Deraza oynalarining sifati va ularga qarab turish. Odatdagi deraza oynasida talaygina miqdorda temir (asosan Fe2O3), titan, xrom va boshqa elementlarning rangli birikmalari bo‘ladi. Bu birikmalar derazalarning oynasidan xona ichiga tushadigan yorug‘lik miqdorini kamaytirib qo‘yish bilangina qolmay, balki, eng muhimi, quyosh nurining to‘lqin uzunligi 300 mmk dan kam bo‘ladigan biologik jihatdan eng aktiv qismini ushlab qoladi va derazadan o‘tkazmaydi. Deraza bir qavat bo‘lsa, oyna orqali yorug‘lik o‘tkazish koeffitsienta 10—15% ga, qo‘sh qavat bo‘lsa, 25% gacha kamayadi.
Xonalarga ultrabinafsha nurlar tushib turishini ko‘paytirish uchun maxsus uviol oynalar ishlatiladi. Bunday oynalarni tayyorlashga ketadigan materiallarga maxsus ishlov beriladi, shuning natijasida rangdor G‘e2O3 aralashmalarining miqdori 0,01~0,02% gacha kamayadi (odatdagi oynada 0,1 — 1%).
Ifloslangan oynalar va qish vaqtida xona havosidagi namning kondensatsiyalanishi natijasida muz bilan qoplanib qoladigan oynalar binolarning yoritilganlik darajasini ancha pasaytiradi.
Kondensatsiyalanadigan suvning sovuq deraza yuzida muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘sh qavat romlar orasiga suv o‘tadigan materiallar (masalan, sulfat kislota yoki kuydirilgan ko‘mir) qo‘yiladi (deraza oynalarning orasidagi bo‘shliq shamollatiladi yoki isitiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |