Dtpi pedagogika fakulteti 2-bosqich 2bt-s-21-guruh talabasi akkuziyeva guzalning ona tili va bolalar adabiyoti fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 163.31 Kb.
|
ADABIYOT 17.
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT;)
DTPI PEDAGOGIKA FAKULTETI 2-BOSQICH 2BT-S-21-GURUH TALABASI AKKUZIYEVA GUZALNING ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTIREJA: 1.KAVSAR TURDIYEVA HAYOTI. 2.KAVSAR TURDIYEVANING IJODIY FAOLIYATI. 3.KAVSAR TURDIYEVANING BOLALARGA BAG’ISHLAB YOZGAN KITOBLARI.Kavsar Turdiyeva 1958-yil 6-avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan.1975-yili Chilonzor tumanidagi 201-o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent davlat universitetiga o‘qishga kirgan, so‘ng Sankt-Peterburg davlat universitetini o‘qib tugatgan. Hozir Toshkent pediatriya tibbiyot institutida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Kavsar yoshligidanoq bolalar adabiyotiga o‘z moyilligini bildirdi. Uning birinchi she’ri “Tong” o‘quvchilik yillaridayoq bolalar gazetasida bosildi.Shoiraning „Varrak“, „O‘ynayapman, o‘ylayapman“, „Qush bo‘lib uchgan ona“, „Raqamlarbo‘ylab sayohat" kabi to‘plamlari bolalar qalbining beg‘ubor kengliklarini ochib berishga, ularning nozik ruhiy qalb jarayonlarini ko‘rsatishga qaratilgandir.Shoiraning „Varrak“, „O‘ynayapman, o‘ylayapman“, „Qush bo‘lib uchgan ona“, „Raqamlarbo‘ylab sayohat" kabi to‘plamlari bolalar qalbining beg‘ubor kengliklarini ochib berishga, ularning nozik ruhiy qalb jarayonlarini ko‘rsatishga qaratilgandir.Filologiya fanlari nomzodi Kavsar Turdiyeva kino san’ati sohasida ham samarali ijod qilmoqda. Uning „Zumrasha“ hajviy kinojurnali uchun tayyorlagan „Ma’naviyatli bo‘laylik“, „Sumalak va tilak“, „Yodlasam boimasmidi?“ kabi asarlari yuqori baholangan. Kavsar Turdiyevaning multfilmlar, telefilmlar uchun yozgan qo‘shiqlari ham ommalashib ketgan. Uning „Raqamlar bo‘ylab sayohat“ (2001), „Ona isi“, „Obod mahallam ko‘chalari“, „Hayvonot bog‘i“, „Salomat bo’ling“ (2003), „Botu nidosi“, „Obod mahallam bo‘ylab“, „Toshkesarlar mamlakati“ (2004), R. Farhodiy to‘plami tarjimalari (2005), ,,O‘n yumush“, „Tozalik — go‘zallik“ kabi kitoblari chop etilgan. MENDAN AZIZ SHIPPAK Suvga tushib shippagim Suzib ketdi birpasda. Topmay uning daragin, Bosh egib qaytdim asta. Bo‘ldi rosa to‘polon, Qiynalib ketdim yomon. Akam olib xipchinni, Qo‘rqitib ham qo‘ydilar. Dadam hech bir gapirmay, Qovoqlarin uydilar. Opam esa dedilar: „Noinsofga bir qarang — Xayf senga yangi kiyim, Yuraver oyoqyalang“. Hatto mehribon onam, Shippagingni top, dedi. Uni topmaguningcha, Ket, eshikni yop, dedi. Uydagilar mehri ham, Chiqqandayin chippakka. Juda keldi havasim, Mendan aziz shippakka. Kavsar Turdiyevaning 1994 yili yoqlagan nomzodlik dissertatsiyasining nomi ham “Hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’riyatida ma’naviyat muammolari” deb atalgan. Hozir u “So‘nggi davr o‘zbek bolalar adabiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Kavsar Turdiyeva bolalar prozasida ham chiroyli qalam tebratmoqda. Uning “Gulxan” jurnalida chop etilgan turkum hikoyalari va “Allo, 03 mi?” ertak - qissasini o‘quvchilar qiziqib kutib olishdi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT;)Download 163.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling