Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари
Jazoirga iqtisodiy geografik tavsif
Download 0.92 Mb.
|
Ziyotova Gulhayo
30 Jazoirga iqtisodiy geografik tavsif.
Jazoir Demokratik Xalq Respublikasi (arabcha: الجمهورية الجزائرية الديمقراطية الشعبية, Al-Jumhuriyatu l-Jazoiriyatu d-Dimuqrotiyatu sh-Shaʼbiya) - Afrikaning shim,-gʻarbidagi davlat, Magʻrib mamlakatlaridan biri. BMT aʼzosi Mayd. 2381,7 ming km2. Aholisi - 37,9 mln. kishi (2013). Poytaxti - Jazoir shahri. Jazoir hududi maʼmuriy jihatdan 47 viloya (viloyat) va Katta Jazoir poytaxt okrugiga boʻlinadi. Jazoir - respublika. Amaldagi konstitutsiya 1996-yil 28-noyabrdagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi - prezident (1999-yildan A. Buteflika). U umumiy va toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 1-marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - bir palatali Milliy xalq majlisi. Ijrochi hokimiyat - prezident boshchiligidagi Vazirlar kengashi. Jazoir Atlas togʻlarining markaziy qismida va Sahroi Kabirda joylashgan. Oʻrta dengiz sohili subtropik, qolgan qismi tropik mintaqada. TelAtlas, Sahroi Kabir Atlasi tizmalari, Ores va Varsenis togʻlarini chuqur daralar kesib oʻtgan. Togʻ oralaridagi tekislik va platolarda shoʻr kul (sebx)lar, Shimoli-sharqdagi katta past-tekislikda qumliklar uchraydi. Janubi-sharqda zinapoyasimon platolar bilan oʻralgan Axaggar vulqon togʻligi (Taxat choʻqqisi 3005 m) joylashgan. Qumli (Katta Gʻarbiy Erg, Katta Sharqiy Erg, Igidi, Shesh va boshqalar) va toshloq, katta choʻllar bor. J.da neft, tabiiy gaz, uran, temir, qoʻrgʻoshin va rux rudalari, fosforit, simob qazib olinadi. Jazoir neft zaxirasi boʻyicha Afrikada 3-oʻrinda (200 ga yaqin neft va gaz konlari bor). J.ning shimolda iqlim subtropik, Oʻrta dengiz iqlimi, qishi seryomgʻir, iliq, yozi issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi sohilda 12°, togʻ oraligʻidagi tekisliklarda 5°, iyulniki 25°. Eng yuqori tempatura hamma joyda 40° dan baland. Yozda quruq shamol va qattiq qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Noyabr-yanvarda yogʻingarchilik koʻproq boʻladi. Yillik yogʻin Tel-Atlasda 400-800 mm, Kabiliya togʻlarida 1200 mm gacha. Qishda qor togʻ choʻqqilarida 10-20 kungina saqlanib turadi. Sahroi Kabir qismida iyulning oʻrtacha tempaturarasi 30°, yillik yogʻin 200-400 mm. Sahroi Kabirda choʻl iqlimi, yillik yogʻin 50 mm dan kam. Tempaturaning sutkalik farqi 30° ga yetadi. Qumli boʻron boʻlib turadi. Quruq daryo oʻzanlari - vodiy koʻp. Eng kattasi - Shalif (uz. 700 km). Daryolarda qisqa vaqtli toshqinlar boʻlib turadi. J.ning shimoldagi vodiylarda toʻgʻon, suv omborlari va GESlar qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi. Sahroi Kabirda yer osti suvlarining zaxirasi katta. Shimoliy J.da jigarrang tuproqlar, balandlik mintaqalarida esa jigarrang va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari tarqalgan. Togʻ etaklarida shoʻrxoklar uchraydi. Sahroi Kabirda toshloq choʻl tuproqlari, shamolda koʻchib yuruvchi qumlar bor. Sohillarda Oʻrta dengizga xos oʻsimliklar, togʻlarning 800-1000 m balandliklari oraligʻida doimiy yashil butazorlar, zaytun, xandon pista, undan yuqorida poʻkak daraxti, dub, qaragʻay, archa, sarv va b. oʻsadi. 1500-2000 m balandlikda tuyya va archazorlar, 2000 m dan yuqorida kedrzorlar bor. TelAtlasdan janubda chala choʻl oʻsimliklari, Sahroi Kabir qumlarida shoʻra, efemer oʻsimliklar oʻsadi. Arslon, qoplon, gʻizol, tuyaqush, baklanning koʻpi qirib yuborilgan. Shimoliy Jazoirda maymun, toʻngʻiz, quyon, Sahroi Kabirda sirtlon, chiyaboʻri, tulki, gʻizol va jayronlar uchraydi. Kemiruvchilar, yirtqich qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar (chigirtka) va b. koʻp. Aholisi asosan jazoir arablari (83 %) va barbarlardan iborat. Yevropaliklar ham bor. Shahar aholisi - 51,7 %. Rasmiy tili - arab tilining jazoir lahjasi. Arab va barbarlar islom dinining sunna mazhabida. Yirik shaharlari: Jazoir, Vahron, Qusantina, Annoba. Jazoir - 1962-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 30-iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami - 1-noyabr - Inqilob kuni (1954). Jazoir - sanoati (xususan kon sanoati) nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi - 37,7 %, qishloq xoʻjaligining ulushi - 14,9 %. Jazoir Afrika mamlakatlari ichida tabiiy gaz chiqarish, uzum yetishtirish va vino tayyorlashda, neft qazib olish, bugʻdoy, arpa yetishtirish va zaytun moyi tayyorlashda, sitrus mevalari yetishtirishda yetakchi oʻrinda turadi. Jazoir mustaqillikka erishgandan soʻng iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirish yoʻliga oʻtdi. Iqtisodiyotda davlat sektori ustun mavqeni egallaydi (yalpi ichki mahsulotning salkam 80 %). Ammo davlat korxonalarining aksariyati oʻz quvvatining 40-50 % atrofida ishlaydi. Yengil va oziq-ovqat sanoatida xususiy sarmoya ustun - 70- 90 %, qurilishda 60 %, xizmat koʻrsatish, ulgurji va chakana savdoda 80 % gacha. Sanoatda neft (yiliga oʻrtacha 35 mln. tonna), gaz (163 mlrd. m3), temir rudasi, fosfat va rangli metallar qazib olish va ularni qayta ishlash yetakchi tarmoqlarga aylangan. Temir va qoʻrgʻoshin rux rudalari, toshkoʻmir, birmuncha miqdor mis rudasi ham qazib olinadi. Bir yidda 17,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoati metallurgiya, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika tarmoqlari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, ayniqsa vinochilik, tamaki, konserva sanoati, zaytun yogʻi ishlab chiqarish rivojlangan. Toʻqimachilik, metall ishlash korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi - dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, sholi, javdar, makkajoʻxori va b. don ekinlari ekiladi. Ammo tabiiy sharoitlari gʻoyat qulay boʻlishiga qaramay, qishloq xoʻjaligi mamlakat oziq-ovqat ehtiyojining atigi ʻ/3 qismini taʼminlaydi. Yiliga donli ekinlar hosili 4-5 mln. tonnani tashkil etadi. J.da sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi. Vohalarda tokzor, zaytunzor va xurmozorlar bor. J.da qoramol (1,5 mln.ga yaqin), qoʻy (15 mln.), echki, tuya boqiladi. Baliqchilik rivojlangan. Poʻkakbop dub poʻstlogʻi, eng yaxshi nav qogʻoz ishlab chiqarishda ishlatiladigan alfa oʻti (dunyoda 1-oʻrin) terib olish yoʻlga qoʻyilgan. 1980-yillar oxiridan mamlakatda xoʻjalikni bozor iqtisodiyoti iziga koʻchirishga kirishiddi. Islohot doirasida davlat xoʻjaliklarining mustaqilligi kengaytirildi, ularning bir kismi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi va xususiy kishilar qoʻliga berildi. Xorijiy sarmoyani faol jalb etish siyosati olib borildi. Agrar islohat oʻtkazilishi natijasida sotsialistik tipdagi davlat xoʻjaliklari tarqatib yuborildi va ular oʻrnida 22 mingga yaqin mayda koperativlar tuzildi. Yerlarning bir qismi yakkahol dehqonlarga topshirildi. Transportida temir yoʻl muhimahamiyatga ega (4,3 ming km, shundan 240 km elektrlashtirilgan). Asosiy temir yoʻl magistrali Ujda (Marokash) - Vahron - Jazoir - Qusantina - Gardimav (Tunis). Avtomobil yoʻllarining uz. 88 ming km. Asosiy magistral sohil boʻylab ketgan. Neft va gaz quvurlari bor. Dengiz transporti tashki savdo uchun xizmat qiladi. Muhim dengiz portlari: Jazoir, Vahron, Annoba, Bajoiya, Arzev. Havo transporti rivojlangan. 31 ta aerodrom bor. Xalqaro ahamiyatga ega aeroportlari Jazoir, Annoba va Vahron shaharlarida. Jazoir chetga neft, gaz, vino, sitrus mahsulotlari, tamaki, poʻkak, qogʻoz va b. chiqaradi. Chetdan mashinalar, sanoat uskunalari, oziq-ovqat (don, sut, goʻsht), kiyim-kechak va b. keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya. Pul birligi - dinor. 1989-yilgacha Milliy ozodlik fronti mamlakatdagi birdan-bir partiya edi. Oʻsha yili boshqa partiyalarning faoliyatiga ham ijozat berildi. Asosiy partiyalari: Milliy ozodlik fronti, 1954-yil tuzilgan; Sotsialistik kuchlar fronti; 1963-yilda tuzilgan; Madaniyat va demokratiya uchun birlashma, 1989-yilda asos solingan;Jazoir bayrogʻi. Milliy demokratik birlashma, 1997-yilda tuzilgan; „AnNaxda“ harakati, 1990-yilda tashkil etilgan; Islom najot fronti, 1989-yilda asos solingan; Tinchlik uchun kurashuvchi jamiyat harakati, 1990-yilda tuzilgan, 1997-yilgacha Islom jamiyati harakati deb atalgan; Milliy islohotlar harakati, 1999-yilda asos solingan. Jazoir mehnatkashlari umumiy ittifoqi kasaba uyushmasi 1956-yilda tuzilgan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkiloti va Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi aʼzosi. Jazoir - respublika. Amaldagi konstitutsiya 1996-yil 28-noyabrdagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi - prezident (1999-yildan A. Buteflika). U umumiy va toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 1-marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - bir palatali Milliy xalq majlisi. Ijrochi hokimiyat - prezident boshchiligidagi Vazirlar kengashi. Jazoir - transport yoʻllari tuguni, xalqaro aeroport bor. Oʻrta dengiz boʻyidagi yirik port (yillik yuk ortib tushirish 5,8 mln. t). Mamlakatning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Mashinasozlik (avtomobil va qishloq xoʻjaligi mashinalari), metallsozlik, oziq-ovqat (vinochilik, yogʻ, tamaki, un tortish), kimyo, neftni qayta ishlash, sement, sellyuloza-qogʻoz, toʻqimachilik korxonalari, oyna zavodi, yogʻochsozlik fabrikalari, issiqlik elektr stansiyalari, metropoliten bor. Jazoirda turli xil foydali qazilma konlari ochilgan. Bu yerda tuz, toshko‘mir, temir, mis, volfram va nodir metallar, uran konlari bor. 1960-yillardan boshlab Jazoir sahrosidan eng yirik neft konlari topilgan, shuningdek, tabiiy gaz, fosfatlar, qo‘rg‘oshin, ruh konlari ham topilgan. Shimoliy Jazoir marganets, mishyak, surma, mis konlariga boy. Aholisining umumiy soni – 32.820.000 kishidan ortiq. Milliy tarkibida arablar va barbarlar 99% ni tashkil etadi. 1% yevropalilar (fransuzlar). Aholisininh 95%i shimoliy Jazoirda yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi 1km². ga 14 kishi to‘g‘ri keladi. Mamlakat hududi aholi g‘oyat notekis taqsimlangan: aholi zichligi shimolidan janubga tomon kamaya boradi. Mamlakat shimolida 1km². ga 233 kishi to‘g‘ri keladi. Jazoir Sahroi Kabirida esa 1km². ga 1 kishi to‘g‘ri keladi. Davlat tili - arab tili, shuningdek, fransuz tili keng tarqalgan. Dini – islom, sunniy mazhabida – 99%, xristianlar - 1%. Tug‘ilish har ming kishiga 22,76 ta, o‘lim har ming kishiga 5,22 ta. O‘rtacha umr ko‘rish erkaklarda – 68,6 yosh, ayollarda – 71,34 yosh. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha bo‘lganlar – 34,21%, 15-64 yoshgacha – 61,72%, 65 yoshdan kattalar 4,07% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy faol aholi – 9,1mln. kishi. Shundan qishloq xo‘jaligida – 25%, sanoatda - 11%, qurilish, jamoat ishlarida – 15%, davlat xizmatida – 29%, boshqa sohalarda – 20%. YaIM jon boshiga $5500. Yirik shahrlari – Jazoir, Oran, Konstantina, Annaba. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling