Дунё динлари тарихи назария нима дейди
Download 138.99 Kb.
|
Дунё динлари тарихи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islomning besh ustuni
- Demografiyasi
Islom soʻzi, arab tilidagi Aslama soʻzining uch-harfli s-l-m oʻzagidan olingan boʻlib, oʻzbek tilidagi lugʻaviy maʼnosi „qabul qilish, taslim boʻlish, itoat etish yoki tobe boʻlish“ dir. Shu yerdan Islomning maʼnosi, Allohga iymon keltirib unga itoat qilish, iymon keltirganlar esa, buni unga oʻzlarining ibodati, uning buyurgan amallarini bajarishi hamda polietizm (koʻpxudolik)ni inkor etish bilan namoyish etishlari lozim. Bu soʻz Qur’onda bir nechta maʼnolarda kelgan. Baʼzi oyatlarda Islomning sifatlaridan bir bu insondagi ichki pushaymonlik deb urgʻu beriladi:"Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi boʻlsa, uning koʻksini Islomga ochib qoʻyadir."[4] Boshqa bir oyatda Islom va din atamalari oʻzaro bogʻlanadi:"„[5] Yana shuningdek, boshqalar nazdida, Islom iymonning faqatgina tildagi tasdigʻi boʻlibgina qolmay, balki bu Allohga qaytish faoliyatidir.[6]
Islomning besh ustuni[tahrir | manbasini tahrirlash] Musulmonlar masjidda ibodat qilishmoqda Iymon. Har kuni besh mahal namoz oʻqish. Ramazon oyida 30 kun ro'za tutish. Zakot berish. Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir. Yaʼni boyligi nisobga (muayyan miiqdorga)yetgan musulmonalrning yilda bir marta haqdorlarga berishi farz. Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadiganlarga farzdir. Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash] Jahonda qariyb 1,1—1,8 milliard kishi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning ⅔ qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 %idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi).Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80 % idan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkinafaso, Sʼyerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Yugoslaviya, Albaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.[7] Boshqa dinlar[tahrir | manbasini tahrirlash] Islomda boʻlinish[tahrir | manbasini tahrirlash] Download 138.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling