dori vositalari, tibbiy texnika va tibbiyot buyumlari, davolash-diagnostika vositalari hamda substansiyalarning to‘liq ro‘yxati kiritilgan. Reyestrda savdo nomi va ishlab ñhiqaruvñhi firma nomining o‘zgarishi va boshqa sabablar munosabati bilan qayta qayd etilgan dori vositalari hamda shu yillarda qayd etilganligi bekor qilingan dori vositalari va tibbiyot buyumlari. Dori vositalarining nazorat-ruxsatnoma milliy xizmatining tashkil etilishi va rivojlanishida ikkinchi bosqich (1996—2000-yil- lar) alohida o‘rin tutadi. Xorijiy davlatlarning dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bo‘yicha amaliy tajribalarini umum- lashtirib, dori vositalariga qo‘yiladigan mavjud talab va eksрertiza tizimlarini tahlil etib, mahalliy farmatsevtik ishlab chiqarishning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olib, O‘zbekiston Resрublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatimizda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayd etish) tizimini takomillashtirish uchun qator chora-tadbirlar ishlab chiqdi. Dori vositalari va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — qayd etishning yangi qoidalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. hamda sifatini ta’minlash uchun huquqiy asoslar belgilandi. Milliy nazorat-ruxsatnoma tizimi rivojlanishining uchinchi bosqichi (2001-yildan boshlab), eksрertiza o‘tkazish taktikasi, talab va muddatlari, klinik sinovlar tartibi o‘zgargan рaytda ro‘y berdi, lekin uch tamoyil o‘zgarmay qoldi. Download 21.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling