Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
RAKETA YOQILGʻISI
Ertasi kuni Margol yana safarga otlandi. U bu gal raketa yoqilgʻisi uchun kerak boʻladigan noyob kimyoviy moddalarni topib kelish uchun Qozogʻistondagi Boyqoʻngʻir 1 kosmodromiga ketayotgan edi. Bir necha kun oʻtib Margol katta plastik qoplarda zarur kimyoviy moddalarni olib qaytdi. – Ahmad, bu kimyoviy moddalar juda xavfli. Shu sababli yoqilgʻi tayyorlash jarayonida sen ishtirok etmaysan. Hozir men maxsus chodir quraman. Bu mening kichik laboratoriyam boʻladi. Shunday qilmasam, nafaqat sen, balki butun qishloq aholisi zaharlanishi mumkin. – Aytmasangiz ham buni yaxshi bilaman. Yaxshisi, shu chodirni Mirzachoʻlga qursangiz boʻlar edi, – eʼtiroz bildirdi Ahmad. 1 Baykanur nomi bilan mashhur. 36 – Sen xavotir olma. Bu laboratoriya salmirliklar uslubida quriladi. Hech kimga zarar yetmaydi. Hatto ish jarayonini kuzatib turishing, men bilan gaplashishing ham mumkin. Margol shunday deb kapsula ichidan qoʻl telefoniday keladigan uskunani koʻtarib chiqdi. U uskunani hovlining oʻrtasiga qoʻyib undagi bir tugmachani bosdi. Bir lahzada moviy rangdagi nur hamma joyni qoplab oldi. Hovlida kamalakka oʻxshash yarim doira shaklidagi “chodir” barpo boʻlgandi. Faqat bu “chodir” devorlari matodan emas, balki lazer nuridan edi. Soʻng Margol oʻzi bilan olib kelgan kimyoviy moddalarni ichkariga olib kirdi. Tashqaridagi Ahmad esa uni koʻrib, eshitib turardi. – Agar bilsang, bu devorlarni hatto zambarakning oʻqi ham yorib oʻta olmaydi. Laboratoriya ichi tashqi olamdan butunlay muhofazalangan, – dedi Margol butun tanasini yopib oladigan maxsus libosni kiyarkan. Ahmad ishonch hosil qilish uchun “chodir”ning devoriga koʻrsatkich barmogʻini tekkizib koʻrdi. Haqiqatda, bu poʻlatdan ham qattiq, qandaydir oʻzgacha narsa edi. Ichkaridagi Margol esa allaqachon ishga kirishib ketgandi. U yoqilgʻi tayyorlarkan, laboratoriya tashqarisidagi Ahmad bilan bemalol suhbatlashardi. – Margol, raketa Yerning tortish kuchini yengib, ochiq fazoga uchib ketishi uchun soniyasiga kamida 11,2 km tezlikda uchishi kerak. Shuni hisobga oling. – Sizlarning Yeringiz juda kichkina ekan. Salmirdan uch marta kichkina! Shuning uchun odatdagidan kuchsizroq yonilgʻi tayyorlasam ham boʻlar ekan, – deb javob berdi Margol. Koinotdagi jismlarning tortishish kuchi, yaʼni gravitatsiyasi koʻproq ularning massasi bilan bogʻliq. Masalan, Oy Yerdan ancha kichkina. Shu sababli uning tortishish kuchi Yernikidan 6-marta kamroq. Bu agar siz 37 Yerda 1 metr balandlikka sakray olsangiz, Oyda naq 6 metrga sakraysiz degani. Chunki Yerda 40 kg vaznli bola Oyga chiqqanida 7 kg boʻlib qoladi. Xullas, fazoviy kema yaratayotganda shularni hisobga olish shart. – Ahmad, nima deb oʻylaysan, yonilgʻi suyuq boʻlgani yaxshimi yoki qattiq – kukunsimon boʻlganimi? – savol berdi Margol. – Menimcha, kukunsimon boʻlgani yaxshi. Hozir bizdagi raketalarda shunaqasi ishlatilyapti. *** Fazo kemasining osmonga koʻtarilishi uchun juda koʻp energiya sarf qilinadi. Axir, ogʻirligi 500 tonna keladigan poʻlat qushni osmonga koʻtarish oson ish emas. Buning uchun raketa dvigateli bir soniyada 2-3 tonnagacha yonilgʻini ishlatishi mumkin. Oʻzingiz taqqoslab koʻring, masalan, avtomobilning quvvati oʻrtacha 100 ot kuchiga ega boʻlsa, zamonaviy raketa dvigateli 200 000 000 ot kuchiga ega. Bunday raketaning fazoga koʻtarilishi uchun sarflangan energiya butun Oʻzbekistonni bir kun davomida elektr bilan taʼminlashga yetadi. Raketa yonilgʻisi asosan ikki turli boʻladi. Birinchisi benzin kabi suyuq boʻlsa, ikkinchisi porox kabi kukunsimon boʻladi. Odatda, muhandislar raketaning hajmi va vazniga qarab kerakli yonilgʻini tanlaydilar. Fazoga uchirilgan dastlabki raketalarning yonilgʻisi ancha oddiy boʻlgan. Bu raketalar kerosin va kislorodning aralashib yonishi oqibatida osmonga koʻtarilgan. Hozirgi yonilgʻilar esa juda murakkab kimyoviy tarkibga ega. Olimlar kam joy egallab uzoqroq yonadigan va quvvati kuchliroq yonilgʻilarni ixtiro qilishmoqda. 38 – Men tayyorlayotgan yonilgʻini hali sizlar bilmaysizlar – gap boshladi Margol. – Mazkur yadroviy yonilgʻi kemani yorugʻlik tezligida uchirishi mumkin. – Qoyil, lekin mening kemam shundoq ham yorugʻlik tezligini ortda qoldiradi, shunday emasmi? – kuldi Ahmad. Bir soat oʻtar-oʻtmas yonilgʻi ham tayyor boʻldi. Shundan soʻng kapsulaning ichidan ortiqcha buyumlar olib tashlandi. Faqatgina skafandr, aynimaydigan yeguliklar, suv va kislorod balonlari kabi muhim narsalar qoldirildi. Chunki bir kishiga moʻljallangan oʻrindiqni ikkita qilish kerak edi-da. Darz ketgan burgʻilovchi qurilma ham rejadagiday sozlandi. Ahmad kemaga “Koʻkkezar” deb nom berib, uni kemaning sirtiga maxsus boʻyoq bilan yozib qoʻydi. Bu nom Margolga ham juda maʼqul boʻldi. Nihoyat, toʻrt kun deganda Yer va Salmir sayyorasi muhandislari hamkorligidagi fazo kemasi qurib bitkazildi. – Menimcha, kemamiz uchishga tayyor! – dedi Margol botayotgan quyoshni kuzatarkan. – Toʻgʻrisini aytsam, judayam hayajonlanib ketyapman. Nahotki, men ertaga huv anavi yulduzlar yaqinida uchib yuraman?! – dedi Ahmad qoʻli bilan yulduzlarga ishora qilib. – Ha, shunday... Ahmad, sening hayajoning tabiiy. Axir, sen bunday uzoq sayohatga chiqqan birinchi yerlik boʻlasan! Ular yana bir zum osmonga tikilib suhbat qurishdi. Shundan soʻng Margol Ahmadning yelkasiga qoʻlini qoʻyib: – Sen ertaga tunda uchishga tayyor boʻlishing kerak, hozir esa uyga qaytib yaxshilab dam ol. Xavf-xatar haqida koʻpam oʻylayverma, – dedi. Ahmad uyga qaytib ketdi. Yolgʻiz qolgan Margol osmondagi yulduzlarni kuzata turib, ular orasidan jonajon 39 yulduzi Siriusni izlab topdi. U xayolan oʻz vatani, oilasi davrasiga sayohat qildi. Zero, Margolning vatani boʻlmish Salmir sayyorasi shu Sirius yulduzi yaqinida joylashgan. Hoynahoy, ota-onasi, xotini va bolalari uni juda sogʻinishgandir. Hozir ular toza havo va ichimlik suvi yetishmasligidan juda qiynalishmoqda. Margol shularni oʻylab koʻrsatkich barmogʻini yulduzga choʻzarkan: “Yana ozroq chidanglar... Juda ham oz qoldi...” – deya pichirladi. Soʻng koʻzlari yoshga toʻlib, chuqur xoʻrsinib qoʻydi. “Yoʻq, yoʻq, mening bunday tushkunlikka tushishga haqqim yoʻq”, – deya yana pichirladi Margol shosha- pisha koʻz yoshlarini artarkan. U oʻziga yuklatilgan vazifani bajarishi uchun kuchli boʻlishi kerakligini his qildi. Ustiga-ustak, yerlik doʻstini ham xatarli safarga olib ketyapti, bolani eson-omon uyiga qaytarishi shart. Bu esa Margolning masʼuliyatini yanada oshirardi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling