Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Yevropa mitti davlatlarining rivojlanish xusuyiyatlari


Download 0.92 Mb.
bet42/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

31 Yevropa mitti davlatlarining rivojlanish xusuyiyatlari.


Yevropa — dunyoning 6ta qismidan biri boʻlib, Osiyo bilan birga hududi va aholisi boʻyicha eng katta materik, Yevro osiyoni tashkil etadi. Yevropaning maydoni 10 million km², aholisi 730 million kishi. Geografik jihatdan Yevropa gʻarbda Atlantika okeani va shimolda Shimoliy Muz okeani, janubda Qora, Marmar va Oʻrta dengizlar, janubda Bosfor va Dardanel boʻgʻozlari bilan chegaralangan. Yevropaning sharqiy va janubi-sharqiy chegaralari sifatida, odatda, Ural togʻ tizmasining sharqiy etaklari, Emba daryosi va Kaspiy dengizi, Kavkazortining shimoliy chegarasi Kuma, Manych, Don daryolari boʻylab hisoblanadi. Yevropa mamlakatlari 4 mintaqaga boʻlingan: Gʻarbiy, Sharqiy, Shimoliy va Janubiy. Baʼzi geograflar beshinchi mintaqani ajratib koʻrsatishadi — Markaziy. Sovuq urush davrida kapitalistik mamlakatlar Gʻarbiy mintaqaga, sotsialistik mamlakatlar esa Sharqiy mintaqaga tegishli edi. Yevropada jami 65 ta davlat joylashgan: ulardan 50 tasi mustaqil davlat, 9 tasi qaram hudud va 6 tasi tan olinmagan respublika. 14 ta davlat orollar, 19 tasi ichki davlatlar, 32 tasi dengiz va okeanlarga keng chiqish imkoniyatiga ega. Uchta davlat — Rossiya, Turkiya va Qozogʻiston, barcha nufuzli manbalarga koʻra, Yevropada ham, Osiyoda ham hududlarga ega;
Sayyoramizning turli qit’alari bo‘ylab 252 taga yaqin davlat mavjud. Ayrim davlatlar yer sharining katta qismini egallagan. Misol uchun Rossiya Federasiyasi Yevroosiyoning ikkidan bir qismida joylashgan. Biroq o‘lkan hududni egallagan davlatlar bilan bir qatorda, mitti mamlakatlar ham mavjud. Ularni dunyo xaritasidan izlab topish ham qiyinchilik tug‘diradi. Quyida dunyoning 10 ta eng mitti davlatlari ro‘yxatini taqdim etamiz.
Vatikan – maydoni bor yo‘g‘i 0.44 kvadrat kilometrni tashkil etadigan dunyodagi eng mitti davlat (solishtirish uchun: Samarqand shahrining umumiy maydoni 120 kvadrat kilometrga teng). Mamlakat aholisi 2019 yil holatiga 805 nafarni tashkil etadi. Vatikan – bu o‘z ramziy bayrog‘i, gerbi, pochtasi, temir yo‘li va o‘z hukumat tarkibiga ega mustaqil shahar-davlat. Hukumat tepasida barchaga ma’lum Rim Papasi turadi.
Monako – mitti davlatlar reytingida ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu mitti-knyazlik yaqingacha bor yo‘g‘i 1.9 kvadrat kilometr maydonni egallagan edi. Biroq dengiz suvlarining quritilishi evaziga mamlakat maydoni 2.02 kvadrat kilometrga kengaydi. Mamlakat aholisi 2019 yil holatiga ko‘ra, 37550 kishini tashkil etadi. Monako Italiya va Fransiya chegarasi kesishgan hududda joylashgan. Mamlakatning davlat tili deb, fransuz tili tan olingan.
Nauru – Tinch Okeanidagi korall orolida joylashgan mitti davlat. Mamlakatning poytaxti yo‘q va uning maydoni 21.3 kvadrat kilometrga teng. Mamlakat aholisi 10500 kishi atrofida. Nauru o‘ziga yarasha jozibali mamlakat. Biroq u yerdagi turizm ichimlik suvi tanqisligi sababli rivojlanmagan.
Tuvalu – maydoni 26 kvadrat kilometrga teng bo‘lgan, Tinch okeanining janubiy–g‘arbiy yo‘nalishida joylashgan davlat. Mamlakat 7 ta orolchalardan iborat bo‘lib, ularning 8 tasida hech kim yashamaydi. Aholiga ega yagona orol Funafuti, deb ataladi. Ushbu mitti davlatning poytaxti Funafuti shahri. Orolda hammasi bo‘lib, 11000 kishi istiqomat qiladi. Mamlakat konstitusion monarxiya boshqaruviga asoslangan. Reglamentga asosan davlat rahbari Buyuk Britaniya qirolichasi hisoblanadi.
San-Marino – Janubiy Yevropada joylashgan mitti davlat. Mamlakatning nomi III asrda uning asoschisi sharafiga qo‘yilgan. Davlat 61 kvadrat kilometr maydonga ega va unda 32 000 ga aqin aholi istiqomat qiladi. San-Marino rivojlangan va boy mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat turizm biznesi tufayli rivojlangan.
Lixtenshteyn – maydoni 160 kvadrat kilometrga teng bo‘lgan, Markaziy Yevropada joylashgan knyazlik. Ushbu davlat Avstriya va Shveysariya bilan chegaradosh. Mamlakat poytaxti Vadus shahri. Mamlakatda 33 000 aholi istiqomat qiladi. Knyazlikning rasmiy tili – nemis tili.
Davlatning milliy valyutasi Shveysar franki hisoblanadi.
Marshal orollari – bu Mikroneziyada joylashgan mitti davlat bo‘lib, uning umumiy maydoni 181.3 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Davlat poytaxti Madjuro shahri. Mamlakat aholisi 58461 kishidan iborat (2019 yil holatiga ko‘ra). Mamlakat 5 ta oroldan iborat bo‘lib, u yerdagi havo harorati yil davomida o‘rtacha 27 daraja issiq bo‘ladi Sent-Kits va Nevis – 261 kvadrat kilometr maydonga ega federativ davlat. Ushbu mamlakatda ikki yirik shahar mavjud: Baster va Charlstaun. Baster Sent-Kitsda joylashgan, Charlstaun bo‘lsa, Nevisda joylashgan. Mamlakatning asosiy diqqatga sazovor maskani – bu Qizil dengiz va uning noodatiy rangdagi qirg‘oq qumlari.
Kuk orollari - Tinch okeaning janubiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 230 kvadrat kilometr bo‘lib, 20 mingdan ortiq aholiga ega. Ko‘pchilik mitti davlatlar singari Kuk orollarining ham iqtisodiyoti asosini rivojlangan turizm tashkil etadi.
Mashhurlarning eng sevimli dam olish maskani va Osiyodagi eng mitti davlat. Umumiy maydoni 300 kvadrat kilometrga yaqin bo‘lib, 512037 nafar aholi istiqomat qiladi. Mamlakat poytaxti – Male shahri. Ushbu mamlakatning iqtisodiyotini ham rivojlangan turizm tashkil etadi.
Yevropa kichik mamlakatlar o'lkasidir. Aynan ana shu qit’ada jahondagi «mitti» davlatlar (Andorra, San-Marino, Monako, Vatikan, Lixtenshteyn)ning ko'pchiligi joylashganligi so'zimizga dalil bo'lishi mumkin. Maqomi noma`lum Gibraltar (6,5 km.kv) va Daniya mustamlakasi Faryer orollari (1,5 km.kv) ham juda kichik maydonlarga ega. Mazkur davlatlardan tashqari hududi nisbatan kichik mamlakatlardan 12 tasining har birining maydoni 50 ming km.kv dan ham kichikdir. Shular qatoriga Belgiya, Niderlandiya, Daniya (Grenlandiya orolini hisoblamaganda), Chernogiriya, Shveysariya, Moldova, Slovakiya, Malta, Makedoniya, Albaniya va Estoniya kiradi (taqqoslash uchun bir Moskva oblasti maydoni 47 ming km.kv ni tashkil etishini aytib o'tish kifoyadir).
Qit’ada 12 ta mamlakat hududi 50 mingdan 100 ming km.kv gacha boradi. Bunga Islandiya, Irlandiya, Avstriya, Serbiya, Vengriya, Chexiya, Latviya, Litva, Xorvatiya, Bosniyiya va Gersegovina, Portugaliya, Cehrnogoriya mamlakatlaridan iboratdir. Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, GFR, Italiya, Polsha, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya, va Gretsiyaning, ya’ni jami 11 davlatning maydoni 100 mingdan 500 ming kv km gacha o'zgaradi. Faqat Fransiya va Ispaniya davlatlarining hududi 500 ming km.kv dan ozgaradi. Faqat Fransiya, Ukraina va Ispaniya davlatlarining hududi 500 ming km.kv dan oshadi. Rossiya Federatsiyasi maydonining kattaligiga binoan nafaqt Yevropa, balki butun dunyoda tengi yo`q mamlakatdir.
Yevropada har xil shaklga ega bo'lgan mamlakatlar mavjud. Norvegiya qit’ada hududi meridian yo'nalishi bo`yicha eng uzun (1750 km) joylashgan mamlakatdir. Shunday mamlakatlar qatoriga yana Shvetsiya (1600 km), Finlandiya (1160 km), Fransiya (1000 km), Buyuk Britaniya (955 km), GFR (850 km) kiradi. Shu bilan birga Bolgariya va Vengriyada chekka nuqtalar orasidagi masofa 500 km dan oshmasligini aytib o’tish joizdir. Niderlandiyada esa bu ko‘rsatkich atigi 300 km ni tashkil etadi. Yevropa dunyodagi eng yirik iqtisodiy markazlardan biridir. Uning jahon YIM dagi ulushi salkam 16805 mlrd. dollarni yoki jahondagi jami 85539 mlrd. Dollarga teng YIM ning 19,6 foizini tashkil etadi. Yevropaga jami jahon savdo aylanmasining 1/3 qismi to‘g‘ri keladi.
Eng muhimi shundan iboratki, Yevropada jahon tarixida birinchi bor Yevropa Ittifoqi doirasida salkam o`ttizta davlatlar birlashtirilib, ulkan miqyosga, yagona iqtisodiy va siyosiy makon shakllantirilmoqda.
Yer yuzidagi mamlakatlar maydonining katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Albatta, jahon arenasida katta davlatlar iqtisodiy rivojlanishi jihatidan oʻz oʻrniga ega. Ammo kichik maydonli mamlakatlar oʻzining boy tarixi, soʻlim tabiati va turistik salohiyati bilan doimo sayyohlar eʼtiborida.
World Atlas onlayn portalida eʼlon qilingan dunyoning eng kichik davlatlari top 10 talik natijalariga koʻra, maydoni 0.44 kvadrat kilometr hududni egallagan, aholisi 1 000 kishidan iborat Vatikan shahar-davlati dunyoning eng kichik davlati, deb qayd etildi.
Fransiya bilan chegaradosh boʻlgan, maydoni 20 kvadrat kilometr hududni tashkil etgan Monako davlati reytingni ikkinchi pogʻonasini egallagan. Aholisi 39 ming kishidan iborat boʻlgan ushbu davlatda turizm mamlakatning asosiy daromad manbai hisoblanadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling