Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
UYGA QAYTISH
Uy Ahmad uchun juda-juda olisda. U qancha vaqt galaktikada adashib yurdi, qancha vaqtni uyquda oʻtkazib yubordi – buning aniq hisobini hech kim bilmaydi... Har qalay, bu Yer hisobi boʻyicha bir necha yuz yillarga teng muddat ekani aniq!.. Ahmad va Moki safar oldidan xaritani yana bir bor yoqib, Yerga olib boruvchi yoʻlni oʻrganib chiqishgandi. Shundan soʻng Moki bu yoʻlni oʻz xotirasiga muhrlab olgan. Hozir u xotirasidagi Yer koordinatalarini kema kompyuteriga yukladi. Margol esa bu paytda vaqt tuynugini ochib beruvchi uskunalarni ishga tushirdi. Bu uskunalar atom zarrasidan ham kichik boʻlgan oʻta mayda tuynuklarni kattalashtirib, oʻtgan zamonga qaytish imkonini beradi. Rejaga koʻra “Koʻkkezar” Quyosh tizimiga kirib kelganida Margol shu uskunalarni yoqib Ahmadni vaqt tuynugidan oʻtkazib yuborishi kerak. Kema gravitatsiya toʻlqiniga kirib olganida Margol jajji doʻstiga yuzlanib dedi: – Qadrdonim, tez orada sen uyingda boʻlasan. Ammo biz hozir xayrlashib olishimiz kerak. Chunki vaqt tuynugiga yaqinlashib qolganda bunga imkon boʻlmaydi. – Ha, toʻgʻri! Margol, siz bilan tanishib, galaktika boʻylab xatarli sayohatga chiqqanimdan afsusda emasman. Aksincha, salmirliklarni muqarrar halokatdan qutqarishga hissa qoʻshganimdan baxtiyorman! Yana siz, Moki, Dordon, Koʻrsichqon kabi doʻstlar orttirganim uchun ham xursandman. – Men ham hammasi uchun sen va yerliklardan minnatdorman! Endi boshqa koʻrisha olmasak-da, biz, salmirliklar, seni hech qachon unutmaymiz. – Men ham seni sogʻinaman – dedi Moki ham temir qoʻllarini Ahmadning yuziga choʻzib... 162 Ular shu alpozda yana biroz suhbat qurishdi. Margol “Koʻkkezar”ni avaylab-asrashini, Mokini esa oʻzi bilan Salmirga olib ketishini aytdi. Bu vaqtda uyqu eliksirini ichgan Ahmadning koʻz oldi xiralashib, asta-sekin uyquga keta boshlagandi... * * * – Ahmad, tura qol, oʻgʻlim. Oyisining ovozini eshitgan Ahmad sapchib oʻrnidan turdi. – Oyi, oyijon, nahotki, bu sizsiz?! – oyisining boʻyniga osilib mahkam quchoqlab oldi Ahmad. – Senga nima boʻldi, oʻgʻlim, yomon tush koʻrdingmi deyman. “Tush” soʻzini eshitgan Ahmad bir muddat oʻylanib qoldi. “Eh, yaxshiyam, tushim ekan! Voy-boʻoʻ, tushimda qayerlarga borib kelmadim-a”. Yuzida tabassum bilan hammasini eslay boshladi u. – Shu xayolparastliging tushlaringda ham davom etadi- ya, oʻgʻlim, – kulib oʻgʻlining yuzidan oʻpib qoʻydi oyisi. – Aytgancha, oʻgʻlim, bugun qanday kun ekani esingdami? Ahmad shu zahoti devorga osilgan taqvimga qaradi. Taqvim 2036-yilning 25-iyun sanasini koʻrsatardi. – “Ixtirochilar tanlovi” boʻladigan kun emasmi? – soʻradi Ahmad oʻziga ishonmay. – Bu nima deganing, albatta, oʻsha kun. Tez yuz- qoʻlingni yuvib, oshxonaga chiq, dadang ham kutyaptilar. Nonushtadan soʻng shaharga ketamiz. Oyisi shunday deb xonani tark etdi. Ahmad esa yana biroz boshini qashigancha oʻylanib oʻtirdi. Soʻng: «Eh, tush boʻlsa tushdir-da», ‒ deb karavotidan tushdi. Shu payt choʻntagida qandaydir ogʻir narsa borligini payqadi. Qoʻllarini choʻntagiga solib oʻsha ogʻir narsalarni chiqardi. 163 Bu oʻsha Olmos sayyorasida choʻntagiga solib qoʻygan ikkita yongʻoqdek keladigan Moviy toshlar edi. “Demak, bu tush emas! Margol meni u bilan ilk tanishgan kunimizga qaytarib olib kelgan, xolos”, ‒ oʻyladi Ahmad. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling