Dorixona loyihasi, jihozlanishi va obodonlashtirishga gigiyenik talablar
Download 71.97 Kb.
|
Dorixona loyihasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binolarning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilganlik darajasi quyidagi omillarga bog‘liq.
Sun’iy ventilyasiya. Havosi chang, zaxarli va zararli moddalar bilan ifloslangan xonalarda, shuningdek ortiqcha issiqlik yoki namlik bor manbalar bor xonalarda xamda odam ko‘p bo‘lgan xonalarda tabiiy yo‘l bilan shamollatish kifoya qilmaydi. Shunday xollarda xonalarni sun’iy yo‘l bilan shamollatadigan uskunalar o‘rnatiladi. Sun’iy yo‘l bilan shamollatish tashqi havo temperaturasi va havo xarakat tezligining o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lmaydi. Ventilyasiya sistemasining havo o‘tadigan yo‘llarida havo mexanik yo‘l bilan (ventilyatorlar) yoki issiqlik ta’siri bilan (havoni tortuvchi kanalda isitish) xarakatlanadi. Mexanik ventilyasiya olib keluvchi havoni avvaldan tayyorlab beradi. (tozalab, sovitib, isitib yoki namlab) va atmosfera havosiga chiqarishdan avval xam havo zararli omillardan tozalanadi.
Sun’iy yo‘l bilan shamollatish sistemasi markaziy va mahalliyga bo‘linadi. Markaziy - butun binoga xizmat qiladi, mahalliy esa manbaning tepasiga o‘rnatiladi. Sun’iy ventilyasiya tizimi: olib keluvchi olib ketuvchi d) keluvchi - ketuvchi bo‘lishi mumkin. Havo berib shamollatishda ventilyator yordami bilan bino ichiga yangi havo tortiladi, iflos havo esa tabiiy yo‘l bilan xonadan chiqib ketadi. Havo tortib shamollatishda iflos havo binodan mexanik yo‘l bilan yoki issiqlik ta’sirida chiqarib tashlanadi, yangi havo esa binoga tabiiy yo‘l bilan kiradi. Ishlab chiqarish sharoitlarida -issiq sexlarda - meteorologik shart-sharoitlarni yaxshilash uchun muayyan ish o‘rinlarida havo beruvchi mahalliy ventilyasiyadan - havo dushlaridan foydalaniladi. Havoni tortib shamollatiladigan mahalliy ventilyasiyalar havoga chang, zaxarli va zararli moddalar, ortiqcha issiq va nam chiqadigan joylarga o‘rnatiladi ( murili shkaflar, soyabonlar va b.). Xam havo berib, xam tortib shamollatish sistemasining quyidagi elementlari bor: havoni qabul qilish qismi; changdan tozalash inshoatlari; v) havoni isitadigan yoki sovutadigan uskuna; g) havoni namlash uskunasi; dvigatelli ventilyatorlar; havo beradigan va tortadigan kanallar (havo yo‘llari) bilan xonadagi teshiklari; j) chiqarilgan havoni korxona changi, bug‘ va gazlardan tozalash uskunasi. Bu sistemada eng muhim narsa havo olinadigan joyni to‘g‘ri tanlashdir ya’ni havo buzilmaydigan joyga o‘rnatish, havoni buzadigan manbalarga nisbatan olganda shamolga ro‘para o‘rnatish kerak xamda atrofiga daraxtlar ekish maqsadga muvofiqdir. Havo kiradigan teshiklar erdan kamida 2 m yuqorida bo‘lishi kerak. Yog‘inlardan saqlash uchun havo kiradigan teshiklarga panjara yoki soyabonli to‘r tutish lozim. Yorug‘likning gigiyenik ahamiyati Organizmga ta’sir qiladigan tashqi muhit omillari orasida yorug‘lik dastlabki o‘rinlardan birini egallaydi. Yorug‘lik ko‘ruv organiga ta’sir qilibgina qolmay, umuman butun organizmga ham ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘lik ta’siri ostida organizmning fiziologik va psixik reaksiyalari qayta tuziladi, organizmning umumiy tonusi o‘zgarib, u faol holatga o‘tadi. Tabiiy yorug‘likning organizmdagi xilma-xil jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, o‘sishni tezlashtirishi, moddalar almashinuvi protsesslarini jonlantirishi, gazlar almashinuvini kuchaytirishi aniqlangan. Yoritish sharoitlari yaxshi bo‘lmasa, odamning umumiy kayfiyati, ruhiyati yomonlashib, jismoniy va aqliy qobiliyati pasayib qoladi. Yaxshi yorug‘ tushib turmasligi tufayli ko‘zga doim zo‘r kelishi oqibatida maktab o‘quvchilari ko‘zining yaqindan ko‘radigan bo‘lib qolishini F. Erisman 1870 yildayoq ishonarli qilib isbotlab bergan edi. Quyosh nuri spektri tarkibiga kiradigan ultrabinafsha nurlarning bakteritsid ta’siri gigiyenik jixatdan alohida ahamiyatga egadir. Ultrabinafsha nurlar ta’siri ostida bakteriyalarning rivojlanishi susayib qoladi, bu nurlar etarlicha uzoq ta’sir ko‘rsatib turganida esa, bakteriyalar halok bo‘lib ketadi. Tabiiy va sun’iy yorug‘likning etarli darajada tushib turishi sog‘lomlashtiruvchi va madaniy ishlar orasida katta ahamiyatga ega. Yorug‘likni xarakterlaydigan asosiy miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari Yorug‘likning kuchi. Turli manbalarning yorug‘liklari har xil spektrlarga ega bo‘lgani uchun sifat jihatdan va yorug‘lik sistemasiga ko‘ra miqdor jihatdan farq qilishi mumkin. Yorug‘lik kuchi shamlar bilan ifodalanadi. Bu birlikning qiymati platinaning qotish temperaturasidagi to‘la nurlatgichning ravshanligi 1 sm2ga 60 sb ga baravar deb qabul qilinadi. Ravshanlik. Ravshanlik ko‘z bevosita sezadigan yorug‘lik miqdoridir. Ravshanlik miqdori nur sochib turgan yuza birligining mazkur yo‘nalishda yarqirayotgan yorug‘lik oqimi zichligi bilan belgilanadi. Ravshanlik nitlar (nt) va stilblar (sb) bilan ifoda etiladi. Binolarning tabiiy yorug‘liq bilan yoritilganlik darajasini belgilab beradigan omillar Binolarning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilganlik darajasi quyidagi omillarga bog‘liq. Download 71.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling