Dorixona xodimlarining etikasi
Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
9 mavzu
10.3. Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti
Jamiyatimizning asosiy bir ligi mexnat jamoasidir. Jamoadagi barcha a'zolarni uning rax,bari ostidagi jipsligi, dustona uzaro munosabatlari, bir-birlarini hurmat qilishlari, oshkora samimiy tanqid ishning sifatini oshiradi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda farmatsevtik deontologiyada mehnat jamoasidagi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, kasbiy tayyorgarlik darajasi, muassasadagi anik sharoit, ma'lum holatda rahbar shaxs, uning uslubiy tomonidan belgilanuvchi ahloqiy muhit alohida o‘rin tutadi. Farmatsevtik muassasalarning ruhiy muhitiga alohida talab qo‘yiladi. Bu yerda na bemorlarga nisbatan, na hamkasblarga nisbatan qo‘pollik o‘rinsiz harakat va e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Bir jon, bir tan bo‘lib ishlovchi ahil jamoani shakllantirish, unda mehnat uchun sog‘lom muhitni yaratish rahbarning muhim vazifalaridan biridir. Jamoani uyushtirish uchun rahbar rasmiy va norasmiy munosabatlarni e'tiborga olib, xodimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va munosabatlar o‘rnatilishini ta'minlashi kerak. Agar rasmiy tizim jamoa a'zolarining ma'muriyat tomonidan biriktirilgan aloqalarini tasvirlasa, norasmiy aloqalar shaxsiy xush ko‘rish va xush ko‘rmaslik, manfaatlar umumiyligi, harakterlar mushtarakligi, bir- birini tushunish kabilar asosida tashkil topadi. Ular o‘ta mos yoki yaqin kelganda nuxsonsiz ideal holat hisoblanadi. Modomiki, dorixonada ishlovchilarning ko‘pchiligi xotin-qizlar tashkil k;ilar ekan, ularning o‘ziga xos ruhiyati nazarda tutilishi lozim. Shuningdek, xodimlarning yoshi, mehnat staji, faoliyatining tavsifi, ma'lumoti, oilaviy ax;voli kabilar ham e'tiborga olinadi. Masalan, turli yoshdagi kishilardan tashkil topgan jamoalarda - intizom yuqori darajada ustozlar g‘amxo‘rligi tufayli yoshlarda tezrok o‘sish kuzga tashlanadi, ruhiy va ruhiy-jismoniy mos kelishlik muammosi osonlik bilan yechiladi. Mehnat jamoasida talab darajasidagi o‘zaro munosabatlar xodimlar qo‘nimsizligi, kelishmovchilik kabi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olib, ularning salomatligi va o‘zlarini his etishlariga ijobiy ta'sir etadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling