Dorixonada ishlovchi xodimlar vazifalari va shtatlari. Dorixona xodimlarining etikasi


Download 90.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi90.71 Kb.
#1015033
  1   2   3
Bog'liq
6-MAVZU



Dorixonada ishlovchi xodimlar vazifalari va shtatlari. 
Dorixona xodimlarining etikasi 
Farmatsevtika faoliyati, xodimlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari. 
Farmatsevt xodimlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb 
tavsifnomasi. 
Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigiyenik talablar 
8.1 Farmatsevtika faoliyati, xodimlar lavozim nomenklaturasi, 
shtatlari. 
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni 
saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuqorida keltirilgan farmatsevtika faoliyati yo‘nalishlariga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2009 yil 20 
maydagi №157 son buyruq bilan farmatsevt kadrlar lavozim nomenklaturasi va 
lavozim nizomlari tasdiqlangan.
1-jadval 
Farmatsevt kadrlar lavozim nomenklaturasi 
Kategoriya
Lavozim nomi
Rahbar xodimlar
Dorixona mudiri 
Dorixona mudiri muovini
Dori vositalarini ulgurji 
savdosini amalga oshiruvchi omborxona 
mudiri
Dori vositalarini ulgurji 
savdosini amalga oshiruvchi omborxona 
mudir muovini
Farmatsevtika tashkilotlarining 


bo‘lim boshliqlari 
Oliy farmatsevtika ma'lumotiga 
ega bo‘lgan mutaxassislar
Farmatsevt
Farmatsevt-texnolog 
Farmatsevt-analitik
Farmatsevt-kosmesevt
Farmatsevt muhandisi
Biotexnolog
Klinik farmatsevt 
O‘rta maxsus ma'lumotli 
farmatsevt kadrlar
Farmatsevt assistenti
Yordamchi xodimlar
Qadoqlovchi
Sanitar yuvuvchi 
Oliy va o‘rta maxsus ma'lumotiga ega bo‘lgan farmatsevt kadrlar 3 
bosqichga ega bo‘lgan kvalifikasion kategoriyaga ega bo‘lishi mumkin.Malakaviy 
toifa 5 yil muddatgacha amalda bo‘lib, so‘ngra uni qaytadan tasdiqlash zarur. 
Malakaviy toifa farmatsevt kadrlar attestasiyasi natijalariga ko‘ra beriladi. 
Attestasiya jarayonida ishtirok etish farmatsevt kadrlarning ihtiyoriga ko‘ra amalga 
oshiriladi. Malakaviy toifa olishni hohlagan mutaxassislar Sog‘liqni saqlash 
vazirligi qoshidagi attestasiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladilar va 
oxirgi 3 yildagi faoliyat bo‘yicha hisobot topshiradilar. Attestasiya komissiyasi 
xulosasiga ko‘ra farmatsevt kadrlarga kategoriya berilgani to‘g‘risida guvohnoma 
taqdim etiladi. 
Farmatsevtika tashkilotlarida (dorixonalarda) farmatsevt kadrdan tashqari 
faoliyat yuritish uchun ma'muriyat-boshqaruv (bosh buxgalter, buxgalter, kassir) 
va yordamchi xodimlar (qadoqlovchi, sanitar yuvuvchi), shuningdek, xizmat 
ko‘rsatuvchi (farrosh, yuk tashuvchi, xaydovchi)lar ham shtat jadvaliga kiritilishi 
lozim. 



Download 90.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling