Dullo quronov galaktikada bir


TOʻRTINCHI BOʻLAKNI QIDIRIB


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/41
Sana19.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1367457
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
Galaktikada bir kun PDF Lotin

TOʻRTINCHI BOʻLAKNI QIDIRIB
Jangdan keyin muzey direktori qahramonlarimizga 
Duraduning qanoti evaziga vaʼda qilingan xarita boʻlagini 
topshirdi. Ahmad shu zahoti uchta xaritani birlashtirib 
koʻrdi. Qora rangli mato boʻlaklari bir-biriga shunchalar 
mos keldiki, xato ulanganda choklari sezilmadi. Ammo 
dumaloq matoning oʻrtasida tangadek keladigan joy ochiq 


135
qolgandi. Bu joy xaritaning toʻrtinchi boʻlagiga tegishli edi.
Shu kuni qahramonlarimiz oʻzlari uchun ikki kunlik 
taʼtil eʼlon qilishdi. Ular bu ikki kun davomida Koinot 
muzeyidagi turli ajoyibotlarni koʻrishdi, koʻngilochar 
bogʻlarda miriqib hordiq chiqarishdi. Taʼtildan soʻng ular 
qoʻmondon Dordon va muzey direktori bilan uchrashishdi.
– Mana, sizning qoʻlingizda koinot xaritasining uchta 
qismi yigʻildi, – salmoq bilan gap boshladi Dordon. – Aslida, 
men koinot himoyachisi sifatida bunga yoʻl qoʻymasligim 
kerak. Zero, ajdodlarimiz bu xarita boʻlaklarining yana 
yigʻilishini sira istashmagan. Bordi-yu xarita yovuz 
kuchlarning qoʻliga tushib qolsa bormi, hammasi tamom!
Bu gaplardan Margol va Ahmadning rangi oqara 
boshladi. Nahotki, bu ikki rahbar bir boʻlib ulardan shuncha 
mashaqqat bilan erishilgan xaritani tortib olishsa? Yoʻq, 
bunga aslo koʻnib boʻlmaydi.
– Biz qoʻmondon Dordon bilan kelishib, – endi direktor 
soʻzga kirdi, – sizlarni yolgʻiz qoʻymaslikka qaror qildik.
Qahramonlarimiz endi yengil nafas ola boshladilar. 
Xayriyatki, ularning maqsadi boshqa ekan.
– Ha, bundan keyin men oʻzimning shaxsiy kemam 
va xos askarlarim bilan sizlarga hamrohlik qilaman. N
2

ni topib, Salmirni halokatdan qutqarguningizcha mening 
nazoratimda boʻlasiz. Safar soʻngida esa xaritani oʻzimga 
qaytarib berasiz.
– Juda yaxshi, biz qarshi emasmiz, toʻgʻrimi, Ahmad? – 
Margol Ahmadga yuzlandi.
– Albatta, qoʻmondonning kemasi “Koʻkkezar”ga 
shatakka olinsa bas.
– Unday boʻlsa, qiladigan ishlarimizni kelishib olsak, – 
dedi Dordon Ahmadga savolomuz boqib.
Lekin hozirgi vaqtda na Ahmadda va na Margolda biror 
reja bor edi. Chunki xaritaning toʻrtinchi boʻlagi dom-


136
daraksiz yoʻqolgan. Million yillar oldin meriyalik olimlar 
uni juda maxfiy tarzda yashirib qoʻyishgan. Hozirga 
kelib qadimgi meriya xalqi yoʻq boʻlib ketgan. Ularning 
yashirin faoliyatidan xabardor biror jonning borligi esa 
katta shubha ostida edi. Shuning uchun qahramonlarimiz 
toʻrtinchi boʻlakni topish oson boʻlmasligini, ularni hali 
oldinda juda ogʻir sinovlar kutayotganini yaxshi his qilib 
turishgan edi.
Kutilganidek, toʻrtinchi boʻlakni qidirish jarayoni qiyin 
kechdi. Mana, bir necha oy oʻtsa hamki, xaritadan biror 
darak yoʻq. Bu vaqt oraligʻida fazogirlarning galaktikada 
bormagan joyi deyarli qolmadi. Tarixchilar, yozuvchilar, 
etnologlardan
1
soʻrab-surishtirishdi, ammo birorta kimsadan 
joʻyali maʼlumot chiqmadi.
Shunda Ahmad va Margol koinot oʻtmishini 
boshqalardan yaxshiroq biladigan galaktikadagi eng 
kuchli tarixchini topib u bilan suhbatlashishga qaror 
qilishdi. Endi ular koʻproq oʻsha tarixchini qidirishga 
vaqt sarflay boshladilar. Yaxshi tarixchilarni esa 
galaktikaning eng qadimiy yulduzlari yaqinidan topish 
mumkin edi. Sababi, bunday yulduzlar tizimidagi 
sayyoralarda galaktikaning eng qadimiy xalqlari yashar, 
bu xalqlar koinotda sodir boʻlgan barcha voqealardan 
xabardor boʻlib turar edilar.
‒ Xoʻsh, oʻsha qadimiy yulduzni qayerdan topamiz? – 
soʻradi bir kuni qidiruv ishlaridan charchagan Dordon.
– Bunday yulduzlar galaktikamizda koʻp boʻlsa kerak, 
– javob berdi Ahmad. – Masalan, 2014-yilda yerlik olimlar 
galaktikadagi eng qari yulduzning birini aniqlashgan. 
1
Etnolog ‒ jahon xalqlarining kelib chiqish tarixi
madaniyatini oʻrganuvchi mutaxassis.


137
Bu yulduzning yoshi 13,5 milliard yilga teng, “Katta 
portlash”dan koʻp oʻtmay paydo boʻlgan. Yulduz Yer 
sayyorasidan 6000 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. 
Yulduzlar qarigani sari kichrayib, soviy boshlaydi va oʻzidan 
juda kam yorugʻlik nuri chiqaradi. Keksa yulduzlarni shu 
jihatiga qarab ham aniqlab olish mumkin.
‒ Yoʻ-oʻq, – eʼtiroz bildirdi Margol. – Bizga undan ham 
qari yulduz kerak. Aytishlaricha, bunday keksa yulduzlarni 
faqat galaktikamizdagi ikkinchi Qora tuynuk yaqinidan 
topish mumkin ekan...
***

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling