Bogʼlovchi moddalar donadorlash va taxtakachlash jarayonida tabletkalarda yetarli qattiqlikni taʼminlash uchun qoʼshiladi. Bogʼlovchi moddalar quruq va suyuq boʼlishi mumkin.
Quruq bogʼlovchiga polivinil-pirrolidon (PVP), polietilenglikol (PEG) yoki ularning majmuasi kiradi.
Suyuq bogʼlovchi moddalar xususiyatlariga qarab namlovchi (suv va spirt) va bogʼlovchi deb yuritiladi. Bularga jelatin, natriy KMS, kraxmal,
qand eritmalari, suvda eriydigan sellyuloza hosilalari, tabiiy yelim,
polivinil spirt, polivinilpirrolidon (PVP) kiradi
Gʼovaklovchi moddalar tabletkalarning suyuqlikda parchalanishi yoki taʼsir qiluvchi moddalarning erishini taʼminlash uchun gʼovaklovchi moddalar ishlatiladi.
Bularga kraxmal, Na KMS, algin kislota va uning natriyli tuzi, bentonit, uzum kislota va natriy
gidrokarbonat aralashmasi, qand, natriy xlorid va boshqalar kiradi.
Sirpantiruvchi va
moylovchi moddalar taxtakachlanadigan massaning sochiluvchanligini yaxshilash, tabletkaning qolip devorlariga yopishib qolishi oldini olish, yaʼni ichki va tashqi ishqalanishni kamaytirish uchun ishlatiladi.
Ichki ishqalanishni kamaytirish uchun kraxmal, yogʼsizlantirilgan sut qandi, kaolin, bentonit va aerosillar sirpantiruvchi sifatida ishlatiladi.
Tashqi ishqalanishni kamaytirish — taxtakachlangan tabletkani oson itarib
chiqarish un stearin kislota, uning kaltsiyli va magniyli tuzlari (1%), talk (3% gacha), aerosil (1%) qoʼshilishi mumkin.
Taʼsir qilish mexanizmi boʼyicha gʼovaklovchi moddalar 4 guruhga tasniflanadi:
1.Kapillyar tarmoq hosil qiluvchi — suvni shimib, boʼkib shishuvchilar: pektin,
agar-agar, tragakant, kraxmal, jelatina.
2. Gaz hosil qiluvchi moddalarga natriy gidrokarbonat bilan uzum kislotasi aralashmasi kiradi. Bular vishillovchi va vaginal tabletkalar tayyorlashda qoʼl keladi. Ishlatishda quyidagi kamchiliklarga ega: indifferent boʼlmaganligi, taxtakachlash
jarayonida qatlamlanib qolishi, tabletka massasining ortib ketishi.
3. Tabletkaning erishini yaxshilovchi moddalar (suvda oson eriydigan qand, natriy xlorid). Bu xolda tabletka olish jarayonidagi bosim maʼlum darajada boʼlishi lozim.
4. Suyuklik bilan yaxshi aralashuvchi (gidrofillovchi, hoʼllovchi) moddalarga sirt faol moddalardan Tvin-80 va boshqalar kiradi