Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Chexiya davlatiga iqtisodiy geografik tavsif


Download 0.92 Mb.
bet33/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

22 Chexiya davlatiga iqtisodiy geografik tavsif.
Chexiya (chex. Česko), Chex Respublikasi (chex. Česká republika) – Markaziy Yevropadagi davlat. Maydoni 78,9 ming km². Aholisi 10,51 mln. kishi (2012). Poytaxti – Praga shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 oblast (viloyat)ga boʻlinadi. Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar (KrushneGori), Krkonoshe togʻlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka togʻi) bor. Chexiya togʻlarining ichki qismi – Chexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib turuvchi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past togʻlar koʻp. Chexiyaning janubiy va markaziy kismida ChexiyaMoraviya qirlari bor. Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud. Iklimi moʻʼtadil iklim. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda –8° dan – 10° gacha, iyulda 19–20°, togʻlarda 4–8°. Yillik yogʻin tekisliklarda oʻrtacha 500–700 mm, togʻlarda 1600–2100 mm. Mamlakatjanubiy va gʻarbida uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari – Laba (Elba), Vltava. Togʻ yon bagʻirlari aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan togʻlarda qoʻngʻir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi echki, tekisliklarda kemiruvchilar, kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor. Chexiya – industrial agrar mamlakat. Milliy daromadda qishloq xoʻjaligi 5%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 61,2% ni tashkil etadi. Sanoatida yoqilgʻienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qoʻngʻir kumir va toshkoʻmir qazib olinadi. OstravaKarvina toshkoʻmir, Shimoliy Chexiya va Sokolov qoʻngʻir koʻmir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga oʻrtacha 58,7 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari – Praga, Plzen, Ostrava, Brno. Qishloq xoʻjaligida, asosan, qand lavlagi, bugʻdoy, javdar, arpa, yemxashak ekinlari, kartoshka va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan, koʻp miqdorda qulmoq (xmel) yetishtiriladi. Goʻshtsut chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, qoʻy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq yetishtiriladi. Temir yoʻl uzunligi 9,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 124,8 ming km. Vltava va Laba daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari – Praga va Dechin. Pragada xalqaro aeroport bor. Chexiya chetga mashina va jihozlar, yengil, shishakeramika sanoati mahsulotlari, kumir chiqaradi. Chetdan neft, gaz, kora metall, isteʼmol mollari oladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Rossiya bilan savdo kiladi. Pul birligi – chex kronasi. Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan davlat hisoblanadi. Shimolda Polsha, shimoli-gʻarb va gʻarbda Germaniya bilan, janubda Avstriya bilan va sharqda Slovakiya bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi – 1880 kmga teng. Mamlakatning nomlanishi chex qabilalari nomidan kelib chiqqan. Poytaxti boʻlmish Praga shahri turistlar tashrif buyuradigan va mamlakatning eng katta shaharlaridan biridir. Chexiya 2 ta tarixiy hudud – Sileziya va Moraviya hududlarining qoʻshilishidan tashkil topgan. Chexiya 13 ta oʻlka (viloyatdan) iborat. Maydoni 78,9 ming km² ni tashkil qiladi. Landshaftlari turli xil koʻrinishga ega. Gʻarbiy qismida (Bogemiya) mamlakatning eng baland nuqtasi 1602 m balandlikdagi Snejka togʻi joylashgan. Sharqiy qismi – Moraviya ham anchagina adirlarda va asosan Marx daryosi qoʻynida joylashgan hamda Oder daryosi irmoqlarini oʻz ichiga oladi. Dengizga chiqa olmaydigan Chexiya hududidan daryolar 3 ta dengizga borib quyiladi: Shimoliy, Boltiq va Qora dengizlar. Chexiya aholisining asosini etnik chexlar va gʻarbiy slavyan tillari guruhiga mansub chex tilida gaplashuvchilar tashkil qiladi. Chet ellik fuqarolar mamlakat aholisining 4 % ini tashkil qiladi. Chexiyada immigrantlar orasida eng koʻp diasporani ukrainlar tashkil qiladi. Undan keyingi oʻrinlarda slovaklar, Vyetnam, Rossiya va Polsha fuqarolari turadi. Boshqa etnik guruhlarga esa nemis, sigan, vengr va yahudiylar kiradi. Chexiya va Slovakiya oʻrtasidagi chegara sobiq Chexoslovakiya fuqarolari uchun ochiq. Mamlakatdagi yagona megapolis shahar Praga hisoblanadi. U yerda 1,118 ming aholi yashaydi. 2008-2009-yilgi iqtisodiy inqiroz munosabati bilan Chexiya xorijlik ishchilari sonini kamaytirishga yoʻnaltirilgan chora- tadbirlar koʻrmoqda. Shunisi maʼlumki, Chexiya fuqarolarining 59 % Xudoga ishonmaydi, yaʼni ular ateistdir. Eng koʻp dinga sigʻinuvchilar katolik oqimini(26,8 %) va protestantlik oqimini (2,5 %) tashkil qiladi. Pravoslavlik oqimiga sigʻinuvchilar esa Chexiya sobiq sotsialistik blok davlatlari orasida iqtisodda sezilarli o‘zgarishlarga erishgan davlatdir. Sanoati- ning eng rivojlangan tarmoqlari: yoqilg‘i-energetika, mashinasozlik, kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat. Mashinasozlik va transport uskunalari, yoqilg‘i, kimyo- viy moddalar, minerallar, metallar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinadi. Rivojlangan qishloq xo‘jaligi Chexiyaga oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. 2012-yil YIM miqdori 225,5 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 21,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Italiya, Rossiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 9434 km, avtomobil yo‘llari — 55890 km. М. a. V asrda kelt qabilalari o‘mashgan hozirgi Chexiya hududi V-IV asrlarda slavyan qabilasi chexlar tomonidan egallanadi. IX asrda Kirill va Mefodiy tomonidan xristianlik tarqatilgan Bogemiya IX asrning oxirlarida Buyuk Moraviya qirolligi tar­kibiga kiradi. Chex qirolligi o‘zining qudrat cho‘qqisiga Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Karl X hukmronligi davrida chiqadi. XV asrning boshlarida Praga universitetining rektori Yan Gus katolik cherkovini reformatsiya qilish tashabbusi bilan chiqa­di, lekin 1415-yil 6-iyulda inkvizitsiya tomonidan yoqib yuboriladi. 1620-yilda Bogemiya o‘zining avtonomiyasini yo‘qotib, gabsburglarga tobe bo‘ladi. 1918-yilda Avstriya — Vengriya imperiyasi parchalangandan so‘ng mustaqil Chexoslovakiya Respublikasi e’lon qilinadi. 1939-yilda Sudet viloyati Germaniya tomo­nidan bosib olinadi, mamlakatning qolgan hududlari Germaniya protektorati deb e’lon qilinadi. Mamlakat nemis qo‘shinlaridan ozod etilgach, kommunistlarning ta’siri kuchayadi va 1948-yilda ular hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishadi. 1968-yilda Chexoslavakiya kom­munistik partiyasining birinchi kotibi A. Dubchek «odambashara sotsializm» qurish to‘g‘risida e’lon qiladi, lekin mamlakatni liberallashtirish 1968-yil 21-avgustda Varshava Shartnomasi (Ruminiyadan tashqari) davlatlarining qo’shinlari tomonidan to‘xtatiladi. Parlament raisligiga A. Dubchek, Respublika prezidentligiga V. Gavel saylanadi. Mamlakat aholisi 1992-yilgi referendumda Chexoslovakiyaning ikki davlatga bo’linishi uchun ovoz beradi va 1993-yil 1-yanvarda Chexiya Respublikasi tashkil topadi. Deyarli Evropaning markazida joylashgan Chexiya transport uchun qulay imkoniyatlarga ega. Xalqaro aeroportlar Pragada (mamlakatdagi eng yirik), Brno, Ostrava, Karlovi Vari va Pardubitseda joylashgan. Mamlakatda asosiy transport vositalari poezdlar, avtobuslar va avtomobillardir. Qayd etish joizki, Chexiyadagi yo‘llarning holati va sifati qo‘shni Avstriya va Germaniyadan ortda qolmoqda. Mamlakatda yirik shaharlarni bog'laydigan avtomobil yo'llari mavjud bo'lsa-da va qo'shni davlatlar va Praga, Pilsen, Brno va Ostrava yaqinlaridan o'tadi.
1992-yil Toshkentda Chexiya Respublikasi Savdo vakolatxonasini ochdi va u 1994 yilning 1-noyabrida Chexiyaning O’zbekistondagi elchixonasiga aylantirildi. 2004 yilning aprel oyidan boshlab Chexiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alesha Foytik. Ikki mamlakat o’rtasidagi siyosiy munosabatlarga 1997 yil 14-16 yanvarda O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning Chexiya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi chog`ida asos solindi. 1997 yil 27-29 oktyabrida Chexiya Respublika Bosh vaziri V.Klaus O’zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. 2004 yilning 8-10 sentyabr kunlari Chexiya Prezidenti Vatslav Klaus yana bir bor O’zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik ikki davlat o’rtasidagi "Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to’g`risida”gi Bitimga asosan rivojlanmoqda. 2003 yili ikki davlat o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 39,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Uning 19,8 mln. dollari eksport va 19,7 mln. dollari importdir. Bugungi kunda respublikamizda Chexiya investitsiyasi asosida Tashkil etilgan 28 ta qo’shma korxona mavjud. Bundan tashqari, madaniy va ta’lim sohasida ham aloqalar rivojlanib bormoqda. 1994 yili Liditse shahrida bo’lib o’tgan Butunjahon bolalar ijodiyoti ko’rgazmasida O’zbekistondan ham bolalar ishtirok etishdi va mukofotlarga sazovor bo’lishdi. Ta’lim sohasida har yili Chexiya hukumati O’zbekiston talabalariga Chexiya Oliy ta’lim muassasalarida o’qish uchun beshta stipendiya ajratib kelmoqda. 2003-yildan boshlab O’zbekiston FA Arxeologiya instituti Praga Universitetining Karlova nomidagi klassik arxeologiya Instituti bilan O’zbekistonning janubiy mintaqalari antik madaniyatini o’rganish yo’lida hamkorlik qilib kelmoqda. Chexiya – suveren, demokratik davlat. Amalddagi konstitutsiyasi 1992-yil 16-dekabrda qabul qilingan va 1993-yil 1-yanvardan kuchga kirgan, 1997-yil 23-oktabrda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2013-yildan Milosh Zeman), u parlamentning ikkala palatasi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – deputatlar palatasi va Senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyat organi prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat. Markaziy Yevropadagi davlat. Shimolda — Polsha (chegara uzun­ligi — 658 km), shimolda va g‘arbda — Germaniya (646 km), janubda — Avstriya (362 km), sharqda — Slovakiya (214 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 1880 km. Mamlakat hududini shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin: g’arbda — Bogemiya, sharqda — Moraviya. Hududining g‘arbiy qismi past tog‘lar bilan o‘ralgan tekisliklar, tepaliklar va yassitog‘liklardan iborat.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling