Dullo quronov galaktikada bir


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana19.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1367457
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
Galaktikada bir kun PDF Lotin

JANGGA HOZIRLIK
“Koʻkkezar” toʻrt kun deganda Miks sayyorasiga 
yetib bordi. Qoʻmondon Dordon qahramonlarimizni iliq 
kutib oldi. Boʻlgan voqealarni eshitib juda gʻazablandi. 
U qaroqchi gikslarga qarshi jang qilishga tayyor ekanini 
bildirib:
– Oʻzi shu qaroqchilar sabab galaktika xalqlarining 
tinchi buzildi. Mayli, shu bahonada galaktikamiz bu 
kallakesarlardan xalos boʻladi, ‒ dedi.


128
Qoʻmondon Dordon oʻzining 50 millionlik askari, 1 
millionta harbiy kemasi va 30 millionta robot-droidi bilan 
jang qilishni rejalashtirgan edi. Ammo Miks qoʻshinida 
“Koʻkkezar”dek kema yoʻqligi sababli Dordon Koinot 
muzeyiga faqat ikki oydagina yetib borishi mumkinligini 
aytdi. Bu muddatni oldindan bilgan Ahmad va Margol 
eʼtiroz bildirishmadi. Chunki Obma salmirliklar kemasida 
oʻz qarorgohiga qaytib borib, qoʻshini bilan Koinot 
muzeyiga kelgunicha uch oyga yaqin vaqt kerak boʻladi. 
Bu vaqt ichida Miks qoʻshini Koinot muzeyiga yetib 
borib, jang oldidan yaxshilab tayyorgarlik qilib olishi ham 
mumkin edi.
Bir oy deganda gʻazab otiga mingan Obma ham oʻz 
qarorgohiga yetib keldi. U Koinot muzeyida Miks qoʻshini 
bilan jang qilishini hali bilmasdi. Shu sababli unga 
raqiblari juda ojizdek koʻrindi. Lekin, baribir, bor kuchi 
bilan jangga kirishga qaror qildi. Chunki uning raqibi – 
odam bolasi juda “ayyor”, aytish mumkinki, Obma shu 
kungacha bunday jiddiy raqibga duch kelmagan edi. 
“Ikki marta meni dogʻda qoldirgani yetar. Bu safar uni tiz 
choʻktirmasam, qoʻshinim mendan yuz oʻgirishi aniq”, ‒ 
deb oʻyladi Obma. U oʻzining qirq millionlik qaroqchi-
qoʻshini, bir millionta kemasi va oltmish millionta vahshiy 
robot-droidlari bilan jangga otlandi.
Koinot muzeyining ham ixcham qoʻshini bor boʻlib, 
bu qoʻshin ixtiyorida besh millionta askar, uch yuz mingta 
kema va ikki millionta robot-droid bor edi.
Ikki oydan soʻng Miks qoʻshini Koinot muzeyiga yetib 
keldi. Qoʻmondon Dordon va muzey direktori oʻzaro ittifoq 
tuzib, jang rejasini kelishib olishdi. Oradan bir oy oʻtib 
josuslar qaroqchi gikslarning ham yaqinlashib qolganligi 
haqida xabar berdilar.
Hademay Somon yoʻli galaktikasida misli koʻrilmagan 


129
katta jang boshlanishi tayin edi. Bunday katta koʻlamdagi 
jang hali galaktika tarixida boʻlmagandi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling