Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Turkiyaning iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi


Download 0.92 Mb.
bet36/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

25 Turkiyaning iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi
Turkiya (turk: Türkiye), rasman — Turkiya Respublikasi (turk: Türkiye Cumhuriyeti) — Gʻarbiy Osiyo (97%) va Janubiy Yevropa (3%)dagi davlat. Turkiya ham Osiyo ham Yevropa qitʼasiga kiradi Turkiyaning poytaxti — Anqara shahri. Davlat tili — Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2021) — 84.680.273 kishi. Turkiya pul birligi — lira. Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat. Turkiya 14 ta davlat bilan chegaradosh. Zamonaviy Turkiya 1923-yilda Usmonli imperiyasining birinchi jahon urushidagi magʻlubiyati va turk xalqining milliy ozodlik urushi, monarxiyaning tugatilishi, parchalanishi va turk milliy davlatining barpo etilishi natijasida tashkil topgan. Turkiya tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Barish Oʻzbek Relyefining aksari togʻ va yassitogʻlik; shimoliy va janubiy sohillarga parallel ravishda yastangan togʻ tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, koʻl, plato va daryolar mavjud. Shimolida Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shimoliy Anadolu yassitogʻlari, janubda Toros togʻlari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutogʻ, Istranja va Tekirtogʻlar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin togʻlari, Oʻrta Anadoluda Qiziltogʻ, Raman va Soʻf togʻlari, Sharqiy Anadoluda Agʻri togʻlari (bu togʻda Turkiyaning eng baland nuqtasi boʻlgan Buyuk Agʻri choʻqqisi — 5137 m) qad koʻtargan. Turkiya hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. Turkiya yer ostida xromit, borat, boksit, volfram, simob, surma, mis, toshkoʻmir, neft, marganets, temir va boshqa bor. Iqlimi subtropik, gʻarbiy va janubiy sohillari iliq, yogʻin koʻp, ichki mintaqada yoz issiq va quruq, qish sovuq, qor koʻp yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi pasttekisliklarda 5—10° dan ichki yassitogʻliklarda —15° gacha, sharqdagi togʻliklarda —35° gacha sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yogʻin oʻrtacha 1000-3000 mm. Yirik koʻllari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprogʻi ichki yassitogʻliklardagi choʻllarda asosan boʻz va och qoʻngʻir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa shoʻrxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya togʻlarida doim yashil va igna bargli oʻrmonlar, togʻlarning baland qismida all oʻtloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli oʻtlar oʻsadigan chala choʻldan iborat. Togʻlarda yovvoyi qoʻyechkilar, toʻngʻiz, boʻri, chiyaboʻri, ayiq va boshqalarlar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq koʻp. Turkiyada 12 milliy bogʻ bor. Yiriklari: Olimpos Beydaglari, Munzur Vodiysi, Kyopryulyu Kanon. Aholisining 90 % — turklar. Kurd, arab, Oʻzbeklar, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, yunon, arman, laz, gurj, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — turk tili. Shahar Aholisi 69 %. Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Bursa, Gʻoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna. Turkiya — industrialagrar mamlakat. 1980-yil iqtisodiyotda tub burilishni koʻzda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida markazdan boshqaruv oʻrniga bozor mexanizmiga oʻtildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi, sarmoya jamgʻarmalari tez surʼatlar bilan koʻpaydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay imkoniyat yaratiddi. Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 1985-yilda „Erkin mintaqalar qonuni“ kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 1987-yilda atigi 2 ta (Mersin va Antaliya) boʻlgan boʻlsa, 2002-yilga kelib ularning soni 21 taga yetdi. Ana shular natijasida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7 %, qishloq xoʻjaligi. niki 14,4 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 56,9 % boʻldi. Turkiya xromit ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda yetakchi (toʻrtinchi) oʻrinda turadi (40 million tonnalik xromit zaxirasi bor). Shuningdek, gaz, neft, toshkoʻmir, temir, marganets, mis va boshqa rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan mamlakatning gʻarbiy va markaziy qismida joylashgan. Keyingi yillarda mamlakat sharqiy qismini rivojlantirish uchun choratadbirlar koʻrildi. Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, toʻqimachilik, koʻnchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish. yetakchi oʻrin tutadi. Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2001-yil 270685 yengil avtomobil va yuk mashinasi ishlab chiqardi. Keyingi davrda Turkiyada elektronika sanoati jadal rivojlandi. Kimyo sanoatida 970 fabrika faoliyat koʻrsatadi. Turkiya toʻqimachilik sanoati mollari eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7-oʻrinda turadi. Turkiyada elektr energiya ishlab chiqarishda anʼanaviy oʻtin, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi singari manbalardan tashqari quyosh va shamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga oʻrtacha 125 milliard kVt/soat elektr energiya hosil qilinadi. Turkiya hududining 16 % ni oʻtloq, 26 % ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35 % da, yaʼni jami hududning 1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada gʻalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zigʻir, kanop va boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka eʼtibor kuchaydi. 2000-yil chorvachilikda 11 mln. qoramol, 28,4 mln. qoʻy-echki, 250 mln. tovuq yetishtirilgan. Avtomobil yoʻllari uz. 63167 km, temir yoʻl uzunligi 10940 km. Mamlakat ichkarisida yoʻlovchilarning 95 % avtomobil transportida, mamlakat tashqarisiga yoʻlovchilar, asosan, havo yoʻllari, yuklar esa, asosan, dengiz yoʻli orqali tashiladi. Turkiya dengiz savdo floti 3157 kemadan iborat boʻlib, u eksport yuklarning 72 %, import yuklarning 95 % ni tashiydi. Asosiy portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir shahrilarida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor boʻgʻozi ustiga osma koʻprik qurilgan. Turkiyaning eng muhim neft quvuri tarmogʻi yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga yetkazib beradi. Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm rivojlangan. 2002-yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi. Geografik o‘rni va chegaralari. Turkiya hududi dunyoning ikki qismida: Yevropa va Osiyoda joylashgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Uning asosiy qismi Anatoliya (hamma maydonning 97%) Osiyoda joylash­gan, shuning uchun Turkiya odatda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari guruhiga kiritiladi. Yevropa qismi-bu eng cheka Bo‘lqon yarimorolining janubiy-sharqida joylashgan (3%). Turkiyaning geografik o‘rni Yevropani Osiyo bilan Qora dengiz bo‘yi mamlakatlarini O‘rta dengiz bilan birlashtiruvchi muhim chorrahalar yo‘lida joylashganligi bilan xarakterlanadi. Marmar dengizi, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlarini Qora dengizni Dunyo okeani bilan bo‘g‘lovchi muhim xalqaro yo‘l hisoblanadi. Turkiya orqali Yevropani Osiyoning ko‘pgina mamlakatlari bilan birlashtiruvchi temir yo‘l va shasse magistrali o‘tadi. Turkiya shimolda Qora dengiz suvlari bilan, g‘arbda Egey dengizi, janubda O‘rta dengiz suvlari bilan yuvulib turadi. O‘zining konfiguratsiyasiga ko‘ra kenglik yo‘nalishda cho‘zilgan to‘g‘ri to‘rtburchakni esla­tadi. G‘arbdan sharqqa uzunligi 1600 km, shimoldan janubga 550 km, janubda Suriya (chegara uzunligi 822 km) va Iroq bilan (331 km), sharqda Eron bilan (449 km), shimoliy-sharqda Armaniston(268 km), Gruziya (252 km) va Ozarbayjon (Naxachivan oblasti- 9 km) bilan, shimoliy- g‘arbda Bolgariya (240 km) va Gretsiya (206 km) bilan chegaradosh. Chegara­sining umumiy uzunligi 2627 km, sohilbo‘yi uzunligi 7200 km, mamla­katning umumiy maydoni 779,452 km2 (quruqlik maydoni -770760 km2). Turkiya Respublikasining poytaxti – Ankara. U NATO a’zosi Foydali qazilmalari. Turkiya tabiiy resurslaridan turli xil foydali qazilmalarning katta zahirasi aniqlangan. Foydali qazilmalardan toshko‘­mir va qo‘ng‘ir, ko‘mir, neft, turli ruda qazilmalari: temir, go‘rg‘oshin, rux, magniy, simob, surma, molibden bor. Xrom zahirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu yerda boy volfram va mis konlari mavjud. Norida qazilmalardan selitra, oltingugurt, marmar, dengiz ko‘pigi, osh tuzi bor. Tuz ko‘li Turkiyaning tabiiy tuz bilan ta`minlaydi. Aholisi va mehnat resurslari. Turkiya aholi soni jihatidan Janubi-G‘arbiy Osiyodagi eng yirik davlat hisoblanadi. Asosiy etnik guruhlardan turklar 55 mln kishi hisoblanadi (80% dan ko‘proq). 1923-yidagi Lazan tinchlik shartnomasiga muvofiq Turkiya qo‘shni davlatlar bilan aholini almashtirish to‘g‘risidagi konvensiyaga imzo chekdi, shunga qaramay kichik turk guruhlari hanuzgacha bu davlatlarda yashamoqdalar. Turklar tarkibidagi kichik etnik guruhlar yuryuklar va taxtajlar saqlanib qolgan (Anatoliyaning janubi- sharqi va g‘arbiy qismida). Turklardan keyin ikkinchi yirik xalq kurdlar (20%, 10 mln. kishi) mamlakat sharqida yashab, o‘ndan ko‘p illarni egallaydi. Arablar 1 mln. kishi, janubi-sharqiy illarda, asosan Xatay ilida joy­lashgan. Qora dengiz sohilida va markaziy Anatoliyada yashovchi cherkaslar, lazlar va ajarlarning ko‘p qismi turklar bilan aralashib ketishgan. Hukmron dini – Islim, sunniy oqimida (99,8%).. Turkiyada din davlatdan ajralgan holda, shuning uchun din maktablarda fan sifatida o‘qitilmaydi, lekin o‘quv qo‘llanmalarda Islom keng targ‘ib qilinadi (0,2% nasroniy, yahudiy). Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 da 85 kishi, lekin aholi notekis taqsimlangan.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling