Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Saudiya arabistoni iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi


Download 0.92 Mb.
bet37/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

26 Saudiya arabistoni iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi.
Saudiya Arabistoni, (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Saudiya Arabistoni Podshohligi (Al-Mamlaka al-Arabiya as-Saudiya) — Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. BMT aʼzosi boʻlgan bu mamlakat Arabiston yarim orolning taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi. Maydoni 2,25 million km². Aholisi — 34 218 169 kishi (2019). Bulardan 5,3 million kishi mamlakat fuqarosi hisoblanmaydi. Poytaxti Ar-Riyod shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi. Saudiya Arabistonijanubi-gʻarbda Qizil dengiz, shimoli-sharqda Hind okeanining Fors qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Qirgʻoklari koʻp joyda past, qumloq, baʼzan qingʻirqiyshiq. Saudiya Arabistoni koʻp qismini (1 million km² ga yaqinini) choʻl tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (gʻarbga tomon 1000–1300 m ga, sharqqa tomon 200–300 m gacha pasayib boradi). Yer yuzasi quruq daryo vodiylari bilan sezilarsezilmas boʻlinib turadi. Mamlakatning kattagina qismini lavali maydonlar, toshloq choʻllar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli choʻllarning eng yiriklari — Nefud, Dahna. RubʼulXolishshx shimoliy qismi barxanlar (200 m balandliklikkacha), tizmali doʻng qumliklardan iborat. Zinasimon qir koʻp. Gʻarbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500–3000 m boʻlgan Hijoz va Asir togʻlari choʻzilib ketgan. Fors qoʻltigʻining sohili boʻylab ayrim joylari botqokdik yoki shoʻrxok qatlam bilan qoplangan AlXasaʼ pasttekisligi joylashgan (kengligi 150 km gacha).Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va boshqa ham yashaydi. S.A.da 200—800 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina Saudiya Arabistoni dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — Ar-Riyod, Jidda, Makka, Madina.
Iqtisodiyotining asosi — neft va gaz sanoati. Ikkinchi jahon urushiga qadar S.A. xoʻjaligida chorvachilik ustun boʻlgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 yillik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablagʻ ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, qishloq xoʻjaligi ulushi 6%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 41% ni tashkil etadi. Saudiya Arabistoni yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga toʻgʻri keladi. S.A. neft zaxiralari boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda (35,8 mlrd. tonna), neft qazib chiqarish boʻyicha 2oʻrinda (AQShdan keyin) turadi. Neftning 95% "Saudi ARAM KO" milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. S.A.da kuniga 7,5 mln. barrel (2002-yil 308 mln. tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda 4oʻrinni egallasada, uni qazib olish boʻyicha Yaqin Sharqda loʻrinda turadi. 1960-yillarning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda), qogʻoz (Dammom), oziq-ovqat (Makkadagi yog zavodi, konditer fabrikasi, ArRiyoddagi sabzavot konservalari va Jiddadagi meva sharbati ishlab chiqaradigan fabrika hamda Hufuf va Madinadagi xurmoni qayta ishlash fabrikasi), toʻqimachilik, qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan. Jidda, Dammom va ArRiyodda sement zavodlari, Dahronda oynashisha zavodi bor. Bu korxonalarning koʻpchiligi toʻliq yoki qisman (70%cha) "Sabik" davlat konserniga karashli va u tomonidan nazorat qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. S.A.da hunarmandchilik, shu jumladan, zargarlik korxonalari salmokli oʻrin egallaydi. Qishloq xoʻjaligi bundan chorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloqtarmogʻi hisoblangan. 1990-yillardan u juda tez surʼatlar bilan rivojlandi va daromadli tarmoklardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy maydon 1990-yillarningoxirida 1,8 mln. gektarga yetdi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — gʻalla, sholi. Xurmo, kofe, uzum, mandarin, banan, sabzavot va mevali oʻsimliklar ham oʻstiriladi. Koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan: tuya, qoʻy, echki, qoramol, shuningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlash bilan shugʻullaniladi. Yiliga oʻrtacha 698 ming t sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mamlakat oʻz aholisini asosiy oziqovqat mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlaydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvchi 2 mln.dan ortiq ziyoratchiga xizmat koʻrsatiladi.
Temir yoʻllar uz. 1400 km ni tashkil etadi. Eng yirik temir yoʻl yoʻnalishlari Dammom— Dahron—ArRiyod (562 km), Hufuf—ArRiyod (322 km). Avtomobil yoʻllari uz. 159 ming km, undan 100 ming km asfaltlangan; neft quvuri uz. — 3,7 ming km. S.A. Yaqin Sharqda eng kuchli dengiz flotiga ega. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammom, Jubayl, Daba va boshqa Mamlakatdagi 25 aeroportdan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi "SaudiArabiyen erlayns" aviakompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va ArRiyodda.
S.A. chetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, bugʻdoy, xurmo chiqaradi. Chetdan mashina jihozlari, avtomobil, isteʼmol mollari, transport vositalari, metall, toʻqimachilik buyumlari, qurolyarogʻ oladi. Asosan, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Fransiya, Germaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — S.A. riyoli. Mamlakat hududida boy neft zahirasi konlari topilgan. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zahiralarining 26% (262,7mld.barrel) va tabiiy gaz zahiralarining 3,7% Saudiya hududlarida joylashgan. Hozir­gacha kashf etilgan neft zahiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.Shuningdek temir rudasi, mis, oltin konlari ham bor. Mamlakatning umumiy aholisi 28,6mln. kishidan ortiq. Ortacha zichlik 1km²da 10 kishi. Aholisining 90%i arablar va barbarlar, 10%i afroosiyoliklar. Davlat tili arab tili. Mamlakatning deyarli 100% aholisi islom diniga e’tiqod qiladi(sunniylar). Tug‘ilish har 1000 kishiga 29,34, o‘lim har 1000 kishiga 5,94. O‘rtacha umr ko‘rish erkaklarda - 66,4 yosh, ayollarda - 69,8 yosh. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha - 42,52%, 15-64 yoshgacha -54,8%, 65 yoshdan kattalar - 2.68%. IAA -7mln.kishi, shundan qishloq xo‘jaligida 12%, sanoatda -25%, xizmat ko‘rsatishda - 63%. 15-65 yoshgacha bo‘lgan aholining 35%i xorijliklar.Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli ravishda dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatlardan hisob­lanadi, Hozirgacha kashf etilgan neft zaxiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zaxiralarining-26%i(262,7mld barrel) va tabiiy gaz zahiralarining-3,7%i (6,544trl.m³) Saudiya hududlarida joylashgan. Sanoati. Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti deyarli neft hisobidan shakllangan, bugungi kunda neft eksporti mamlakat daromadining 75%ini, YaMM daromadining 40%i neft xissasiga to‘g‘ri keladi.Saudiya Arabistonida neft qazib chiqarishning tannarxi qator omillar sababli boshqa davlatlarga nisbatan ancha pastligini ham ta’kidlash zarur. Ularning asosiylari quyidagilardir:
-neft qatlamlari yer sathiga yaqin joylashgan;
-neft zaxiralari chegaralangan maydonlarda markazlashgan;
-asosiy neft konlari bilan birga gaz zaxiralarining ham topilishi neft quduqlarida qo‘shimcha bosim paydo etib, neftni qazib chiqarishni osonlashtiradi;
-Saudiya Arabistonining 3 qit’a o‘rtasida qulay geografik joylashuvi(Afrika, Yevropa, Osiyo) neftni iste’molchiga tez va oson yetkazib berish imkonini beradi.
Eng yirik neft konlaridan- Govar qazib olinadigan neftning yarmini beradi, ⅓ qismi Abkayk va Saffaniya konlariga to‘g‘ri keladi. Saudiya Arabistoni iqtisodining bir tomonlama rivojlanganligi uning dunyo bozoridagi neft narxining o‘zgarishiga ta’sirchanligini ko‘rsatadi. Buni yaxshi tushungan SAP hukumati 80-yillar oxiridan boshlab milliy iqtisodni ko‘p tarmoqli yo‘nalishda rivojlantirishga katta e’tibor bera boshladi. SAP iqtasodining neft va gaz ishlab chiqarishga asoslanganligini hisobga olib, birinchi navbatda neft va gazni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berilgan. Shu kungacha SAPda 15 ta neftni qayta ishlash korxonalari faoliyat yuritmoqda. SAP mintaqada gaz zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rinni egallasa-da, uni qazib chiqarish bo‘yicha Yaqin Sharqda birinchi o‘rinada turadi. Bu sohada erishilgan yutuqlardan biri yangi ishlab chiqilgan texnologik jihozlar yordamida 1980-yildan boshlab gazni to‘la qayta ishlashga muyassar bo‘linganidir. Natijada keyingi 10 yil davomida gaz ishlab chiqarish 60%ga oshdi. Ishlab chiqarilgan gaz deyarli to‘laligicha “Saudi ARAMKO” kompaniyasiga tegishli 4 ta yirik gazni qayta ishlash zavod­larida qayta ishlanadi. Yengil va oziq-ovqat korxonalaridan Ar-Riyodda tomat pasta zavodi, Jiddada sabzovot konserva zavodi, Makkada yog‘ zavodi va qandolat fabrikasi, Jidda va At-Toif shaharlarida to‘qimachilik, teri va kulolchilik, baliqchilik uchun yelkanli qayiqlar qurish sanoati, Ar-Riyodda elektrokabel zavodi, avtomabil akkumlyatr zavodi, Dammomda kimyoviy og‘itlar zavodi va plassmas trubalar zavodi, hamda qirilish materiallari sanoatlari ham rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi. So‘nggi o‘n yillikda SAP qishloq xo‘jaligi juda tez sur’atlar bilan rivojlandi va mamlakatdagi eng unumdor iqtisodiy sektorlardan biriga aylandi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling