Dramatik asarlarni o’rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari (Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi misolida) “ mavzusidagi tavsiyasi


Milliy va umummadaniy kompetensiya


Download 69.13 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi69.13 Kb.
#1108500
1   2   3   4
Bog'liq
temir-xotin-3

Milliy va umummadaniy kompetensiya:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushuna olish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi
Doimiy ravishda o’zini-o’zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Dars metodi: Zamonaviy (“Sening isming kim?” o’yini, guruhlarda ishlash, sahnaviy ko’rinish), “Tarmoq” usuli
Dars turi: Umumlashtirish.
Dars jihozi: 9-adabiyot darsligi, Sh.Boshbekov. “Temir xotin”(Jiddiy komediya), “Rag’bat”, “Jarima” kartochkalari, ekran, proyektor, ovoz kuchaytirgich

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tilgan mavzuni so’rash.

  3. Yangi mavzu bayoni.

  4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  5. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash.

  6. Uyga vazifa berish.

Tashkiliy qism:
Davomatni aniqlash.(“Sening isming kim?” o’yini. Namuna: Marjona -matn)
Guruhlar tanishtiruvi
I guruh:
Guruh nomi: “Ma’naviyat”
Guruh shiori: “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
II guruh :
Guruh nomi:“Do’stlik”
Guruh shiori: “Do’stsiz boshim – tuzsiz oshim.”
III guruh:
Guruh nomi: “Ma’rifat”
Guruh shiori: “Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim, ilm bepoyon.”
O’TILGAN MAVZUNI SO’RASH
(“Tarmoq” usulida komediya ishtirokchilarini yozish)

O’TILGAN MAVZUNI SO’RASH
(“Tarmoq” usulida Sh.Boshbekov asarlari nomini yozish)

Guruhlar taqdimoti davomida o’quvchilarga rag’bat va jarima kartochkalari berib boriladi.


Guruhlar Sh.Boshbekov hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berishadi. Guruhlar taqdimoti shunday bo’lishi kerakki, bir guruh aytgan ma’lumotlarni ikkinchi guruh takrorlamasligi kerak.

Download 69.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling