Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh”
Sinfda joylashgan 3 ta qatordagi o’quvchilar 3 ta guruh hisoblanib, har bir guruh nomi matematik ramzlar bilan ifodalanadi.
1. UCHBURCHAK
2. TO’G’RI TO’RTBURCHAK
3.KVADRAT.
Guruhlar o’zaro bellashadigan shartlar ekranda namoyish etiladi :
Guruhga ta’rif.
Raqamlar olamiga sayohat.
Tarqatma material (mustaqil ish).
Elektron test.
Matematik topishmoqlar.
Har bir shart oxirida guruhlar rag’bat kartochkalari orqali rag’batlantiriladi.
O F A R I N (5ball) B A R A K A L L A (4ball) H A R A K AT Q I L(3ball)
II. O’tilgan mavzularni takrorlash:
1-shart : Har bir qator o’z guruhidagi matematik ramzlarga ta’rif beradi.
Masalan :1-guruh uchburchakka ta’rif beradi :
1.UCHBURCHAK :
Uchburchakning turlari :
1.Teng tomonli uchburchak : Hamma tomoni teng bo’lgan uchburchak teng tomonli uchburchak deyiladi.
2.Teng yonli uchburchak : Ikkita tomoni teng bo’lgan uchburchak teng yonli uchburchak deyiladi.
3.Turli tomonli uchburchak : Tomonlari turli bo’lgan uchburchak turli tomonli uchburchak deyiladi.
Uchburchakning perimetrini topish : P=a + b + c
2-guruh to’g’ri to’rtburchakka ta’rif beradi :
2. TO’G’RI TO’RTBURCHAK :
To’g’ri to’rtburchakning perimetrini topish : P=2· ( a+b )
To’g’ri to’rtburchakning yuzini topish : S = a · b
3-guruh kvadratga ta’rif beradi :
3.KVADRAT:
To’rtta tomoni teng bo’lgan to’grito’rtburchak kvadrat deyiladi.
Kvadratning perimetrini topish : P = 4· a
Kvadratning yuzini topish : S = a · a
Do'stlaringiz bilan baham: |