Dorixona xodimlarining etikasi


Dorixonada farmatsevt va xaridor munosabatlari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1119814
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 mavzu

10.4.Dorixonada farmatsevt va xaridor munosabatlari. 
Rahbar jamoadagi asabiy tanglikni bartaraf eta bilishi lozim. X,ar bir 
kelishmovchilik tahlil etiladi va eng muhimi uni keltirib chiqaruvchi sabablar 
bartaraf etiladi. Kelishmovchiliklar tabiatiga ko‘ra, ishlab chiqarish va shaxsiy 
xarakterga ega. Mehnatni tashkil etish va me'yorlashdagi kamchiliklar, xususan, 
xodimning qaysi ishni, qanday hajmda bajarilishi lozimligi haqida aniq tasavvurga 
ega emasligi, rahbarning noo‘rin harakatlari, jamoa a'zolari o‘rtasidagi nomoslik 
kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Kelishmovchiliklarni hal etishning ikki usuli mavjud: pedagogik va 
ma'muriy. Ishontirish usuli asosiy pedagogik usulidir. 
Hozirgi zamon rahbarining faoliyatida ijtimoiy vazifalarni hal eta olish
odamlar bilan ishlay olish, jamoada mehnat natijalaridan ma'naviy- ahloqiy va 
moddiy manfaatdorlikni vujudga keltirish, xodimlarga topshirilgan ish uchun 
ma'suliyat xissini tarbiyalash qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi. 
Dorixona rahbari, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun jazoni qo‘l ostidagi 
xodim tomonidan adolatli deb qabul qilinishiga ishonch hosil qilgandagina beradi. 
Jazoni tee-tez qo‘llash rahbarning qat'iyatsizligidan, uning bo‘shligidan va ishni 
tashkil eta olmasligidan guvohlik beradi. 
Xodimni maqtash, har doim jamoa oldida bo‘lishi, beriladigan tanbex esa 
uning izzat-nafsoniyatiga tegmasligi va qadr-qiymatini kamsitmasligi lozimligini 
yodda tutish kerak. Qo‘l ostida ishlayotgan har bir kishi shaxsini xurmat qilish
xodimlarga nisbatan qo‘pollikka yo‘l qo‘ymasligi zarur. Rahbarni qo‘l ostidagilar 
tomonidan qilingan tanqidga qanday qarashi uning faoliyatining muhim qirrasidir. 
Agar rahbar tanqid qiluvchiga emas, o‘ziga nisbatan chora ko‘rib, xatolarini tuzatar 
ekan, bu uning yetuklik sinoviga bergan bardoshi. Tanqid muammosi - qo‘l ostidagi 
xodimning fikriga, uning tashabbusiga hurmat muammosidir. 


Rahbarning yaxshi tashkilotchiligida hamma tarmoqlarda ahil, intizomli, 
mehnatsevar jamoa shakllanadi. 
O‘ta rivojlangan ishbilarmon o‘z mehnatini faqat o‘zi uchungina emas, 
balki boshqalar uchun, jamiyat va davlat uchun ham foydali ekaniga ishonadi. 
Ishbilarmon rahbarning ish uslubidan: 

raqobat zaruriyatini e'tirof etadi, hamkorlik lozimligini tushunadi; 

har bir shaxsni o‘zi kabi xurmat qiladi; 

mulkning har bir shaklini, davlat hokimiyatini, ijtimoiy tartibni
qonunlarni xurmat qiladi; 

ma'rifatni, fan va texnikani, informatikani, madaniyatni qadrlaydi, 
ekologiyani xurmat qiladi. 

yangiliklarni ishga taqdim etishga intiladi. 
Tadbirkorlik ahloqi - butun dunyo ishbilarmonlarining amaliyotida ko’p 
yillar davomida orttirilgan tajribalardan kelib chiqqan xatti-xarakat me'yorlarining 
majmuidir. Bunday me'yorlarning o’zagi - xalq;aro xushmuomalalik tamoyillaridir, 
boshqacha aytganda, nimaiki hamkor davlat timsoli va vakili bo‘lsa, hammasini 
qat'iy hurmatlash va yod etishdan iborat. 
“Har qanday sharoitda ham xodimlaringizni, buyurtmachilaringizni, 
nazoratchi hokimiyatni, aksiyadorlaringizni, boshlig‘ingizni, hamkasabalaringizni, 
ta'minlovchilaringizni, hatto raqiblaringizni ham hech qachon aldamang”. 
Tadbirkorning bu burchlarini amerikalik menejer Robert Cheyz o‘zining 
“Boshqarish sirlari” degan kitobida aytib o‘tgan. Biznesda halollik - har qanday 
amaliy munosabatlarning zaminidir. Unga bepisandlik qilish oxir - oqibatda obro‘ni 
yo‘qotishga olib keladi. Obro‘ni bir marta yo‘qotgandan keyin, qayta tiklash juda 
qiyin. 
Ishonch - tadbirkorlik amaliyotining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, 
uning ahamiyati ortib borayapti. O‘zaro ishonch juda muhim omil. Ishbilarmonlik 
munosabatlarida ikki pog‘ona mavjud: rasmiy va norasmiy. Rasmiylari o‘zaro 
tuzilgan turli kelishuvlar, shartnomalarga asoslanib, sheriklarining, sotuvchilarning, 
xaridorlar va boshqalarning huquqlarini aks ettiradi. Norasmiylari o‘zaro 


munosabatlar jarayonida shakllanib qoladi va hech qanday yozma majburiyatlar 
bilan bog‘liq bo’lmasligi mumkin. Bunday xolda umumiy ishning yutug’i hamkorlar 
o’rtasidagi o’zaro ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Madaniylashgan tadbirkorlik odobining shakllanish shart-sharoitlari 
quyidagilardan iborat: 

siyosiy va iqtisodiy erkinlik, demokratik davlat, ko‘p partiyaviylik, 
so‘z, matbuot va e'tiqod erkinligi, tovar ishlab chiqaruvchilarning erkin raqobati
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda istalgan jismoniy va huquqiy shaxslarning 
tengligi, iste'molchining mustaqilligi va shu kabilar; 

barqarorlik - kuchli ijrochi hokimiyat, siyosiy kurashning parlament 
vositalari, qonunlarning barqarorligi; 

tashviqot - ommaviy axborot vositalari yordamida muvaffaqiyat 
qozonayotgan, yuksak ma'naviy tamoyillarni egallagan ishbilarmon qiyofasini 
yaratish, poraxo‘rlik, ta'magirlik, noxalol raqobatni qoralash; 

huquq - nafakat tadbirkor faoliyatini cheklab qo‘yadigan eng umumiy, 
ijtimoiy standart hatti-harakatlarini me'yorlarini belgilaydi, balki undan kam 
bo‘lmagan darajada mamlakat biznesida uchraydigan salbiy xodisalar bilan 
kurashish hamdir. 
Uyushma - tadbirkorlarning kasaba uyushmalarini yaratish. Ular a'zoliylik 
darajasiga baho berishda xolis turishlari va guruh ma'naviyati me'yorlari buzilgan 
paytda eng qat'iy choralar ko‘rishlari lozim. 
“Biznesda toza qo‘l, moslashuvchanlik, tadbirkorlik, xalollik - jamiyatga 
xizmat qiladi”. 
D.Kornegi va boshqa mashhur kishilarning nasihatlarini o‘rganing. Ularni 
kundalik va ish bilan bog‘liq xayotimizning me'yori va tamoyili qilib oling. Biroq; 
uzil-kesil qoidalar bilan bir qatorda bizning endi oyoqqa turyotgan biznesimizda 
ishni yaxshi yurtishning yashirin nozik tomonlari uchraydi. Ularni ko‘ra bilish va 
ular yetuk uslubga aylanishiga ko‘maklashish - amaliy munosabatlar nazariyasining 
masalalaridan biri. Shuning uchun ham ish munosabatlarining tadbirkorlik 


amaliyotida nazariy jihatdan hali shakllanib ulgurmagan uslubini me'yorlashtirish 
o‘rinli emas. 
Tadbirkorning 80-90% vaqti muloqotlarga sarf bo‘ladi. Tadbirkor bo‘lish - 
muloqot ila olish demakdir. 
Amaliy va ishchan munosabatning asosiy vazifasi - hamkorlik. Xamkorlik 
sheriklarning o’zlarini bir-birlariga tanishtirishdan boshlanadi. Shuni unutmaslik 
kerakki, bunday paytda xar bir tomonning xayolida sherigi haqida: “Bu aslida kim 
o’zi?” degan savol tug’iladi. Shu savolga javob bera turib, biz munosabat turini 
tanlaymiz. Agar o’zini tanishtirish amalda isbotlanmasa, ko’ngil soviydi, 
munosabatlar uzilishiga boradi. Sheriklar bir-birining xatosi va kamchiliklariga ko’z 
yumishlari mumkin, lekin bularni kechirmaydilar. Shuning uchun ishchan 
munosabatning muhim tamoyillaridan biri - so‘zning ustidan chiqish va amalda 
isbotlashdir. 
Ishchan munosabatning aksariyat qismi muzokaralardan iborat. Muzokara 
mahorati ham - fan va san'at. Muzokara usullarini o‘rganish kerak. Suhbat 
mavzuidan qat'iy nazar bu usullari bir xil. 
Muzokara - kundalik hayotimizning omili. O‘z maqsadlarimizga erishish 
uchun biz hamma yerda turli sabablar bilan gaplashamiz. Biz ko‘pincha yomon 
gaplashamiz. Betoqat, xudbin, yon bermaydigan bo‘lib, ikkinchi tomonning 
manfaatlarini hisobga olmasdan ko‘pincha munosabatni buzib qo‘yamiz. 
Xulosada shuni ta'kidlash joizki, odob muammolari hamma mamlakatda 
(milliy, xududiy, mahalliy) muhim o‘rin tutadi. Eski muammolar: korrupsiya 
manfaatlar kurashi, beodoblik, kamsitish kabilar bilan bir qatorda, xususiylashtirish, 
mustaqillik, axborot texnologiyasi va boshqa yangiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi 
muammolar yuzaga keladi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmon quyidagi hollarda: stul 
atrofida, jamoat, mehmondorchilik tashriflarida, jamoat joylarida va ko’chada, chet 
ellik deligatsiyani qabul qilish vaqtida, tabriklar va tanishuvlarda, deligatsiyani kutib 
olish jarayonida, avtomobillarga o‘tkazish vaqtida, ishtirokchilarni muzokaralar 
stoli tevaragiga joylashtirishda, rasmiy shaxslar bilan telefon orqali gaplashishda, 


ishbilarmonlar qabulida, yangi xodimni hamkasblarga tanishtirishda va hokazolarda 
ishbilarmonlik odobi me'yorlariga rioya qilishi kerak. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling