Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
QAROQCHINING TUTQUNLARI
General Obmaning qaroqchiligi faqatgina boylik yigʻishdan iborat emasdi. U koinotdagi olim va muhandislarning gʻoyalarini, ixtiro-yu kashfiyotlarini ham oʻgʻirlar, bulardan oʻzining yovuz maqsadlari yoʻlida foydalanar edi. Chunki Obma qanday boʻlmasin qoʻshinini judayam kuchli qurollar bilan taʼminlashni hamda butun Somon yoʻli galaktikasini qoʻlga olishni orzu qilardi. Mashhur Salmir sayyorasining fazogirlari qoʻlga olinganida Obmaning xursandchiligi ichiga sigʻmay ketgani sababi ham shundan. Mana, bir necha kundirki, general Obmaning askarlari salmirlik fazogirlarni soʻroq qilishmoqda. Ammo har qancha qiynoqqa solishmasin, ular Quyosh tizimi ekspeditsiyasining 49 maqsadini oshkor qilishmadi. Sabr kosasi toʻlgan general shu kunlari juda dargʻazab edi. Chunki u salmirliklarning judayam muhim topshiriq bilan yoʻlga chiqqanini fahmlar, ammo bu qanday topshiriq ekanini bilolmay jigʻibiyron boʻlardi. “Juda muhim ish bilan kelishgan... Aks holda, Sirius yulduzidan Quyoshgacha 8 yorugʻlik yilidan ortiq masofani bosib kelishmasdi, – deya oʻylay boshladi u. – Balki, ular Yashil sayyoraga kelmoqchi boʻlishgandir? Lekin Yerda ularga nima kerak boʻlib qoldi ekan?” Obma ana shunday xayollar bilan hashamatli xonasi markazidagi taxtida oʻtirarkan, Rago ismli eng ishongan sarkardasi kirib keldi. – Qoʻmondon, gapirishga ruxsat ber. – Gapir! – Odamlarimiz yulduzlararo kemadagi zahira kapsulalarning biri kema qoʻlga olinguniga qadar uchib ketganini aniqlashdi. – Xoʻsh-xoʻsh! – general Obma bu yangilikni eshitib oʻrnidan turib ketdi. – Kemada hech qanday hujjatlar va abadiy energiya generatorining yoʻqligini hisobga olsak, demak, biz izlayotgan asosiy narsalar shu kapsula bilan gʻoyib boʻlgan. – Bu gapingda jon borga oʻxshaydi, Rago! Unda kapsulani darhol izlab topish kerak. – Men josuslarimizni Quyosh tizimiga yubordim. Kemani Neptun yaqinida qoʻlga olganmiz, kapsula ham uzoqqa uchib ketolmaydi. Mars yoki Yupiter yoʻldoshlarining biriga qoʻngan boʻlsa kerak. – Yoki uni Yerga uchirishgan, toʻgʻrimi? – Ha, balki, shundaydir, – tasdiqladi Rago. Obma bir muddat oʻylanib qoldi, soʻng Ragoga yuzlanib: – Josuslarni Yerga ham joʻnat. Bu ish bilan shaxsan oʻzing shugʻullan, – dedi. 50 – Xoʻp, aytganingday qilaman, – Rago boshini egib xonani tark etdi. Tez orada Obma huzuriga salmirliklar kapitani Gedar Vuni olib kirishdi. Obma bu jasur kapitanni shaxsan oʻzi soʻroqqa tutib, ularning maqsadini bilib olishga qaror qilgandi. Gedar Vu bir necha kunga choʻzilgan qiynoqlardan soʻng tinkasi qurigan, oyoqda bazoʻr turardi. Ammo uning koʻzlarida qatʼiyat, mardlik hamon aks etardi. Uning bu oʻtkir nigohlarini koʻrgan Obma kapitan bilan boʻladigan suhbat besamar boʻlishini oldindan sezdi. Lekin buni Gedar Vuga sezdirgisi kelmadi. – Xoʻsh, mashhur Salmir sayyorasining fazogirlari biz taraflarda nima qilib yuribdi? – mahbusni mensimay savol berdi Obma. – Bu joylar qachondan boshlab qaroqchilarning hududi boʻlib qoldi? Axir, sizlar Protsion yulduz tizimidagi Giks sayyorasidan emasmisiz?! Bunday hozirjavoblikni kutmagan Obma Gedar Vuga nafrat bilan tikildi. Kapitan esa xotirjam gapida davom etdi: – E, ha, Giks sayyorasi allaqachon yoʻq boʻlib ketgan edi-ku. Demak, sizlar shunchaki bevatanlar toʻdasi ekansiz- da! – Bas qil! – suhbatning bunaqa tus olishini kutmagan Obma chidab turolmadi: u Gedar Vuning yuziga qattiq musht tushirdi. Gikslar tabiatan juda baquvvat boʻladilar. Ustiga-ustak, ularning tanasi salmirliklarga qaraganda 5-marta kattaroq. Hozir ham Obmaning zarbasidan soʻng Gedar Vu sal qolsa nobud boʻlayozdi. Shunday boʻlsa-da, u ingragan ovoz bilan dedi: – Mayli, istaganingni qil. Bizlarni qiynoqqa sol. Ammo bilib qoʻy, baribir, maqsadingga yetolmaysan! – Gedar Vu shunday deb hushini yoʻqotdi. 51 Obma bu jasur salmirliklarni soʻroq qilish befoyda ekaniga endi iqror boʻlgandi. U salmirliklarni zindonband etishga buyruq berarkan: “Hozircha menga qoʻlga kiritgan yulduzlararo uchar kema ham kifoya qilib turadi. Qolgan gaplarni Quyosh tizimiga uchgan kapsuladagi fazogir orqali aniqlab olaman”, – deb oʻyladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling