Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
TABIIY TAOMLAR
Ertasiga qahramonlarimiz tong-sahardan uygʻonishdi. Buni qarangki, sayyorada uysiz, boshpanasizlar koʻp ekan. Chunki ular tunab qolgan yoʻl yoqasida yana oʻnlab mavjudotlar uxlab yotardi. Margol laboratoriyani yigʻdi, Ahmad esa nonushtaga hozirlik koʻrdi. U yegulikni tejash uchun ikkita turshak, ikkita yongʻoq va bir boʻlak qotgan non olib, dastroʻmolining ustiga qoʻydi. Ikkovlon birgalikda nonushta qila boshladi. Koʻp oʻtmay Ahmadning yelkasidan kimdir qoqdi. – Kechirasiz, uch kundan beri tuz totmadim, iltimos, bir tishlam yegulik bering! – dedi chuvalchangga oʻxshab ketadigan notanish oʻzga sayyoralik. Bunday vaziyatda birovning qoʻlini qaytarish Ahmadning axloqiga zid edi. Shu sabab oʻylab oʻtirmay mehmonni dasturxonga taklif qildi. Margol ham bunga qarshilik qilmadi. Mehmon juda ochiqqan ekan, ortiqcha manziratni kutmay turshakka qoʻlini choʻzdi. Turshakni ogʻziga solarkan, bu nima oʻzi deganday uni aylantirib qarab oldi. Soʻng ogʻziga solib chaynay boshladi. Bir necha soniya oʻtib mehmon: “Oh, oh, xuddi tabiiyga oʻxshaydi- ya”, ‒ deb qoldi. Avvaliga uni tushunib boʻlmadi. Keyin u yana oʻziga oʻzi gapirdi: “Bunaqasini bolaligimda yegan boʻlsam kerak, xuddi tabiiy mevaga oʻxsharkan-a. Oh, qanday mazza!” – Kechirasiz, boyadan beri nimalar deyapsiz? – soʻradi Ahmad. – Faqat mendek bir kambagʻalning ustidan kulmang, lekin bu taom xuddi haqiqiyga oʻxshar ekan – gʻalati tirjaydi “chuvalchang”. – Ha, chindan ham bu haqiqiy – oʻrikning quritilgani! – Yoʻgʻ e, ishonmayman. Hozirgi kunda tabiiy taomni 105 topib boʻlarkanmi? Yana uchragan kimsaga uni tutqazib qoʻyarmidingiz-a?! Quloqqa lagʻmon ilmang! – Nega ishonmaysiz, bola rost gapiryapti. Bu Yer sayyorasidan keltirilgan tabiiy taom, – dedi Margol koʻrsatkich barmoqlari bilan yuqoriga ishora qilib. – Voy, oʻlmasam! Men uni yeb qoʻydim-ku... Voy-voy, ana yutib ham yubordim! Nega oldinroq aytmaysiz! – eʼtiroz bildirishga oʻtdi mehmon. – Nega, yana nima boʻldi? – Axir, uni tabiiy taomlar restoraniga olib borib katta pulga sotsam boʻlardi. – Qanaqa restoran?! – soʻradi Margol. – Galaktikaning eng boy shaxslari ovqatlanadigan restoran!.. Voy, oʻlmasam, men, ahmoq, nimalar qilib qoʻydim-a?!. Kelgan mehmon oʻzini oʻzi shu tariqa koyiy boshladi. Margol unga eʼtibor qilmay Ahmadga tezroq tur deganday imo qildi. Ahmad ham buni fahmlab oʻrnidan turdi. Endi ular birinchi uchragan maxluqdan tabiiy taomlar restoranini soʻrab yoʻlga chiqishdi. Yura-yura tushga yaqin restoranni ham topib kelishdi. Ichkariga kirib, bosh oshpazni soʻrashdi. Restoran xizmatchilari ularni koʻrinishidan xuddi begemotni eslatib yuboradigan bosh oshpazning oldiga olib borishdi. – Oldindan aytib qoʻyay, och-nahorlarga beradigan hech narsam yoʻq, – deya gap boshladi chaqirilmagan mehmonlarni koʻrgan oshpaz. – Bizga sizdan hech narsa kerak emas, lekin bizdagi narsa sizga kerak boʻlib qolishi mumkin, – dedi Margol xotirjam turib. – Siz kimsiz oʻzi? – Biz savdogarlarmiz, tabiiy mahsulotlar savdosi bilan shugʻullanamiz. 106 Bu gapni eshitgan oshpaz shosha-pisha fartugini yechdi va chopib kelib Margolning qoʻlini siqib qoʻydi. – Shuni oldinroq aytmaysizmi. Sizlarni tanimabman, eski qadrdonlarim. Oshpaz yasama iltifot koʻrsatib ularni oʻz xonasiga taklif qildi. – Qorningiz ochdir, nima olib kelishsin? – Yoʻq, biz shoshib turibmiz. Bizda turshak bilan yongʻoq bor edi, agar sizni qiziqtirsa... – Albatta qiziqtiradi-da. Qani, koʻrsating! Ahmad bir dona turshakni olib stol ustidagi likopga qoʻydi. Uni koʻrgan “begemot”ning soʻlaklari oqib, koʻzlari kosasidan chiqib ketay dedi. Lekin u oʻzini tutib olib, shoshmasdan, koʻzini turshakdan uzmay qoʻliga rezina qoʻlqop kiydi. Turshakni ushlab aylantirib-aylantirib razm soldi. Keyin kichkinagina pichoq bilan uning bir chetidan guruchday keladigan qismni kesib oldi. Soʻng bu boʻlakni pinset 1 bilan ushlab ogʻziga soldi. Oshpazning otning kallasiday ogʻziga guruch donasiday narsani tashlab, “oh- oh”lab yeyishi juda kulgili koʻrinardi. Ammo Ahmad kulmadi. Qaytanga, “begemot”ga rahmi keldi. Axir, ushoqday keladigan turshak boʻlagini ogʻziga solib “oh-ohlab” turgan bu maxluqqa achinmay boʻlarkanmi? Nahotki, tabiiy taomlar shunchalik taqchil boʻlsa?! “Hali bu sayyorada va galaktikada shu ushoqdek keladigan tabiiy mevani ham yemaganlar koʻp boʻlsa kerak? – oʻyladi Ahmad. – Bu oʻzga sayyoraliklar ilm-fanda taraqqiy topishga topibdi-yu, lekin evaziga koʻp narsani boy berishibdi. Salmirliklar, marsliklar, gikslar – ularning bari taraqqiyotning qurboni boʻlishmadimi? Ular 1 Pinset ‒ juda kichik narsalarni ushlash uchun moʻljallan- gan asbob. 107 fan va texnikani rivojlantirib, oqibatda oʻz sayyorasining, ona tabiatining kushandasiga aylanib qolishmadimi? Xoʻsh, biz, odamlar-chi, borgan sari shu oʻzga sayyoraliklarga oʻxshab qolmayapmizmi? Oʻrmonlarni kesib, suvni, havoni bulgʻab nimaga erishamiz?! Oqibati shunday tugamasmikan?!” “Begemot” yana bir necha daqiqa koʻzlarini yumgancha turshak boʻlagini yutib yubormay chayqalib-chayqalib oʻtirdi. Soʻng dedi: – Haqiqiy ekan! Bunaqasini oldin sira yemaganman. Xoʻsh, qancha soʻraysiz? – Qancha berasiz? – Uch ming koinot lungi. Margol va Ahmad bir-birlariga soʻzsiz qarab olishdi. – Yoʻq, besh mingdan kamiga sotmaymiz! – dedi Margol qatʼiy. – Roziman! – dedi oshpaz qilgan xarididan xursand boʻlib. Soʻng turshakni maxsus qutiga solib qoʻydi va seyfdan besh ming koinot lungi olib berdi. Margol va Ahmad avvaliga nima boʻlayotganini yaxshi anglay olishmadi. Chunki ular bu bitta turshakni shunchaki “reklama” uchun berishgan edi. Ammo oshpaz shu bitta turshakka pul toʻlaganini fahmlab olishgach, Margol dedi: – Bizda yana bitta yongʻoq ham bor. Faqat u juda qimmat, noyob narsa. – Qani-qani, koʻrsating! – dedi oshpaz shosha-pisha. Ahmad bir dona chaqilmagan yongʻoqni olib stol ustiga qoʻydi. Bu safar ham oshpaz shoshilmay maxsus uskuna bilan yongʻoqni chaqdi. Oldin hidladi, mikroskop bilan tekshirdi. Lekin negadir yeb koʻrishga jurʼat qila olmadi. Hoynahoy, u yongʻoqni oʻzidan ham qizgʻangan boʻlsa kerak. – Qiziq, juda qiziq! Uni qayerdan olib keldingiz?! – Yerdan. 108 – E, gapniyam olasiz-da! Afsonaviy Yer sayyorasi deng... Qoʻysangiz-chi, molingizni bunchalar maqtab sotmasangiz ham olaveraman. – Yoʻq, aldamayapmiz... – Boʻldi-boʻldi, – qoʻl siltadi oshpaz baribir ishonmayman deganday, – xoʻsh, qancha soʻraysiz?! – Oʻn ming lung, – dedi Margol. – Boʻldi, juda yaxshi, – oshpaz epchillik bilan oʻrnidan turdi-da, seyfdan yana oʻn ming sanab oldi. Keyin xunuk ishshaygancha pulni uzatdi. Soʻng oshpaz mehmonlarni tashqariga kuzatib qoʻydi. U bugun ikki savdogarni boplab laqillatganidan xursand edi. Chunki oshpaz endi bu taomlarni ellik yoki yuz ming koinot lungiga sotishi mumkinligini yaxshi bilardi. Qahramonlarimiz ham restorandan chiqishlari bilan taksiga minib, toʻgʻri mirshabxonaga borishdi. Moki uchun belgilangan jarima pulini toʻlab uni ozod qilishdi. Bu vaqtga kelib yana qorongʻi tushib qolgandi. Ular xarita qidiruvini ertangi kunga qoldirib, oʻn “yulduz”li mehmonxonaga joylashishdi. Uch kishilik shinam xonaga 200 koinot lungini toʻlagan qahramonlarimiz shu kecha “maza qilib” sunʼiy taomlar yeb uyquga ketishdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling