Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
Moki aytayotgan “Katta Magellan buluti” bizning
“Somon yoʻli” galaktikamizga yoʻldosh hisoblanadi. Yaʼni u ham kichikroq galaktika, faqat “Somon yoʻli”ga ergashib yuradi. “Katta Magellan buluti” galaktikamizdan 163 ming yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan. Demak, yorugʻlik tezligida uchilsa, 163 ming yilda unga yetib borish mumkin. Bu galaktikada yulduzlar “tugʻiladi”. Aniqrogʻi, bulutga oʻxshash samoviy changlar yigʻilib, yangi yulduzlarni hosil qiladi. Olimlarning taxminicha, bu jajji galaktikada 30 milliardga yaqin yulduz mavjud. Bulutlikda Oltin baliq 59 nomi bilan mashhur boʻlgan yulduz turkumi boʻlib, u jami 32 ta yulduzdan tashkil topgan. Bu turkumni Yerdan turib oddiy koʻz bilan ham koʻrish mumkin. Gamma Oltin baliq yulduzi esa galaktikadagi eng yorqin yulduzlardan biri hisoblanadi. U bizning Quyoshimizdan 500 ming marta yorqinroq! – Ana xolos! – Margolning kayfiyati tushib ketdi. – “Koʻkkezar” bilan bu masofani uch oyda bosib oʻtish mumkin. Faqat xarita topib, yoʻnalishni toʻgʻri belgilab olish kerak. Lekin men u yoqlarga bora olmayman. Tezroq uyga qaytishim kerak, – dedi Ahmad. – Balki, seni Yerga tashlab, oʻzim Oltin baliq yulduziga ucharman. – Men ham sizga hamroh boʻlsam degandim, – gapga qoʻshildi Moki, – kristallni topishda juda asqataman. – Ana, yordamchi ham tayyor! Ahmad sen faqat bizga yoʻnalishni belgilab bersang boʻlgani, – dedi Margol Ahmadga qarab. – Qanday qilib, axir, qoʻlimda xarita yoʻq-ku. Bizning olimlar hali u yerlarni oʻrganmagan. Men gravitatsiya toʻlqinlari qayoqqa olib chiqishini bilmayman, – dedi Ahmad xoʻrsinib. Ahmadning eʼtirozi oʻrinli edi. Chunki manzilga olib boradigan yoʻlni toʻgʻri belgilash uchun shu yoʻldagi barcha osmon jismlarini, ularning hajmi va massasini bilish kerak. Aks holda, istalgan gravitatsiya toʻlqiniga shoʻngʻishning oqibati yomon boʻlishi mumkin. Yaʼni kema bir tuynukdan kirib, koinotning umuman boshqa joyidan chiqishi va fazogirlar cheksiz koinotda adashib qolishlari mumkin. Shu sababli butun galaktikadagi yulduzlarning joylashish oʻrni koʻrsatilgan xarita boʻlmasa, aytilgan manzilga yetib borish mushkul. – Boshim qotdi, endi sayyoramizning taqdiri nima 60 kechadi?! – Margolning koʻzlariga yosh keldi. Shu payt Mokining bosh qismidagi chiroqlar yonib- oʻcha boshladi. Shaharning himoya tizimi esa ishlab ketib, katta karnaylardan “xavf yaqin… xavf yaqin…” degan ovoz jaranglay boshladi. – Sayyoraga nomaʼlum uchar qurilma yaqinlashib qoldi, – dedi Moki himoya tizimini tekshirib. – Hoynahoy, bu qaroqchi gikslar boʻlsa kerak! Izimizni topishibdi-da! – dedi Margol tahlikali ovozda. – Endi nima boʻladi?! – soʻradi xavotirga tushgan Ahmad. – Qani, yuringlar, sizlarni maxfiy tunnel orqali kemangizga olib boraman, – dedi Moki shu payt. Yuqorida raketa dvigatelining ovozi eshita boshlagandi. Ular Mokiga ergashib maxfiy tunnyelga kirishdi. Bir necha daqiqa tunnyel ichidagi poyezdga oʻxshash transportda yurib “Koʻkkezar” turgan joydan chiqib kelishdi. – Tezroq, hamma kemaga chiqsin, – dedi sheriklaridan tez chopayotgan Margol. Birinchi boʻlib kemaga yetib kelgan Margol lyukni ochib Ahmadni ham bir urinishda tortib oldi. Soʻng oʻylab oʻtirmay Mokini ham kemaga chiqardi. Ular kemaga oʻtirib tezlik bilan uni oʻt oldirishdi. Endi uchmoqchi boʻlishganida uzoqdan ular tomon uchib kelayotgan gikslarning qiruvchi kemasi koʻrindi. – Hoziroq uchmasak, ular oʻq uzishni boshlaydi, – dedi Moki. Margol “start” tugmasini bosdi. “Koʻkkezar” tezlik bilan yuqoriga koʻtarila boshladi. Ammo qiruvchi kema ham ularning ortidan qolmayotgan edi. – Ahmad, Yerga qarab ucha olmaymiz. Ular baribir ortimizdan taʼqib qilishadi, – dedi Margol imkon qadar tezlikni oshirishga harakat qilib. 61 Margolning gapi toʻgʻri ekanini Ahmad ham juda yaxshi bilardi. Sababi, qaroqchilar ularning ortidan Yergacha yetib borsa yerliklarga ziyon yetkazishi mumkin. Ammo qayoqqa qarab uchishlari kerak?! – Unda qayoqqa uchamiz?! – Bilmadim, Quyosh tizimidan chiqib ketishimiz kerak! Shu payt qiruvchi kema bir nechta raketa uchirib hujumga oʻtdi. Bu raketalar “Koʻkkezar”ning ketidan qolmay taqib eta boshladi. Shu sabab “Koʻkkezar” ekipaji yanada tezroq uchib raketalarga chap berishga harakat qilardi. Shu tobda Ahmadning oʻylab oʻtirishga bir soniya ham vaqti yoʻq – har onda raketalar “Koʻkkezar”ga kelib urilishi mumkin. Chorasiz qolgan Ahmad, qanchalar xatarli boʻlmasin, yoʻlda uchragan birinchi gravitatsiya tuynugiga kirib ketishga qaror qildi. Ikki soniya oʻtar- oʻtmas “Koʻkkezar” eng yaqin gravitatsiya tuynugiga yetib keldi-da, unga shoʻmgʻib koʻzdan gʻoyib boʻldi. Obmaning josuslari esa nima boʻlganini ham tushunmay hang-mang boʻlib qolishdi. Chunki koinotda biror-bir kema bu qadar tezkorlik bilan gʻoyib boʻlishiga hali ular guvoh boʻlishmagandi. “Koʻkkezar” gravitatsiya toʻlqinida 15 daqiqa suzganidan soʻng toʻlqinning narigi boshidagi boshqa bir tuynukdan chiqib keldi. Biroq shu 15 daqiqada “Koʻkkezar” Quyosh tizimidan 17 yorugʻlik yiliga uzoqlashib, Al-Toyir yulduzi tizimiga yaqinlashib qolgandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling