Dullo quronov galaktikada bir
FAZO KEMASINING QURILISHI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
FAZO KEMASINING QURILISHI
Fazoviy kemani yasash uchun, avvalo, odamlar koʻzidan pana joy topish kerak. Ahmadlarning uyi qishloq joyda boʻlgani uchun bu unchalik qiyinchilik tugʻdirmadi. Qahramonlarimizga yozgi taʼtilni oʻtkazish uchun togʻga koʻchib ketishgan Abdukarim amakining tomorqasi judayam mos edi. Abdukarim amaki ketar vaqtida Ahmaddan bu uyga koʻz-quloq boʻlib turishni, hovlidagi gullar va daraxtlarni sugʻorib turishni iltimos qilgan edi. – Bu uy birovning omonati, – dedi Ahmad sal ikkilanib. – Qoʻrqma, uni judayam ozoda saqlashga vaʼda beraman, – ishonch bilan gapirdi Margol. Margol shu kuni oʻzi uchib kelgan zaxira kapsulasini olib kelish uchun yoʻlga chiqdi. Aytishicha, kapsula Qizilqum choʻliga tushgan ekan. Bu zahira kapsulasi Salmirdan uchirilgan yulduzlararo kemaga tegishli edi. Kapsula kemada favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganida ekipajning jon saqlab qolishi uchun moʻljallangan. Koʻrinishidan tuxumsimon qurilma fazogirni yaqin sayyoraga olib borib qoʻyishi mumkin edi. Gikslar salmirliklar kemasiga hujum qilganida ekipaj maxfiy hujjatlarni va qurilmalarni ana shu kapsulaga joyladi. Margol eng aqlli va abjir fazogir boʻlgani uchun kema kapitani masʼuliyatli vazifani unga ishonib topshirib dedi: “Zudlik bilan zaxira kapsulaga minib qochib qol! Ammo yodingda boʻlsin, endi salmirliklarning bor umidi faqat sendan”. Margol Qizilqum choʻliga ketganicha uch kun qorasini koʻrsatmadi. Axiyri, toʻrtinchi kun deganda ulkan “tuxum”ni yelkasiga ortib olgan kichkinagina Margol Abdukarim amakining hovlisiga kirib keldi. – Nima, shu katta “tuxum”ni yelkangizda koʻtarib kelyapsizmi? – hayron boʻlib soʻradi Ahmad. 24 – Iloj qancha? – xotirjam gap boshladi Margol. – Kapsulaning yoqilgʻisi qolmagan. Qurilma uchishga emas, qoʻnishga moʻljallangan, xolos. Yaxshiyam, unda koʻzga koʻrinmaslik xususiyati bor. Yoʻqsa, odamlar: “Bu nima?” – deyaverib holi jonimga qoʻymasdi. – Kuchingiz ham koʻp ekan-da? – Ha, biz salmirliklar 5-6 tonnagacha yukni bemalol koʻtarishimiz mumkin, – maqtandi Margol. Ahmad kapsulani obdan koʻrib, oʻrganib chiqdi. Bu kapsuladagi har bir uskuna mukammal edi. “Haqiqatan ham oʻzga sayyoraliklar taraqqiyotda bizdan ancha ilgarilab ketgan ekan. Bunaqa qurilma yerlik muhandislarning tushiga ham kirmagan boʻlsa kerak”, – oʻyladi Ahmad. Soʻng Margolga qarab dedi: – Qoyil!.. Xoʻsh, endi ishni nimadan boshlaymiz? Ammo Margol hadeganda ishga kirishishga shoshilmas, negadir juda xomush edi. Uning koʻzlariga qarab qandaydir muhim gapni ayta olmay turganini sezish qiyin emasdi. Biroz sukunatdan soʻng Margol gap boshladi: – Ahmad, muammo bor, buni senga aytmasam boʻlmaydi. – Tortinmay aytavering! – dedi Ahmad. – Texnik nosozliklar tufayli kapsula Yerga qoʻnmay, balki qulab tushgan edi. Oʻshanda judayam kerakli boʻlgan uskunalardan biri sinib, ishdan chiqqan ekan. – Qanaqa uskuna edi? – Bilasanmi, bizning Quyosh tizimiga uyushtirgan ekspeditsiyamizdan maqsad juda noyob boʻlgan N 2 G kristallni qidirib topish edi. N 2 G sizlar olmos deb ataydigan kristallga oʻxshab ketadi. Biz uni sayyoramiz yadrosiga tashlashimiz kerak. Olimlarning aytishicha, N 2 G yadrodagi moddalar bilan reaksiyaga kirishib, uni jonlantirib yuborish xususiyatiga ega. Shuning uchun uni izlab topishimiz zarur. Margol bir muddat osmonga qarab jim boʻlib qoldi. 25 Soʻng yana oʻsha gʻamgin ohangda gapira boshladi: – Ishdan chiqqan qurilma esa yerni burgʻilab, 50 ming metrgacha chuqur qazib berishga moʻljallangan. Usiz N 2 Gni topib boʻlmaydi. – Uni tuzatsa boʻlmaydimi? – soʻradi Ahmad. – Afsuski, uni faqat Salmir sayyorasida tuzatish mumkin. Ammo avtomatlashgan qurilmani qoʻlda boshqaradigan qilib sozlab qoʻysa boʻladi. – Mana, yechimi bor ekan-ku, – xursand boʻlib ketdi Ahmad. – Ha, lekin unda qurilmani ishlatish uchun kamida ikkita odam kerak boʻladi. Ahmad Margoldagi tushkun kayfiyatning sababini endi anglab yetgan edi. Demak, Margol oʻziga topshirilgan vazifani yolgʻiz amalga oshira olmaydi... Yoʻq, buni ota- onasi bilib qolsa bormi!.. Margol Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarga borishini aytgandi. Yerni hisobga olmaganda, yana 7 ta sayyora mavjud. Har biriga bir kundan vaqt sarflasa ham naq 7 kun ketadi. Yoʻq, u buncha uzoq vaqtga keta olmaydi. Ustiga- ustak, bu judayam xatarli sayohat. Ahmad ana shularni xayolidan oʻtkazib, undan javob kutib turgan Margolga qaradi. – Margol, afsuski, men sizga hamroh boʻlolmayman, – dedi boshini egib. – Tushunaman, sen oʻz hayotingni xatarga qoʻyishga majbur emassan! – Ayniqsa, ota-onamni xavotirga qoʻyib ketolmayman. – Agar ota-onangni oʻylayotgan boʻlsang, bu muammoning yechimi bor, – Margolning koʻzlarida umid uchqunlari porladi. – Qanday? – qiziqdi Ahmad. – Eh, hamma narsaga yetgan aqling shunga kelganda 26 oqsabdi-da! Kim edi-ya, ha, topdim, Albert Eynshteyn degan olimlaring vaqt nisbiy hodisa ekanini isbotlagan edi- ku. Salmirliklar zamondan zamonga koʻchib oʻtishning sirini allaqachon topishgan. Bizning kema koinotdagi gravitatsiya toʻlqinlarida uchib yurishini hisobga olsak, fazoda sayohatda boʻlib qaytganingni ota-onang hatto sezmaydi ham. Hammasi tugagach, vaqt tuynugidan oʻtib, hozirgi shu kunlarga qaytib kelishing mumkin. Ishon, galaktikada bir kundan koʻp sayohat qilmaysan. Ahmad bir muddat oʻylanib qoldi. Qoʻl harakatlariga qaraganda, u xayolan nimanidir hisoblab chiqayotgan edi. *** Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling