Dullo quronov galaktikada bir
“KOʻKKEZAR”NING ILK PARVOZI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
“KOʻKKEZAR”NING ILK PARVOZI
2036-yil 10-iyul, soat 20:55. Margol va Ahmad kemaga chiqib oʻrindiqlarga oʻtirishdi. – Himoya kamarlarini taqib, chuqur-chuqur nafas ol. Atmosferadan chiqib ketgunimizcha kema kuchli chayqalib turadi, – dedi Margol turli-tuman tugmalarni bosib kema dvigatelini ishga tushirarkan. – “Start”ga 10 soniya qoldi... – Ahmad, xaritada Venerani belgilab qoʻy, – dedi Margol kompyuterni koʻrsatib. Ahmad maxsus xaritadan Venera sayyorasini topib belgilab qoʻydi. Endi kema toʻgʻri shu sayyoraga qarab uchadi. Shundan soʻng Ahmad kompyuterdan koʻzini uzmay dedi: – Teskari sanashni boshlayman: 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1... “Start!”... Dvigatel oʻt olganida butun atrof yorishib ketdi. 43 Yaxshiyamki, kema dvigateli baland ovoz chiqarmay ishlaydi. Yoʻqsa, butun qishloq aholisi oyoqqa turishi mumkin edi. Zum oʻtmay kema yashin tezligida osmonga uchib ketdi. Yer sathidan 118 km balandlikda fazo boshlanadi. Yaʼni bunday balandlikda Yerning tortish kuchi deyarli yoʻqoladi. Ammo Ahmadning rejasiga koʻra “Koʻkkezar” dastlab bu balandlikka koʻtarilmaydi. Kema 80 km balandlikka chiqqanidan soʻng ochiq fazoga qarab uchishni toʻxtatib, yoʻnalishini oʻzgartiradi. Endi kema Yer atrofida katta tezlik bilan aylanishni boshlaydi. Bu sunʼiy yoʻldoshlarning Yer orbitasi boʻylab aylanib yurishiga oʻxshab ketadi. Farqi shundaki, “Koʻkkezar” sunʼiy yoʻldoshlardan 10-marta tezroq aylanadi. Shu tarzda “Koʻkkezar” Yerning tortish kuchidan qoʻshimcha tezlanish oladi va juda katta tezlik bilan gravitatsiya toʻlqiniga kirib ketadi. Bu xuddi palaxmon toshini boshdan yuqoriga koʻtarib aylantirib-aylantirib otib yuborishga oʻxshaydi. Palaxmon qancha tez aylantirilsa, tosh shuncha uzoqqa borgani kabi, kema ham Yer atrofida qancha tez aylansa, shuncha uzoqqa uchib boradi. 1977-yilda fazoga uchirilgan va hozirda Quyosh tizimi chegaralaridan chiqib ulgurgan “Voyager-1” qurilmasi kichkinagina dvigateli bilan boʻlsa ham gravitatsiya kuchi evaziga harakatlanadi. “Voyager-1” inson qoʻli bilan yaratilgan eng tezkor uchar qurilma hisoblanadi. Uni 1977-yilda amerikalik olimlar koinotga uchirishgan. Hozirda “Voyager-1” Yerdan soniyasiga 17 km tezlik bilan uzoqlashmoqda. Olimlarning aytishicha, ushbu qurilma hozirda Quyosh tizimidan chiqib, yulduzlararo kengliklarda harakatlanmoqda. Shu ketishda u 300 ming yildan keyin Quyoshdan keyingi eng yaqin yulduzlarning biriga yetib boradi. “Voyager-1”da maxsus oltin disk boʻlib, unga Yerdagi 44 hayot aks etgan fotosuratlar, turli qoʻshiqlar, okean va shamollarning, hayvonlarning tovushlari, hattoki chaqaloq yigʻisi ham yozib qoʻyilgan. Ushbu oltin diskda oʻsha vaqtdagi AQSH prezidenti Jimmi Karterning oʻzga sayyoraliklarga atalgan nutqi ham bor. Bu nutqda shunday deyilgan: “Agar siz «Voyager”ni topib, diskda yozilgan narsalarni tushuna olsangiz, bilingizki, bu bizning maktubimiz! Yer sayyorasining sovgʻasi! Unda bizning tovushlarimiz, ilm- fanimiz, suratlarimiz, fikr va tuygʻularimiz aks etgan. Umid qilamizki, bir kun kelib qarshimizdagi muammolar oʻz yechimini topadi va biz koinotdagi boshqa olamlar bilan aloqa oʻrnata olamiz». “Voyager”ning dvigateli juda kichkina. Bu dvigatel shunchaki uchar qurilmaning yoʻnalishini toʻgʻrilab turadi, xolos. Qurilmaning oʻzi esa koinotdagi tortishish Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling