Dori vositalari va yordamchi moddalarga qo’yilgan talablar
Download 19.95 Kb.
|
Yordamchi moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi moddalarga qoʼyiladigan talablar
YORDAMCHI MODDALAR
Yordamchi moddalar deb tabiiy yoki sintetik tabiatga ega boʼlgan, dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan, turli fizik-kimyoviy xususiyatlari bor moddalarga aytiladi. Tibbiyot sanoatida aksariyat yordamchi moddalar shu maqsad uchun ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun ularni kimyo, oziq-ovqat, togʼ jinslari sanoatiga ishlab chiqarilgandan foydalaniladi Yordamchi moddalarga qoʼyiladigan talablar: tibbiyot amaliyotida qoʼllashga ruxsat etilgan boʼlishi; dori moddasini farmakologik taʼsirini uning farmakokinetikasini taʼminlagan holda saqlab qola olishi va yuzaga chiqishiga toʼsqinlik qilmasligi; dori moddasining fizik-kimyoviy, texnologik, farmakologik xossalariga va biosamaradorligiga taʼsir koʼrsatmasligi; kerakli miqdorda ishlatilgan yordamchi moddalar biologik jihatdan bezarar boʼlishi, organizmning biotoʼqimalariga zarar yetkazmasligi, shuningdek allergik va toksik taʼsirlarni yuzaga chiqarmasligi; ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar va apparat yoki qurilmalarga yoxud ularning ayrim ishchi qismlariga salbiy taʼsir koʼrsatmasligi; dori moddalariga dori shakllari talab qiladigan hossalarni bera olishi (tuzilish-mexanik, fizik-kimyoviy, imkoni boʼlsa biosamardorlik va boshq.); dori moddasining rangi, hidi va mazasiga salbiy taʼsir koʼrsatmasligi; dori vositalarini saqlash davomida dori moddalari bilan kimyoviy, fizik-kimyoviy jihatdan mos kelishi, qadoqlovchi materiallar, asbob-uskunalar va qurimalarning ishchi qismlariga zarar yetkazmasligi; turgʼun va saqlanish muddati uzoq boʼlishi; mahalliy, iqtisodiy jihatdan arzon boʼlishi va oson topilishi boʼlishi kerak. Download 19.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling