Do’smuxammedova Nodira Tashkentovna
Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi
1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabning
matematika o’qituvchisi
4-sinfda matematika fani
Mavzu “ O’tilgan mavzularni mustahkamlash ”
Sinfdagi 30 nafar o’quvchiga mo’ljallangan.
Elektron pochta manzili : nodira1maktab@umail.uz
Annotatsiya: Bu dars ishlanma 4-sinfda yil davomida o’tilgan mavzlarni takrorlash bobida mustahkamlash uchun mo’ljallangan. 5 ta shart asosida o’quvchilar to’gri to’rtburchak,kvadrat,uchburchak,tezlik,vaqt,masofaga doir masalalarni,tenglama,ko’p xonali sonlarni ko’paytirish,bo’lish,to’rt arifmetik amallarning bajarish tartibi,boshqotirmalarni yechishni mustahkamlaydilar.
Mavzu : O’tilgan mavzularni mustahkamlash .
Maqsad :
1) Ta’limiy maqsad : O’tilgan mavzular bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va ularni amaliyotda qo’llash malakalarini shakllantirish.
2) Tarbiyaviy maqsad : Mustaqilligimiz sharofati bilan erishilgan imkoniyatlarni qadrlashga, ulardan oqilona foydalanishga o’rgatish.
3)Rivojlantiruvchi maqsad: Mantiqiy masalalar ,savollar berish orqali o’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish , matematik bilimlarni yanada rivojlantirish.
Dars turi : noan’anaviy .
Dars metodi : Mustaqil ish, savol javob, aqliy hujum.
Dars jihozi : Elektron slaydlar, tarqatma materiallar , elektron test .
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism :
Matematika fani yuksalmoqda kun sayin
Bo’limlari xilma-xil, qay birini aytayin?
Qancha-qancha muammo hal etilgan ushbu on,
Kompyuter savodi quloch yoymoqda chunon.
Salomlashib, sinf holati ko`zdan kechiriladi.
Dars shiori : “Matematika fanlar ichra shoh,
Do'stlaringiz bilan baham: |